Yangiliklar
Farg‘ona viloyatida "tajriba tariqasida" sayyor o‘quv kurslarga start berildi
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari uchun sayyor o‘quv kurslari boshlandi.
Tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, qonunchilikdagi yangiliklarni mehnat faoliyatida samarali qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish asosiy maqsadlardan biridir.
Sayyor o‘quv kurslarida Institut professor-o‘qituvchilari va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy yondashuvlar asosida nazariy va amaliy bilimlar yetkaziladi.
Ushbu tajriba loyihasi davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ta'minotni yanada takomillashtirish va malaka oshirishning yangi samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.
Toshloq tumanida tadbirkorlar va aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Toshloq tumanidagi 22-sonli musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkorlar va aholining yer-mulk munosabatlari, meros huquqi, kredit olish, notarial xizmatlar hamda sud-huquq sohasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 20 dan ortig'iga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 dan ortiq muammo o'z o'rnida bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 15 ga yaqin murojaat nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Farg'onada sayyor qabul: fuqarolarning muammolari va murojaatlari joyida hal etilmoqda
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari tomonidan Qo'shtepa tumanidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.
Shuningdek, aholiga 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Savol: Qaysi hollarda sudya qarshi da’voni qabul qilishi shart?
Javob:
Sudya ushbu holatlarda qarshi da’voni qabul qilishi shart.
1) Qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo’lsa;
2) Qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
3) Qarshi va dastlabki da’vo o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjud bo’lsa hamda ularni birgalikda ko’rish nizoni tezroq va to’g’ri ko’rib chiqilishiga yordam bersa.
Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi Sh.Bozorov
"Adolat sayili" — aholi bilan ochiq muloqot, amaliy yordam va huquqiy targ‘ibot tadbiri
Respublika ishchi guruhi, viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Adolat sayili” - huquqiy, madaniy va maʼrifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi davlat organlari va tashkilotlari jalb etildi.
Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Davlat xizmatlari markazi va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Adliya mening nigohimda" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Shuningdek, talabalar va maktab o'quvchilari o‘rtasida "Zakovat" hamda "Huquqiy bilimlar bellashuvi" tadbirlari tashkillandi. Sayil ko‘ngilochar dasturlar bilan qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
Savol: Darxol ijro etililishi lozim bo’lgan hal qiluv qarorlari qaysilar?
Javob:
Darxol ijro etilishi lozim bo’lgan ishlar quyidagilar.
1) Alimentlar undirish to’g’risidagi ishlarda;
2) Xodimga 3 oylik ish haqidan ko’p bo’lmagan ish haqini undirib berishda to’g’risidagi ishlarda;
3) Mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, boquvchisi vafot etganligi natijasida ko’rilgan zararning o’rnini qoplash uchun to’lo’vlar undirish to’g’risidagi ishlarda;
4) Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, mehnat shrtnomasining bekor qilish asoslarini o’zgartirish to’g’risidagi ishlarda;
5) Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashgan bo’limiga g’ayriixtiyoriy tarzda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ishlarda;
6) Sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, to’liq qisman qanoatlantirilgan talablar bo’yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darxol ijro etilishi kerak
Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudi sudyasi A.Kasimov
Farg'ona shahrida sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etilmoqda
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan shahardagi "Do‘stlik" MFY aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.
“Adolat sayli”ga marhamat!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil 25-iyun kuni Qo'qon shahar O'rda maydonida “Adolat sayli” tashkil etiladi.
Sayil davomida aholi va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar, ochiq muloqotlar hamda sayyor qabullar tashkil etiladi.
Shuningdek, sayilda:
Bepul huquqiy maslahatlar
Sayyor davlat xizmatlari
FHDY va notarial xizmatlar bo‘yicha maslahatlar
“Madad” NNT ko‘magi
Intellektual mulk bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Sayyor qabullar
Turli ko'ngilochar madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan murojaatlar qabul qilinib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy yechimlar va zarur tavsiyalar beriladi.
Sana: 2026-yil 25-iyun
Vaqti: 09:00–12:00
Manzil: Qo'qon shahar, O'rda maydoni
Farg'ona viloyati aholisini ushbu huquqiy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Qo'qon shahar musiqali drama teatrida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
????Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar, ijodkorlar va mutaxassislar ishtirokida mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uygʻotish va yanada rivojlantirish maqsadida mazkur uchrashuv tashkil etildi.
????Uchrashuvda ishtirokchilarga mualliflik nima, uni qanday himoya qilish kerak, asardan qanday doimiy daromad topish mumkin, plagiatga qarshi kurashish hamda plagiatning huquqiy oqibatlari, mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari batafsil ma'lumotlar berildi.
????Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilganligi, endilikda mualliflik va turdosh huquqlarni nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Aholi va keng jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni so‘rovnoma o‘tkazildi.
Davlat tashkiloti tomonidan har yili ikki marta (yarim yillik asosda) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilishi lozim: tashkilot faoliyatida korrupsiya xavfi bo‘yicha jamoatchilik fikri; aholining ishonch darajasi; xabar berish imkoniyati, xodimlarning odob-axloq darajasi, xizmatlar sifati; korrupsiyaning oldini olish choralari samaradorligi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilangan.
Mazkur so‘rovnomada viloyatning jami 1000 dan ortiq fuqarosi faol qatnashgan bo‘lib, so‘rovnoma yakuniga ko‘ra fuqarolarning adliya boshqarmasi faoliyatidan mamnun ekanligi, sohada korrupsiyaviy omillar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.