Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
25.05.2021

Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi quyidagi bo’sh ish o’rinlariga tanlov o’tkazilishi haqida e’lon qiladi:

1. Yozyovon tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.

Lavozimga qo’yiladigan talab: oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekistan Respublikasi fuqarolari.

 

2. Qo’shtepa tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.

Lavozimga qo’yiladigan talab: oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekistan Respublikasi fuqarolari.

 

3. Rishton tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.

Lavozimga qo’yiladigan talab: oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekistan Respublikasi fuqarolari.

4. Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxiv ish yurituvchisi.

Lavozimga qo’yiladigan talab: oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekistan Respublikasi fuqarolari.

 

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- tanlovda ishtirok etish to’g’risida ariza;

- nomzodning pasport nusxasi;

- diplom (diplomdan ko’chirma)ning nusxasi, chet elda o’qigan bo’lsa, diplomi tan olish va nostrifikasiyadan o’tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;

- nomzodning shaxsiy varaqasi (ma’lumotnoma-obyektivka).

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda yuborilishi ham mumkin.

 

Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to’g’risidagi Nizomning 5-bandiga muvofiq quyidagi shaxslar adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilinishi mumkin emas:

o’n olti yoshga to’lmagan shaxslar;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb

topilgan shaxslar;

            adliya organi yoki muassasasining ishlab turgan xodimi bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo’lsa (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishni taqazo qilsa;

ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolg’on ma’lumotlar taqdim etgan bo’lsa;

sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;

            qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.

 

            Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlar bilan Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, adliya organlari tomonidan o’rnatilgan boshqa telefon raqamlarga va @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

           

            Nomzodlar tegishli hujjatlarni 2021 yil 15 iyun kuniga qadar Farg’ona viloyat adliya boshqarmasining fargona@adliya.uz elektron manziliga yuborishlari yoki boshqarmaga kelgan holda topshirishlari mumkin.

            Savollar ro’yxati hamda tanlovda ishtirok etish to’g’risida ariza namunasi bilan havola (https://fargona.adliya.uz/fargona/uz/) orqali tanishishingiz mumkin.

            Murojaat uchun telefon: 0 (373) 244-55-28,  0 (373) 241-75-48.


Рўйҳатга қайтиш