Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
Aziz ayollar!

Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Farg'ona viloyat Adliya
boshqarmasi jamoasi

01
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari nima ish qiladi?

Shukurjon Turdiyev Beshariq tuman Tibbiyot birlashmasida bosh xisobchi boʻlib ishlaydi. U shu sohada 20 yillik tajribaga ega boʻlsada huquqiy koʻmakka ehtiyoj sezdi.  Shu sababli  tuman yuridik xizmat koʻrsatish markaziga tibbiy jixozlar bilan bogʻliq shartnomalarning qonunan toʻgʻri koʻrib chiqish va ularning huquqiy jihatdan barqaror tuzilishi  haqida huquqiy maslahatlar olgani kelgan.

Davlat xizmatchilari uchun Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining adliya tizimida faoliyat boshlashi ayni muddao boʻldi, -deydi Shukurjon Turdiyev. -Chunki avvallari hujjatlarning qonunga muvofiqligi yuzasidan turli oʻrganishlarda “yurak hovuchlab” turardik. Endi esa ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat munosabatlari, 360 turdagi dori vositalarini sotib olishda tuziladigan shartnomalar yuzasidan tayyorlanadigan hujjatlarning qonunga muvofiqligini avval yuridik markazlardan tizim orqali koʻrikdan oʻtkazib olyapmiz.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son Qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etildi. Bu esa qisqa muddatlarda oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatdi. Yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi. Ish yurituvi toʻliq raqamlashtirilib, qogʻozbozlik barham topdi.

207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi boʻgʻini yaratildi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi markazlar tomonidan ayni kunlarda 22 ta sohada 2 ming 395 ta davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilmoqda. Shundan 967 tasi umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 893 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 200 dan ortiq koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar va boshqa davlat tashkilotlari xissasiga toʻgʻri kelmoqda.


Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Tahlillarga koʻra, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjatlarni aylanishi hisobiga oʻrtacha bir milliondan ortiq qogʻoz koʻrinishidagi xujjatlar iqtisod qilingan,-deydi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi katta maslahatchisi Abduvali Gʻulomov. Yanada aniqroq aytganda, Fargʻona viloyatida  4 tonnadan ortiq qogʻoz - hamda shunga mutanosib ravishda mehnat va vaqt resurslari tejalgan.

Taʼkidlash lozimki, markazlar tashkil etilgunga qadar turli tashkilotlarning 350 dan ortiq hujjatlar sud va prokuratura organlari tomonidan bekor qilingan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatgich 70 barobarga kamaygan.

Oʻtgan davr mobaynida markazlar tomonidan qator ijobiy natijalarga erishildi, -deydi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Xusan Inomov.  -Malakali va yosh huquqshunoslar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish tizimi yoʻlga qoʻyilib, barcha yoʻnalishlardagi murakkab huquqiy muammolarni kollegial tarzda hal qilish imkoniyati paydo boʻldi. Markazlar tashkil etilgunga qadar tumandagi davlat organlarida bitta yurist shtat birligi mavjud boʻlib, oʻzaro tajriba almashish va muammolarni kollegial tarzda hal qilish imkoniyati boʻlmagan. Davlat organlarining 207 hududdagi 2 mingdan ortiq boʻlinmalarida bir xil huquqni qoʻllash amaliyoti shakllandi. Aholi va organlarga tezkor va sifatli huquqiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Yuridik xizmat xodimlarining toʻliq mustaqilligi taʼminlanishi orqali ularning ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etish holatlariga barham berildi. Eʼtiborli jihati shundaki, Markazlar xulosasi asosida qabul qilingan hujjatlar - huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sud orqali shu kungacha aksariyati bekor qilinmadi.

Dastlabki davrda ayrim shaxslar tomonidan markazlarning ishga tushirilishiga nisbatan salbiy taxminlar, prognozlar ilgari surilgan edi. Ammo amalda mazkur tizim oldiga qoʻyilgan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishib bormoqda.

Adliya vazirligi tomonidan bugungi kunda tuman va shaharlardagi bandlik, soliq, qishloq xoʻjaligi hamda respublikadagi barcha davlat maktablari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oilaviy poliklinikalar kabi 20 dan ortiq tashkilotlarga markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilmoqda.

Elyorjon EHSONOV.

28
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–819, 27.02.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

   Qonunga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qoʻllash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.
    .Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
    .Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    .Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sogʻligʻini muhofaza qilish;
atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish;
xaridorlarni (isteʼmolchilarni) chalgʻitadigan harakatlarning oldini olish;
energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.
   . Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
   .muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
   .majburiy sertifikatlashtirish.
    . Qonunga koʻra, davlat nazorati organlari oʻrtasida yuqori xavf tugʻdiradigan mahsulot haqida tezkor ravishda oʻzaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat koʻrsatadi.
    . Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

22
Vorislik huquqi

Vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi. Vasiyat mavjud bo‘lmasa yoki vasiyat barcha merosni taqsimlamasa, qonun bo‘yicha vorislik  qo‘llaniladi.  
Vasiyat va qonun bo‘yicha vorislar sifatida meros ochilganda hayot bo‘lgan shaxslar, meros qoldiruvchi hayotligida homila holida bo‘lib, meros ochilgandan so‘ng tirik tug‘ilgan bolalar bo‘lishi mumkin.
Fuqaro mol-mulkini u vafot etgandan keyin kimgadur qoldirish haqidagi xohish-irodasi vasiyat hisoblanadi. Vasiyatnoma shaxsan tuziladi, vasiyatnomani vakil orqali tuzish mumkin emas.
Vasiyat qiluvchi merosxo‘rlardan istaganini hech qanday izohsiz merosdan mahrum qilishga haqli.  Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilishi va o‘zgartirishi mumkin.
Vasiyatnoma yozma shaklda joyi va vaqti ko‘rsatilib tuziladi. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi:
kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironlar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va muassasalarning bosh vrachlari, ularning o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, gospitallarning boshliqlari, internat uylarning direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;
fuqarolar O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi kemalarda suzib yurganda kema kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;
qidiruv ekspeditsiyalaridagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
harbiy xizmatchilarning komandirlar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
notarius bo‘lmagan hududda notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar.
Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxslar meros ochilgungacha vasiyatnomaga oid ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
Tegishli shaklda tuzilmagan vasiyatnoma haqiqiy emas.
Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini vasiyatnomada ko‘rsatgan, merosxo‘r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi bo‘lishga roziligi uning o‘z qo‘li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.
Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmaganda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo‘rning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar bo`limi bosh maslahatchisi Yusufzoda Ravshanbek

21
Kontrafaktsiz oy oyligi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlik subyektlari, viloyatda bojxona xodimlariga tovar belgisiga ega mahsulotlarning kontrafakt nusxalarini xorijdan respublika hududiga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining oʻrni” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/adliya_fargona) I Facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804/?ref=share) I Instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I Web-site (https://fargona.adliya.uz/)

21
Diqqat tanlov

“Vorislik huquqi” boʻyicha tanlov oʻtkaziladi

  Xabaringiz bor, Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida tanlov tashkil etilishi belgilangan.

(https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/5035)  Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi (oxirgi muddat – 23-fevral).

  Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining 15 yoshga toʻlgan fuqarolari, jumladan, taʼlim muassasalari oʻquvchilari, davlat tashkilotlari xodimlari, nogironligi boʻlgan shaxslar, xorijda yashovchi fuqarolar ishtirok etadi.

  Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

▫️1-bosqich – test sinovi. 24-fevral kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar onlayn tarzda (8-dekabr.adliya.uz saytida) boʻlib oʻtadi.

▫️2-bosqich – suhbat. 28-fevral kuni tashkil etiladi.  

  Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

▫️1-oʻrin: Noutbuk;  
▫️2-oʻrin: Televizor;
▫️3-oʻrin: Planshet.

   Tanlov shartlari bilan bu yerda (https://8-dekabr.adliya.uz/page/about) tanishing.

https://t.me/adliya_fargona

20
Qonunchilikdagi yangiliklar

Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:

▫️2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
▫️1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
▫️550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.

Shuningdek, 2023-yilda:

.davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
.20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
.jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
.37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
.foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
.hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
.5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.

???? 2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.

  Qarorga koʻra shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/adliya_fargona) I Facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804/?ref=share) I Instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I Web-site (https://fargona.adliya.uz/)

14
VORISLIK HUQUQIDA VASIYATNOMA RASMIYLASHTIRISHNING AFZALIKLARI

Fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1120-moddasida vasiyatnoma tushunchasi berilgan.  
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomani vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqaro oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.
Vasiyat qiluvchi qonun boʻyicha merosxoʻrlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli.
Qonun boʻyicha merosxoʻrni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi boʻyicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli.
Shuningdek, meros qoldiruvchi vasiyat qilayotgan paytida oʻziga tegishli boʻlmagan mol-mulk toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga ham haqli. Agar meros ochilgan paytga kelib bunday mol-mulk unga tegishli boʻlib qolsa, tegishli farmoyish haqiqiy hisoblanadi.
Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va oʻzgartirish borasida erkin boʻlib, bunda bekor qilish yoki oʻzgartirish sabablarini koʻrsatishga majbur emas.
Meros qoldiruvchi oʻzi vasiyatnomada merosxoʻr etib tayinlagan shaxslarga, oʻz navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan oʻzlariga vasiyat qilingan mol-mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida koʻrsatma berish majburiyatini yuklashga haqli emas.
Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilishi va o‘zgartirishi mumkin.
Vasiyatnoma yozma shaklda joyi va vaqti ko‘rsatilib tuziladi.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli qarori 8-bandiga muvofiq, vasiyatnoma qonunda belgilangan tartibda tuzilgan va vasiyat qiluvchining vafotidan soʻng muayyan oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutuvchi bir tomonlama bitim hisoblanadi.
Qonunga binoan vasiyat qiluvchi oʻz mulkini toʻliq yoki qisman har qanday shaxs yoxud bir necha shaxsga, shuningdek yuridik shaxslarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoxud davlatga vasiyat qilishi, yoinki bir, bir necha yoki barcha qonun boʻyicha merosxoʻrlarni merosdan mahrum qilishi mumkin.
Vasiyatnoma quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– vasiyatnoma faqat bitta shaxs nomidan tuzilishi mumkin;
– vasiyatnoma muomala layoqatiga ega boʻlgan shaxs tomonidan tuzilishi;
– yozma ravishda tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan boʻlishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1121-moddasiga koʻra vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxoʻr xulq-atvorining xususiyatini qonuniy ravishda shart qilib qoʻyishga haqli.
Merosxoʻrni tayinlash yoki vorislik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi farmoyishga kiritilgan gʻayriqonuniy shartlar haqiqiy boʻlmaydi.
Vasiyatnomaga kiritilgan boʻlib, merosxoʻr oʻz salomatligining ahvoliga koʻra yoki boshqa obyektiv sabablar tufayli bajara olmaydigan shartlar merosxoʻrning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1121-moddasiga muvofiq, vasiyat qiluvchi vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etishi, merosni qabul qilmasligi yoxud undan voz kechishi yoki noloyiq merosxoʻr sifatida ushbu Kodeksning 1119-moddasida nazarda tutilgan tartibda meros olishdan chetlashtirilishi ehtimolini, shuningdek vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻr meros qoldiruvchining qonuniy shartlarini bajarmasligi ehtimolini nazarda tutgan holda boshqa merosxoʻrni (vorisdan keyingi vorisni) tayinlashi mumkin.
Kodeksga muvofiq merosxoʻr boʻla oladigan har qanday shaxs vorisdan keyingi voris etib tayinlanishi mumkin.
Vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrning vorisdan keyingi voris zarariga merosdan voz kechishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1121-moddasiga koʻra, mol-mulkning vasiyat qilinmagan qismi ushbu Kodeksning 1134-1143-moddalarida nazarda tutilgan tartibda vorislikka chaqiriladigan qonun boʻyicha merosxoʻrlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bu merosxoʻrlar jumlasiga mol-mulkning boshqa qismi vasiyatnoma boʻyicha meros qilib qoldirilgan qonun boʻyicha vorislar ham kiradilar.
Lazizbek ASQAROV
Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi
    

06
Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Margʻilon atlasi va adrasi, Qoʻqon pichoqlari geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatga olindi.

Fargʻona viloyati adliya boshqarmasining koʻmagi bilan Oʻzbekiston Respublikasida birinchilardan boʻlib,  Margʻilon atlasi va adrasi, Qoʻqon pichoqlari geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu amaliyot mamlakatimizda ilk bor qoʻllanilyapti.

Tabiiy savol tugʻiladi. Rasman roʻyxatdan oʻtkazilishi Margʻilon va Qoʻqon uchun, qolaversa, shu hududdagi tadbirkorlar uchun nima beradi? Uning qanday ahamiyati bor?

Margʻilon atlas, adras va Qoʻqon pichoqlari mahalliy bozorda, chet elga eksport qilishda mahsulotlarning sifatini, sotuv barqarorligini ta’minlaydi. Roʻyxatdan oʻtgan nomlardan ruxsatsiz foydalanayotgan yoki kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarganlarga qarshi choralar koʻrish imkonini beradi. Umuman olganda, roʻyxatdan oʻtganlik raqobatda va ishlab chiqarishda ustunlik beradi. Kengroq eksport imkoniyatlari hamda brendni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Agar ushbu mahsulotlar roʻyxatdan oʻtmasa davlat himoyasida boʻlmaydi va uning kontrafakt nusxalariga qarshi kurashilmaydi.

31
Matbuot anjumani: 61 milliard soʻm oʻz egalariga qaytarildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida 2022- yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda OAV vakillari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar ishtirok etdi. Anjuman avvalida ishtirokchilar viloyat boshqarmasida qizgʻin ish jarayonlari bilan tanishdi.
Adliya vazirligi tizimida qisqa vaqt mobaynida qonun ijodkorligi va aholi murojaatlari va shikoyatlari bilan ishlash borasida oʻziga xos maktab yaratildi. Bu tajriba esa oʻz samarasini berayotir. Aholidan kelayotgan murojaatlar tahlil va xulosa qilish imkonini bermoqda,-deydi viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev.
Birgina Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlariga oʻtgan 2022- yil davomida 12 ming 431 ta murojaatlar kelib tushdi. Eʼtiborli jihati shundaki, adliya organlari tomonidan koʻrilgan huquqiy taʼsir choralar natijasida 61 mlrd. 988 mln. soʻm miqdordagi pul mablagʻlari oʻz egalariga qonuniy tartibda qaytarilgan.
Taʼkidlash lozimki, aksariyat murojaatlar mehnat qonunchiligi va ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarda aks etmoqda. Masalan, oʻtgan yilda kelib tushgan murojaatlarning 5 mingga yaqini mehnat munosabatlari va nizolariga oid. 4 mingdan oshigʻi esa kommunal, soliq, bank, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa sohalarga taalluqli.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, inson huquqlarini himoya qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish va boshqa sohalarda jami 1 ming 817 marta nazorat tadbirlari oʻtkazildi va viloyatda 62 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi. 39 ming 57 ta hujjatlar ijrosi bekor qilindi. Mansabdor shaxslarining 2 ming 738 ta harakatlari toʻxtatildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni manfaatini koʻzlab sudlarga 34 mlrd. 240 mln soʻmlik 2 ming 118 ta daʼvo arizalar kiritildi.
Anjuman davomida adliya vakillaridan jurnalistlar va blogerlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.