Yangiliklar
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Zoyidjonov Sanjarbek Salmonjon o‘g‘li Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi bosh mutaxassisi ozod etilib, Quvasoy shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimlarni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi
Oltiariq tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi otaliqqa olingan 18-umumta'lim maktabida tashkil etilgan "huquq sinfi" o'quvchilariga “Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash" mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi.
Dars mashg'uloti so'ngida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushunchalar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
1.Savol: Uy-joy fondi nima degani? Uni qanday turlari mavjud?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga asosan uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat bo‘lgan fond.
Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yo‘nalishidagi o‘zga ehtiyojlarga mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi.
Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir.
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
fuqarolar mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq to‘langan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar);
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan va ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi.
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘la xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraviy uy-joy fondi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.
2.Savol: Men yashab turgan turar joyimni almashtirmoqchi edim. Shu sababli menga tushuncha berib o‘tinglar iltimos.
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 105-moddasiga asosan ijaraga oluvchilar, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zolari yoxud ularning oila a’zolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari o‘z ulushlariga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi yoxud ularning oila a’zolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida ko‘chib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila a’zosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida ko‘chib kirishlari kerak.
Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni o‘zaro o‘tkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar o‘rtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining a’zolari o‘zlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila a’zolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.
3.Savol: Qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasiga asosan quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi.
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘riladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolaning ta’minoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi.
Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni ko‘rishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniqlasa, bu haqda prokurorga xabar berishi shart.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kun ichida ushbu qarorning ko‘chirmasini bolaning tug‘ilganligi davlat tomonidan ro‘yxatga olingan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
4.Savol: Men turmush o‘rtog‘im bilan 10 yildan beri birga yashayman. Lekin farzandli bo‘lmadik. Farzand asrab olmoqchimiz. Shunga tushuncha bersangiz.
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasiga asosan voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, bundan o‘gay ota va o‘gay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.
5.Savol: Kafillik va kafolat nima?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga asosan kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham tuzilishi mumkin.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
FKning 299-moddasiga asosan kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi.
6.Savol: Neustoyka nima?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 260-moddasiga asosan qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdipda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli emas.
Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va, qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Javob berdi: fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi sudyasi Asqarov Furqatjon Xasanovich
Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga barchamiz birdek mas'ulmiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 1-sonli qarori yuzasidan Yozyovon tumani adliya boʻlimi hamda Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda tumandagi 22-sonli umumta’lim maktabida voyaga yetmagan yoshlarga "Firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishning oldini olish" yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Mazkur tadbirda tumandagi maktablarning yuqori sinf o'quvchilari ishtirok etdilar va "Vatanparvar yoshlar - yurt kelajagi" shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tanlovda “Yilning eng yaxshi adliya bo'limi xodimi” nominatsiyasi boʻyicha Marg'ilon shahar adliya boʻlimi boshlig'i Xaydarov Mo'ydinjon Abdumalikovich faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi M.Xaydarovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Toshloq tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan "Huquqiy targʻibot kuni" doirasida tumandagi “Qumariq”, "Obisiyo", "Farog'at", "Qumqishloq" va "Sadda" MFYlarda “Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi asosida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida “mahalla yettiligi” hamda MFY faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, ushbu mahallalar hududida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga manzilli ravishda kirilib, ularning huquqiy muammolari o'rganildi va bo‘lim ish yurituviga olindi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Yozyovon tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi binosida "Kitob ulash" loyihasi doirasida kitob olib kelish va kitob o'qish, bunga aholini keng jalb qilish ishlari davom etmoqda.
Ushbu loyihaning mehmoni ijodkor, bir qancha she'r va maqolalar muallifi, tumandagi 14-umumta'lim maktabi o'qituvchisi Sayyora Akbarova.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi kitobxonlikni ommalashtirish, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va hurmatni oshirish, yosh avlodni bilimga chanqoq qilib tarbiyalashga qaratilgan.
Ushbu loyihada faol ishtirok eting va ziyo ulashing!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
"Huquqiy mahalla" konsepsiyasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda
Rishton tuman tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Toshog'oliq" MFY da aholi muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganish orqali, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi yuzasidan aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya doirasida tadbirlar o'tkazildi.
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan tadbirlar davomida mahallada joylashgan barcha xonadonlarga uyma-uy yurgan holda, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar, hal etilmay qolayotgan masalalari o'rganilib, tegishli tartibda platformaga kiritilishi, muammolari yuzasidan qonuniy yechim berilishi ta'minlanmoqda.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Qo'shtepa tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Qiyqi" MFY da aholi muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganish orqali, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya doirasida tadbirlar o'tkazildi.
Uyma-uy yurish orqali xonadonlarga kirilib, aholi muammolari o‘rganildi hamda aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolalar nafaqasi va boshqa muammolari aniqlandi.
Mazkur muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda tegishli tartibda ish yurituviga olindi.
Shuningdek aholiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar ham berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Saxobiddinov G‘iyosjon Ro‘zmatjon o‘g‘li Furqat tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.