Yangiliklar
Adliya vazirligi hamda Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasi o'tkaziladi.
Aksiya 2023 yil avgust–sentabr oylarida bo'lib o'tadi.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:
uyma-uy bepul huquqiy yordam ko'rsatiladi;
mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilarining huquqiy bilimlari oshiriladi;
sayyor qabullar hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etiladi;
“O'z huquqlarimizni o'rganamiz” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Men MCHJ tugatuvchisi etib belgilandim. Men ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin qanday harakatlarni amalga oshirishim lozim?
— Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Hozirgi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga koʻra, Fargʻona viloyatiga xizmat safari chogʻida Adliya vaziri, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi va boshqa mas’ullar tomonidan viloyatdagi jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan Margʻilon shahridagi "Uzun hovuz" MFY, Qoʻshtepa tumanidagi "Qumtepa" MFYlarga borildi, ushbu mahallalardagi "beshlik" (mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori) bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda muammo va takliflar, jinoyatlar sonining oshishi sabablari va omillari oʻrganildi.
Suhbatlar davomida jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik nazoratining oʻrni va huquqiy targʻibot tadbirlariga alohida urgʻu berildi.
Kelajakda ushbu hududlarda jinoyatlarni kamaytirish yuzasidan koʻplab fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Shu kunlarda adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻonada xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya tizimidagi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi takliflarni oʻrgandi.
✅Fargʻona shahar davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat koʻrsatish markazida bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Mijozlar va fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilishi zarur boʻlgan yangiliklar, hayotga tatbiq etilishi shart boʻlgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan qiziqdi.
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/adliya_fargona
Davra suhbatida asosiy e’tibor nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishi, ijtimoiy sheriklik hamda ularni qiynayotgan muammolarga qaratildi.
Tadbirda NNTlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida qonunchilikdagi normalarni soddalashtirish va sohadagi muammolar boʻyicha NNTlar bilan oʻzaro fikr almashildi.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha ma’lumotlar olishdi va NNTlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq “Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Fayzullayev tomonidan viloyatda 2023-yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Matbuot anjumanida adliya organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar ochiqlandi hamda sohadagi ishlar alohida tahlil qilindi.
Yakunda anjuma ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi, Rishton tuman hokimligi va 10 dan ortiq tashkilotlar mas’ullari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda 150 dan ortiq fuqarolarning 80 ga yaqin murojaatlari o‘rganildi. Bir yarim mingga yaqin ko‘p millatli aholi istiqomat qiladigan ushbu mahalla fuqarolar yig‘inini o‘ziga hos deyishimiz mumkin. Sababi oddiy. Cho‘ngara qishlog‘i Rishton tumanining eksklav hududi. Uning chor tarafi Qirg‘iziston sarhadlari bilan tutashib ketgan.
Sayyor qabul davomida xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish, onlayn davlat xizmatlari va yuridik xizmatlar ko‘rsatish, ID-karta olish, notarial harakatlar, uy-joy, kommunal, moddiy yordam olish, pensiya va boshqa masalalar o‘rganildi.
Jumladan, xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish bo'yicha 26 ta, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo'yicha 5 ta, notarial harakatlarni amalga oshirish bo'yicha 6 ta, biometrik passport o'rniga ID-karta olish bo'yicha 3 ta xizmat ko'rsatildi. Shuningdek, tegishliligi bo‘yicha 31 ta murojaat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) bo'limlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirlar davomida Mehnat kodeksining eski va yangi tahriri normalarini bir-biridan farqli jihatlarini solishtirib, ishtirokchilarga oddiy va sodda tilda ko‘rgazmali shaklda tushuntirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
30-iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan, joriy yil 25-iyun kuni mamlakatimizning 16 ta shahrida, shu jumladan, Fargʻonada ham “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi yuqori darajada oʻtkazildi.
Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasi hududida boshlangan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” yagona shiori ostida oʻtkazilgan marafonda 3 mingdan ortiq, shu jumladan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 70 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Tadbir yakunida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Seminar-treningda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, Davlat boshqaruv akademiyasi Fargʻona viloyat filiali xodimlari va 20 nafar NNTlar rahbarlari, ekspertlar guruhi a’zolari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda NNTlarga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilikdagi yangiliklar, “Yangilangan Konstitutsiyada NNTlar faoliyatiga e’tibor, ularning faoliyatiga oid qonun hujjatlari”, shuningdek “Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro qonuniy hamkorlik prinsiplari, ijtimoiy sheriklik asoslari” mavzularida ma’ruzalar qilinib, davlat ijtimoiy buyurtmalarida NNTlarning ishtiroki masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida NNTlar tomonidan Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan bir qancha Qonun va qonun osti hujjatlariga oʻzgartirishlar kitirish boʻyicha takliflar berildi.
https://t.me/adliya_fargona