Yangiliklar
Ayni vaqtda yurtimizda hukm surayotgan noqulay ob-havo sharoitida 19 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlarida mijozlarga issiq choy va qahva ulashilmoqda
Inson qalbiga yo'l mehr va saxovatdan boshlanadi. Asrlar davomida shakllangan mehr-oqibat, mehr-muruvvat tushunchalari el-yurtimizning dunyoqarashi, ma'naviy hayotining asosi sifatida vujudga kelgan. Bu kabi tashabbuslar va fazilatlar biz bilan zamondosh bo'lib yashayotgan yosh avlod vakillariga ma'naviy namuna bo'lishi shubhasiz.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Farg'ona viloyatida Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish xizmati yo'lga qo'yilgan Davlat xizmatlari markazlari
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Farg'ona shahar adliya bo'limi tomonidan Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda hamda Marg'ilon shahar adliya bo'limi tomonidan "Farg'ona azot" AJda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Targ'ibot tadbirlari davomida ishtirokchilarga Konstitutsiya tushunchasi, unga kiritilgan o'zgartirishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlar, hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi.
???? Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
???? Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonidagi muammolar, davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi idoralar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar oʻtkazildi.
Seminarda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi barcha vakolatli idoralarning viloyat, tuman va shahar tuzilmalaridan 200 dan ortiq rahbar va masʻul xodimlari bevosita va ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Fargʻona viloyatida jami 974 763 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Biroq shu vaqt mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 4 772 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 4 452 tasi muddat buzilishi, 164 tasi asossiz rad etish hamda 156 tasi boshqa turdagi qonun buzilishini tashkil etadi. Bu esa Davlat xizmatlari markazlari bilan integratsiya qilingan 30 dan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarda tizimli muammolar boriligini anglatadi.
Shundan kelib chiqib, Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev ana shu tashkilot vakillarining tizimli muammolari, takliflari va mulohazalarini tingladi. Kamchiliklar, qonunbuzilishi holatlari chuqur tahlil qilindi. Savol-javoblar tarzida bartaraf etish yoʻllari oʻzaro muhokama qilindi.
Taʼkidlandiki, salbiy holatlar aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda ularning sarson boʻlishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi oqibatida sohada korrupsion holatlari yuzaga kelishiga va markazlarda navbatlarning ortishiga sabab boʻladi.
Uchrashuvda, davlat xizmatlarini koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabablari boʻyicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga, shu kabi qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bugungi kunda ekologik muammolar koʻplab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yoʻnalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston tumani Oq masjid qishlogʻida adliya bogʻi tashkil etildi. Boshqarma tomonidan ajratilgan maydonga 400 tupdan ortiq manzarali va mevali koʻchatlar oʻtqazildi.
Mazkur loyiha asosida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi joriy yilda ona yer bagʻriga 8 mingga yaqin mevali va manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekishni maqsad qilgan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi adliya tizimida ham umummilliy harakat va qadriyat sifatida namoyon boʻlayotganini kuzatish mumkin.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shu kunga qadar Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat bo'ylab 5 ming tupdan ortiq 30 xilga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Tez kunlarda navbatdagi Adliya bog'i butunlay yangidan bunyod etilayotgan Ekoshahar hududida barpo etiladi.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsolidir. Azal-azaldan bayroq mamlakatning kuchi, hukumat qudratini anglatib kelgan. Bayroqning ko‘kda gurkirab hilpirashi ozod va obod yurt belgisi bo‘lgan.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan “Fargʻonaazot” aksionerlik jamiyatida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi vakili qonun hujjatlariga ko'ra davlat bayrogʻidan foydalanish tartibi, bu boradagi huquqiy normalar, davlat bayrogʻiga hurmatsizlik koʻrsatish, unga doir qonunchilikni buzishga doir javobgarlik masalalari yuzasidan tadbir ishtirokchilariga maʻlumotlar berdi
Farg'ona viloyat hokimining 2023-yil 17-noyabrdagi Farmoyishiga asosan viloyatimizda korrupsiya holatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 2023-yil 20-noyabrdan — 20-dekabrga qadar «Korrupsiyaga
qarshi kurashish oyligi» profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar doirasida Farg'ona shahar hokimligida mas'ul tashkilotlar tomonidan hokim yordamchilari, maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi, kadastr va qurilish bo'limlari xodimlariga seminar o'tkazildi.
Unda tashkilot va muassasalarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning mehnat munosabatlarida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, uning oqibatlari va qonunda bu kabi illatlarga belgilangan normalar haqida soʻz bordi.
https://t.me/adliya_fargona
Fargʼona tuman adliya boʻlimi 1-son FHDY boʻlimi 2-toifali inspektori (ushbu lavozimda ishlovchi M.B.M bola parvarishlash ta'tilidan qaytgunga qadar muddatli mehnat shartnomasi asosida 2024-yilning 30-avgust kuniga qadar) (1 shtat birligi).
Ushbu lavozim uchun rasmiy talablar quyidagilar:
FHDY bo‘limining 2-toifali inspektori lavozimiga yuridik mutaxassislik bo‘yicha, qoida tariqasida, o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi;
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplom olgan shaxslar ham ishlashi mumkin.
Davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;
Xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilish yaxshi baholanadi.
FHDY bo‘limi inspektorlari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas.
Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan quyidagi manzil orqali tanishishingiz va shu manzil bo‘yicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin.
https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1102#
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasida viloyat adliya boshqarmasi va Marg‘ilon shahar adliya bo'limi vakillari ishtirokida “Tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jarayonlar hamda qayd etilgan salbiy holatlar, ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralariga aniq misollar bilan to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, davlat budjetiga soliq tushumlarini ta’minlashda xodimlarning majburiyatlari hamda halol ishlash afzalliklari tushuntirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda Farg'ona shahar adliya bo'limi hamkorligida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ularni qo’llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikdagi mavjud imtiyozlar to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabulda Farg'ona shahar “Ipak yo’li”, “Yormozor”, “Shodlik” va “Sharshara” MFYlardagi nogironligi boʻlgan shaxslar va ularni parvarish qilayotgan oila a'zolari ishtirok etdi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi davom etmoqda.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona