Yangiliklar
Joriy yilning 2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg'ona shahar Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasi yuzasidan navbat ko'pligi va xizmat ko'rsatilmayotganligi murojaat sifatida e'lon qilingan.
Ushbu murojaat yuzasidan YHXX elektron axborot tizimida nosozlik sababli 2026-yil 2-noyabr soat 15:00 dan 16:30 ga qadar Farg'ona shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish yuzasidan vaqtinchalik xizmat ko'rsatmaganligi hamda mas'ul xodim belgilangan tartibda ish joyida bo'lganligi ma'lum qilinadi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoat faollariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining navbatdagi hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda 2026-yil 3-choragida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Jamoat salomatligi texnikumida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi
Ta’lim muassasalarida yoşlar bilan oçiq muloqotlarni taşkil etiş doirasida 1-son Marğilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.
Tadbirdan közlangan asosiy maqsad öquvçi-yoşlarning muammolari, taklif va taşabbuslarini tinglaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.
Uçraşuvda aynan tibbiyot yönalişida çuqur bilim oliş, zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş könikmalarini egallaş hamda yaratilgan şart-şaroitlardan samarali foydalaniş, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarzi va kitobxonlik madaniyatini tarğib qiliş masalalariga alohida töxtalib ötildi.
Erkin va samimiy ruhda ötgan muloqot davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi, faol yoşlarning taşabbuslarini amalga oşiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli vazifalar belgilab berildi.
Mualliflik huquqi nizolari: SUD AMALIYOTI VA HUQUQIY YECHIMLAR
“Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida mualliflik huquqi sohasidagi sud amaliyotini umumlashtirish hamda dolzarb huquqiy masalalarni muhokama qilish maqsadida sudyalar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyat sudi hamkorlikda o‘tkazilgan seminar-trening davomida mualliflik huquqi bilan bog‘liq nizolarni sudlarda ko‘rib chiqish amaliyoti, huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni hisoblash, kompensatsiya miqdorini belgilash hamda ish bo‘yicha dalillarni to‘plash va baholash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mualliflar va boshqa huquq egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nizolarni hal etishda qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash hamda sud amaliyotida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — mualliflik huquqini sud orqali himoya qilish samaradorligini oshirish, sud amaliyotini takomillashtirish va intellektual mulk huquqlarini ishonchli himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.
Mualliflik huquqini samarali himoya qilish — adolat va ijodiy mehnat qadri kafolatidir!
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab "Mehr ulash" qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va tizim xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, aksiyada faol ishtirok etishdi.
Viloyat qon quyish markazi sayyor brigadasi adliya boshqarmasida bo'ldilar. Aksiya davomida 21 nafar boshqarma va tuman adliya bo'limlari xodimlari ko‘ngilli bo‘lib, beg‘araz qon topshirishdi.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar FHDY bo‘limi («Baxt uyi») binosi fasad qismining holati o‘rinli tanqid qilingan videomurojaat tarqaldi. Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi mazkur holatni o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi:
Biz ushbu tanqidni to‘g‘ri va konstruktiv qabul qilamiz hamda mualliflarga shahrimiz qiyofasiga befarq emasliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ma’lum qilamizki, mazkur bino fasadi 2025-yilda to‘liq ta’mirdan chiqarilgan edi.
Biroq, atmosfera yog‘ingarchiliklari (yomg‘ir va boshqalar)ning devor hamda zinapoyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri natijasida pardozlash qatlamiga shikast yetgan va sho‘rlash (tuz chiqish) holatlari kuzatilgan.
Shuni tushunish muhimki, davlat obyektlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qat’iy belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish uchun dastlab loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shundan so‘ng tegishli mablag‘larni ajratish talab etiladi.
Bu jarayon ma’lum bir vaqt talab qiladi, chunki ta’mirlash ishlarini bir zumda, arzon va sifatsiz qurilish materiallaridan foydalangan holda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ta’kidlash joizki, binoning holati doimiy nazoratimizda bo‘lgan va bu video e’lon qilinishidan oldin ham tegishli choralarni ko‘rish boshlangan edi. Hozirgi vaqtda fasadni yanada sifatli, mustahkam va ob-havo sharoitlariga chidamli qurilish materiallaridan foydalangan holda kapital ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Adliya tizimidagi binolar doimiy e’tiborda bo‘lib, birgina joriy yilning o‘zida boshqarma balansidagi 10 dan ortiq binolarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.
Ushbu tanqidiy munosabat bildirgan fuqaroga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, Adliya vazirligi va uning quyi tizimlari doimo OAV hamda keng jamoatchilik vakillari uchun ochiq ekanligi eslatib o‘tiladi.
Qadrli yoshlar!
Kundalik hayotimizda qonun-qoidalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, tartib-intizomga rioya qilish – jamiyatimiz rivoji va xavfsizligining eng muhim garovidir.
Sizni jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan #MenQoidalargaAmalQilaman chellenjida faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Chellenj maqsadi: Yoshlar o‘rtasida qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda kundalik hayotda qoidalarga amal qilishni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommalashtirish.
Ishtirok etish tartibi juda oddiy:
Video tayyorlang: 15 soniyadan 60 soniyagacha bo‘lgan qisqa video oling. Videoda quyidagi yo‘nalishlardan biriga oid qoidalarga amal qilayotganingizni ko‘rsating:
Yo‘l harakati: Piyodalar o‘tish joyidan o‘tish, svetoforning yashil chirog‘iga bo‘ysunish, xavfsizlik kamarini taqish yoki haydash paytida telefondan foydalanmaslik.
Jamoat tartibi va ekologiya: Chiqindilarni belgilangan joyga tashlash, jamoat joylarida chekmaslik, daraxtlar va tabiatni asrash.
Soliq majburiyatlari: Soliq va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Raqamli madaniyat: Shaxsiy ma’lumotlarni (parol, SMS-kod, karta raqami) sir saqlash, tekshirilmagan axborotni tarqatmaslik.
Talablar:
Video davlat tilida bo‘lishi va ekranda qoida mazmuni qisqa yozuv bilan ko‘rsatilishi lozim.
Faqat ijobiy holatlar (qoidaga amal qilish) aks ettirilishi kerak (qoidabuzarlikni sahnalashtirish yoki xavfli harakatlar qat'iyan taqiqlanadi).
Ochiq sahifangizga #MenQoidalargaAmalQilaman hashtegini ilova qilgan holda joylang.
Keling, qonunlarga itoatkorlikni o‘zimizdan boshlab, boshqalarga ham namuna bo‘laylik! Qoidalar – xavfsizligimiz va farovonligimiz uchun!
Oliy sud raisi o‘rinbosari Sh. Polvanov boshchiligida Farg‘onada tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tadbirkorlarning qonuniy va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlab, ularning oldini olish hamda zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Asosiy e’tibor tadbirkorlarning huquqiy xabardorligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda nizolarning oldini olishga qaratildi.
Qadimiy jamiyatlarda ota-onasidan ayrilgan yoki voyaga yetmagan bolalarning ta’lim olishi, tarbiyasi va moliyaviy xavfsizligi davlat va jamoatchilik tomonidan qattiq qo‘riqlangan.
Qiziqarli jihati: Qozixona huzurida maxsus vasiylik idoralari ishlab, yetim bolalarning merosini to‘liq ro‘yxatga olgan va ularni ishonchli qarindoshlarga yoki ustozlarga homiylikka bergan. Ularning mablag‘iga ko‘z olaytirganlar qonun bo‘yicha qattiq jazolangan.
Bu bugungi kundagi "Vasiylik va homiylik organlari faoliyati hamda bolalar huquqlarini himoya qilish" qonunchiligining ming yillik poydevoridir.
Joriy yilning 21-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Uchko‘prik tumani Adliya bo‘limi binosi peshtoqidagi "Adliya bo‘limi" yozuvi nosoz holatga kelib qolganligi murojaat sifatida e'lon qilingan.
Unda Uchko‘prik tumani Adliya bo‘limii binosi kirishidagi manzil yozuvi ta'mirtalab bo'lib qolgani bayon qilingan.
Ushbu murojaat mas'ullar tomonidan o‘rganib chiqilayotganligi keng jamoatchilikka maʼlum qilinadi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoat faollariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.