Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

18
Ajrimlarning oldini olishda mediatsiya usuli qanday?

Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tugʻilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi, oʻzaro mojarolar, ajralishlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masala.
Ushbu dolzarb  mavzu yuzasidan  Margʻilon shahar  hokimligida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona viloyat  adliya boshqarmasi vakillari, FHDY organlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari faollari ishtirok etdi.
Respublika yuristlar  malakasini oshirish markazi dotsenti Sevarxon Maripova nizoli vaziyatlar va shu qatori, ajrimlarning  oldini olishda zamonaviy mediatsiya usulidan keng  foydalanish zarurligini  taʼkidladi.
Mediatsiya – kelib  chiqqan  nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy  roziligi asosida mediator  koʻmagida hal qilish  usuli.
Taʼkidlandiki, ajrimlarning oldini olishda  mediatsiya usulidan keng  foydalanish  yaxshi natija beradi.    
Bu usul – maxfiylik,ixtiyoriylik,taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.  
Targʻibot tadbiri davomida ajrimlarning oldini olish, nizoli vaziyatlarni ijobiy hal etishga oid bir  qator usullar, amaliyotdan oʻtgan yoʻnalishlar tavsiya etildi. Hayotiy misollar yordamida ajrim yoqasida turgan oilalarni mediatsiya usulida kelishtirish, yarashtirish  usullari ochiqlandi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonuni 2018-yilning 12-iyunida  Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan  qabul  qilingan va 2019-yil 1-yanvardan  kuchga kirgan.

17
Shohimardonda Davlat xizmatlar markazi filiali tashkil etildi

Fargʻona viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston hududidan oʻtib boruvchi eksklav hududi — “Shohimardon” va “Yordon” MFYda 6 yarim mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Bu hudud aholisiga eʼtibor va ragʻbat koʻrsatish, yashash sharoiti va turmush farovonligini yaxshilash hamisha davlatimiz eʼtiborida. Tibbiyot, oʻrta va maktabgacha taʼlim sohasida keyingi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, aholi bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan izchil saʼy-harakatlar shular jumlasidandir.
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi hamda Fargʻona tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazining “Shohimardon” filiali mutaxassislari ushbu ikki mahalla ahliga xizmat koʻrsatishga kirishdi.

— Shu kunga qadar hudud aholisi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun uzoq masofa bosib, turli ovoragarchilik bilan toʻqnashishga majbur edi, — deydi “Shohimardon” MFY raisi Ibrohimjon Hamdamov. — Yoʻlning olisligi bir azob boʻlsa, Fargʻona tumani markaziga borib-kelish uchun jami 8 ta bojxona chegara postidan oʻtishi kerak boʻlardi. Endi ushbu markazda mahalladoshlarimiz 170 turdan ortiq davlat xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.

Maʼlumot uchun. Ayni paytda Fargʻona viloyatida DXMning 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda va Shohimardondagi filialda dam olish kunlaridan tashqari har kuni xizmat koʻrsatiladi.

16
Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, voyaga yetmagan shaxslar o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.
(https://lex.uz/docs/3336169#4765675)
Bunda voyaga yetmagan shaxslar to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmaganligi sababli ularning murojaatlarini ko'rib chiqmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

15
Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ва Ёшлар ишлари агентлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.

Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин.

Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача).

Танлов қуйидаги 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади:

1-босқич – тест синовлари:

- Умумтаълим мактаб, академик лицей ва техникум ўқувчилари учун – 26 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар учун – 27 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ бошқа барча фуқаролар учун – 28 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;

2-босқич – суҳбат.

Тест синовида 8-dekabr.adliya.uz сайти орқали онлайн тарзда иштирок этилади.

Тест синови 20 та тест саволи ва 1 та ижодий саволдан иборат. Тест саволларига энг қисқа муддатда тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан 30 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга жавоблари кўриб чиқилади.

Баҳолаш натижасига кўра, энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи кейинги босқичга ўтади.

Иккинчи босқич (суҳбат) 8 декабрь – Конституция байрами арафасида ташкил этилади.

Суҳбат жараёнлари онлайн трансляция қилинади.

Ғолиблар диплом ва қуйидаги қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади:

1-ўрин – ноутбук;
2-ўрин – телевизор;
3-ўрин – микротўлқинли печ.

Танловда фақат битта аккаунтдан иштирок этишга рухсат этилади.

Иштирокчи кейинги босқичга ўтиш вақтида турли аккаунтлардан қатнашган ҳолатлар аниқланган тақдирда, натижасидан қатъи назар, имтиҳондан четлаштирилади.

14
“Para Besh tashabbus olimpiadasi”

  Nogironligi bor yoshlar oʻrtasida “Para Besh tashabbus olimpiadasi” Fargʻona viloyat bosqichi  oʻz yakuniga yetdi.  Olimpiada doirasida shaxmat boʻyicha  Rishton tuman davlat xizmatlari markazi xodimi Baxtiyor  Qoʻchqarov faxrli birinchi oʻrinni egallab Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Baxtiyor Qoʻchqarovning  mamlakat bosqichida  ham muvaffaqiyatli ishtirok etib ulkan marralarni zabt etishiga  ishonamiz.

12
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

Davlatimiz rahbari  Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham oʻziga xos tashabbus koʻrsatishdi.

Gap shundaki, adliya boshqarmasi  jamoasi – viloyatda faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamda Nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi NNTlar vakillari hamkorligida Fargʻona shahar “Mustaqillik” koʻchasida 200 tup daraxt koʻchatlari ekdi.  

Tashabbuskorlar tomonidan qator oralari tozalanib,  daraxtlarga qoʻshimcha ishlov berildi.
Umuman, ayni kunlarda daraxt ekish, koʻkalamzorlashtirish doirasidagi dolzarb 40 kunlik viloyatimizning  barcha hududlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

11
O'quv seminari bo'lib o'tdi

  Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi
Qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Farg'ona viloyati hokimligida o'quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati,
manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiya xolatlarini oldini olish to'g'risida ma'lumotlar berildi.

09
Anklav hudud - Soʻx tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Soʻx tumanining “Chumoqcha” MFY boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolar yigʻinining turli hududlaridan kelgan fuqarolarning 10 dan ziyod muammo, taklif va shikoyatlari koʻrib chiqildi.
Jumladan, 4 nafar fuqaroning kadastr masalasidagi arizasi ijroga yoʻnaltirildi. 3 nafar fuqarolik holatini qayd etish masalasidagi murojaat joyida oʻrganib chiqildi. Bundan tashqari, bandlik, bank krediti, moddiy yordam olish, mehnat munosabatlari masalalardagi murojaatlar kelib tushdi.
Hal etish mumkin boʻlgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bigra, fuqarolarning murojaatlari masʼul idoralarga oʻrganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi. Ayrim murojaatlar boʻyicha 6 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi

08
"Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida" mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Fargʻona viloyati filiali, viloyat adliya boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda "Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida" mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
Ushbu seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad - viloyatda davlat organlari va tashkilotlarining hudud darajasidagi tuzilmalarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlarining nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish hamda salohiyatini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish hisoblanadi.
Maʼlumki, joriy yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga soluvchi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun imzolanishidan bir necha kun avval, yaʼni 4-avgust kuni Prezident raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishda mamlakatimiz rahbari davlat xizmatini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib, ushbu masala qariyb 30 yildan beri keyinga surilib kelinayotganligini qayd etdi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida ushbu Qonun tayyorlanganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi qariyb 30 yildan buyon intizorlik bilan kutilgan, 35 milliondan ortiq aholining hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ijobiy taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Qonunning ishlab chiqilishi – juda mashaqqatli jarayon boʻlib, 15 ta vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangan. Jamoatchilik vakillari, jumladan, jurnalist va blogerlar ishtirokida 10 dan ortiq muhokamalar tashkil etilgan.
Qonunni ishlab chiqish jarayonida xorij tajribasi va xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalariga tayanildi. Xususan: Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Bolgariya, Latviya, Polsha, Estoniya, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarning qonunchiligi tahlil qilindi.
Seminar davomida qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilarga tushuntirib oʻtildi.

03
Endilikda mahkumlar ham davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin

Endilikda mahkumlar ham davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin
Ichki ishlar vazirining “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha kiritish to'g'risida”gi buyrug'i qabul qilindi (ro'yхat raqami 2495-6, 31.10.2022 y.).
Qo'shimchaga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat хizmatlari, shu jumladan notarial хizmatlardan foydalanishi uchun alohida хonalar ajratiladi. Ushbu хonalar veb-kamera hamda internet tarmog'iga ulangan kompyuter teхnikasi bilan jihozlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 31.10.2022-yildan kuchga kirdi.
Каналга уланиш