Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

22
Adliya yangiliklari

      Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?
   Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:
   Davlat xizmatlari markazlari
   Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)
   “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) (https://hetk.uz/oz/service/all-services) orqali murojaat qilishlari mumkin.
   Hukumatning 555-son qarori (https://lex.uz/docs/-5614095) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) (https://hetk.uz/oz/service/all-services) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.
   Kanalga ulanish
   https://t.me/adliya_fargona

18
Bilasizmi

        Ish beruvchi xodimning arizasiga ko‘ra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart:
  ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlarning ko‘chirma nusxalari;
  mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmalarni;
  ish haqi to‘g‘risidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni va boshqalarni.
    Mazkur hujjat nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ish bilan bog‘liq hujjatlar va ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi (https://lex.uz/docs/-6257288).
     kanalga ulanish  
https://t.me/adliya_fargona

12
FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari
✅tugʻilish
✅ nikoh
✅oʻlim
✅nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?
    Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.
Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
https://t.me/adliya_fargona

02
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.
"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni tarixda ilk bor 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
   Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining toʻliq matni bilan ushbu havola (https://lex.uz/docs/-6445145) orqali tanishing.

https://t.me/adliya_fargona

19
Adliya boshqarmasida matbuot anjumani o'tkazildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq “Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 1-choragi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda boshqarma boshlig‘i A.Buriyev tomonidan viloyatda 2023-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Matbuot anjumanida adliya organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar ochiqlandi hamda sohadagi ishlar alohida tahlil qilindi.

Yakunda anjuma ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

07
Yangi Mehnat kodeksiga kiritilgan yana bir yangilik.

Yangi Mehnat kodeksiga kiritilgan yana bir yangilik.
Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
. Vaqtinchalik xodim ish beruvchini 3 (uch) kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
. Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida vaqtinchalik xodimni kamida 3 (uch) kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart:
      tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi;
      xodimlar sonining yoki shtatining o‘zgarishi munosabati bilan;
      xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan.
      Vaqtinchalik xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi vaqtinchalik xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, vaqtinchalik xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida 1 (bir) kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.
    Vaqtinchalik xodimni 1-3-bandlarda nazarda tutilgan yozma ravishdagi ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli.
    Agar jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaydi.
    Demak, ushbu holatda ikki haftalik ogohlantirish tartibi va mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ham ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaydi

06
“Men befarq emasman”

       “Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkaziladigan “Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi bekati Farg'ona politexnika institutida.
  “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan Politexnika talabalari uchun "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi va Referendum qonunchiligining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir o'zaro savol-javob shaklida o'tkazildi. Tadbir davomida faol qatnashgan talabalarga Farg'ona viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg'alari topshirildi.

05
Adliya organlari va muassasalaridadagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan (ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun mutaxassislikka oid tahminiy savollar ro'yxati e'lon qilindi.

1. Umumiy qonunchilikka oid savollar – 2 turga bo‘lingan, jumladan:
tizimidagi yuridik muxataxassislik talab etiladigan lavozimlar uchun;
tizimidagi texnik va yuridik muxataxassislik talab etilmaydigan lavozimlar uchun;
2. Mutaxassislikka oid savollar topshirilgan lavozimdan kelib chiqib tanlanadi, bunda:
ayrim lavozimlar barcha adliya organlari va muassasalarida mavjudligidan kelib chiqladi, masalan: Inson resurslari, buxgalteriya, moliya-iqtisod, jamoatchilik bilan aloqalar, xalqaro hamkorlik, psixologlar kabi ayrim sohaslar bitta faylda keltirilgan;
ayrim bo‘linmalar uchun bir turdagi savollar qo‘llaniladi, masalan: Adliya vazirligi markaziy apparatidagi ayrim bo‘linmalar uchun qo‘llaniladigan savollar hududiy adliya boshqarmalaridagi tegishli bo‘linmalar uchun ham qo‘llaniladi;
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DM hamda adliya tizimidagi AKT mutaxassislari boʻyicha savollar qo‘llaniladi.
  Suhbat savollari va amaliyotda keng uchraydigan muammoli vaziyat (kazus)lar suhbat jarayonida nomzod tomonidan Tizim orqali tasodifiy, ya’ni avtomatik generatsiya yo‘li bilan tanlanadi.
  Adliya tizimiga ishga kiruvchilar tahminiy savollarga tayyorlanish uchun Adliya vazirligining veb-sayti orqali yuklab olishingiz mumkin. (https://adliya.uz/.../adliya-organ-va-muassasalariga.)

03
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Farg'ona viloyat Yuridik texnikumi talabalaridan tuzilgan "Adliya qanotlari" klubi a'zolari tomonidan fuqarolarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi va tarqatma materiallar tarqatildi.

30
O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan konstitutsiyasi – Xalq konstitutsiyasidir.

    Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi O'zbekiston tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O'zbekiston tuman bo'limi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati hamda uning umumxalq referendumi asosida qabul qilinishiga doir masalalar bo‘yicha targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.