Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Bekmirzayeva Lola Mirsharipovna Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

17
Farg'onada"Adliya sayili" davom etmoqda

Buvayda tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman markazidagi istirohat bog'ida "Adliya sayili" huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
✅Aksiya doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
✅Davlat xizmatlari markazi va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Aksiya doirasida qiziqarli arxiv hujjatlari, kitoblar ko'rgazmasi va musiqali chiqishlar namoyish etildi.
✅Shuningdek, o'tkazilgan tadbirda fuqarolar uchun birlamchi tibbiy koʻrik tashkillandi va tibbiy ko‘rik davomida aholiga bepul tibbiy maslahatlar berildi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

03
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Xoldarova Ma’mura Nosirjonovna Quva tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxivi ish yurituvchisi lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

02
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i: bilan: Uzoqov Islomjon Akramjon o‘g‘li Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi rahbar kotibi lavozimidan ozod etilib, Dang‘ara tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi bosh mutaxasisilavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

26
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i: bilan:Xursanov Sarvarjon G‘ayratjon o‘g‘li O‘zbekiston tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

22
Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda.
✅Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Dang'ara tumanida xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅Dang'ara tumanidagi Madaniyat uyi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda 30 dan ortiq huquqiy tushuntirish berildi,10 ga yaqin murojaat o'z o'rnida yechimini topdi, muddat talab qiladigan 3 ta murojaat tegishli tartibda ish yurituvga olindi.
✅Shuningdek, Adliya vazirligi mas'ullari tuman davlat xizmatlari markazida bo'lib, markaz faoliyatini o'rgandilar.
✅Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari O'zbekiston tumanidagi qishloq xo‘jaligi mevalarini qayta ishlashga mo'ljallangan "Yaxyoxon trade 2020" oilaviy korxonasida bo'lib, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish jarayonida korxona mas'ullariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirish berdilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

21
Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi aʼzolari Toshloq tuman “So‘filar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu yerda ishchi guruh "Xavfsiz ko‘cha — xavfsiz mahalla" konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida guruh aʼzolari mahallada jamoat tartibini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali yo‘lga qo‘yish, videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi, ko‘chalarning yoritilishi hamda fuqarolarning xavfsiz turmush sharoitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdilar.
Shuningdek, mahallada fuqarolar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi, ularning muammo va takliflari tinglandi. Aholi ishtirokida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yo‘llar taʼmiri, bolalar va sport maydonchalari qurilishi, ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham maʼlumotlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

19
TAYINLOV

. Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Meliqo‘ziyev Otaqo‘zi Ikromjon o‘g‘li Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi yetakchi maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi bosh maslahatchisi  lavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Turdaliyev Axmadjon Ahadjon o‘g‘li Quvasoy shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Yozyovon tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi bosh mutaxasisi lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

19
“Eng yaxshi oshpaz”

Adliya xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi oshpaz” tanlovi o'tkazildi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining 2025-yilga mo'ljallangan  «Teambuilding» dasturi doirasida adliya tizimida ishlayotgan xodimlar  o‘rtasidagi “Eng yaxshi oshpaz” tanlovi Farg‘onaning so'lim go'shalaridan biri bo'lgan "Chimyon" dam olish maskanida o'tkazildi.
Batafsil lavhada kuzating!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

16
Adliya_xabari

Farg'ona shahar FHDY bo'limi xodimlari tomonidan shahar hokimligi binosida "Oilaviy ajrimlarni oldini olish" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Davra suhbati tarzida tashkillangan ushbu yig'ilishda mahalla faollari, otinoyilar, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotiga daxldor tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Yig'ilishda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolishga, bolalarni tirik yetim, onalarni tul qilmaslikka jiddiy e'tibor qaratish, shuningdek uchinchi shaxslar aralashuvini oldini olish zarurligi ta'kidlandi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi