Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

18
Adliya_va_yoshlar

Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida adliya organlari otalig‘iga olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda 400 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Maxmudov qatnashib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e'tibor hamda soha bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berdi.
Shu bilan birga tadbirda imom-xatib Sh. Egamberdiyev ishtirok etib, ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat to‘g‘risida ma'ruza qildi.
Tadbir so‘ngida Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan musofirlik to‘g‘risida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan teatr tomoshasi ijro etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

13
Adliya_va_yoshlar

  Otaliqqa olingan yoshlarga ko‘mak berilmoqda
Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda Toshloq tumani "Hamrak" MFYda yashovchi  M.O‘rinboyeva tikuvchilik sohasiga qiziqishi sababli tikuv mashinasi olishda yordam so‘ragan edi.
Uning ushbu murojaati qanoatlantirilib, homiylar hisobidan tikuv mashinasi hadya qilindi.
Buning natijasida ushbu yosh fuqaroning bandligi ta'minlandi.  

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

10
Adliya_va_yoshlar

  Yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbir o'tkazildi
Buvayda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Buvayda tumanidagi adliya organlari otalig‘iga olingan, Qo'qon shahridagi Muqimiy nomidagi Pedagogika institutida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, jamiyatga daxldorlik ruhiyatini shakllantirish to'g'risida tushuntirish va ma'lumotlar berildi.
Tadbirda 100 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdilar hamda o'zlari uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

09
Adliya_va_yoshlar

  Otaliqqa olingan yoshlarga ko‘mak berilmoqda
Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda Quva tumani "Madaniyat" MFYda yashovchi  Sh.Ahmadjonov dehqonchilik bilan shug‘ullanish maqsadida motokultivator olishda yordam so‘ragan edi.
Uning ushbu murojaati qanoatlantirilib, homiylar hisobidan motokultivator hadya qilindi.
Ushbu ish quroli bilan fuqaro o‘z tomorqasida dehqonchilik bilan shug‘ullanish bilan birga, boshqa shaxslarga yer haydash xizmatlarini ko‘rsatib, oilasiga daromad keltirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

01
Yoshlar forumi

     Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvning namunaviy tajribasini shakllantirishga qaratilgan Farg‘ona viloyati forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum 3 ta qismdan iborat shaklda o‘tkazildi:
Yalpi yig‘ilishda ekspertlar tomonidan tizimni rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar;
Sho'balardagi muhokamalarda tizimda aniqlangan muammolar tahlili va ularning yechimlariga qaratilgan munozaralar;
Qo‘qon shahridagi 6 ta mahallalarda huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlarning taqdimotlaridan iborat shaklda tashkil etildi.
Forum nazariy va amaliy jarayonlar bilan hamohang tashkil etilganligi barcha uchun samarali va manfaatli bo‘ldi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

29
Yashil makon

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Yashil makon" loyihasi doirasida ishlar davom ettirilmoqda
Adliya boshqarmasi tomonidan loyiha doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Farg‘ona shahridagi "Ekohahar"da tashkil etilgan "Adliya bog‘i" kengaytirilib, ushbu bog‘ga  500 ga yaqin 6 xil turdagi manzarali daraxtlar va gullar ekildi.  
Shuningdek tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan hududlarda 10 000 dan ortiq turli xil  manzarali daraxtlar, buta o'simliklar va gullar ekildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

20
Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

  Aksiya doirasida Oltiariq tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan manzilli xatlovlar amalga oshirilganda, tumanda yashovchi 10 nafar fuqarolar moddiy qiyinchilik sababli fuqarolik pasporti olmaganliklari aniqlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi amaliy ko‘magi bilan ushbu fuqarolarga fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilib sayyor tartibda topshirildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

19
Adliya_va_yoshlar

     Qo‘qon musiqali drama teatrida adliya organlari otalig‘iga olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda 500 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Maxmudov qatnashib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e'tibor hamda soha bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berdi.
Shu bilan birga tadbirda Qo‘qon shahar bosh imom-xatibi A.Isaqov ishtirok etib, yoshlarga yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaslik to‘g‘risida ma'ruza qildi.
Tadbir so‘ngida Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan S.Ahmadning "Ufq" asari asosida teatr tomoshasi ijro etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

15
Adliya_va_yoshlar

  Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan adliya organlari otalig‘iga olingan yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatimizning har bir tuman (shahar)larida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinida g‘olib bo‘lgan jamoalar qatnashdilar.
Tadbir davomida taniqli san'atkorlar tomonidan ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashildi.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan o‘yinda Farg‘ona shahrining "Erudit" jamoasi 1-o‘rinni, Farg‘ona tumanining "Turon" jamoasi 2-o‘rinni, Bog‘dod tumanining "Liderlar" lamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Ishtirokchilar viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan rag‘batlantirildi. G‘olib jamoalarga Boshqarmaning alohida sovg‘alari topshirildi.
    Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
    Kanalga ulanish: @adliya_fargona

07
“Muruvvat uyi” da huquqiy aksiya

  Ayni kunlarda Fargʻona viloyati boʻylab huquqiy aksiya davom etmoqda. Mahallabay xatlovlar jarayonlarida yuzlab fuqarolarning hujjatlar bilan bogʻliq muammolari oʻrganilib, ularga belgilangan tartibda yechim topilmoqda.
Jumladan, Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan xatlovlarda “Muruvvat uyi” yashovchisi T.Ubayevning shu kunga qadar tugʻilishi qayd etilmaganligi oydinlashdi. Qoʻqon shahar adliya boʻlimi tomonidan sudga tugʻilganlik fakti boʻyicha daʼvo ariza kiritilib, sud qarori asosida tugʻilganlik qayd etildi va tantanali ravishda topshirildi.
Quva tuman “Gulobod” MFYda yashovchi F.Yuldashevaning 2022-yilda Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan farzandining tugʻilishi qayd etilmaganligi aniqlanib, unga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma sayyor tartibda rasmiylashtirib berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi