Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
“Men befarq emasman”

       “Men befarq emasman” shiori ostida o‘tkaziladigan “Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi bekati Farg'ona politexnika institutida.
  “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan Politexnika talabalari uchun "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi va Referendum qonunchiligining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir o'zaro savol-javob shaklida o'tkazildi. Tadbir davomida faol qatnashgan talabalarga Farg'ona viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg'alari topshirildi.

05
Adliya organlari va muassasalaridadagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan (ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun mutaxassislikka oid tahminiy savollar ro'yxati e'lon qilindi.

1. Umumiy qonunchilikka oid savollar – 2 turga bo‘lingan, jumladan:
tizimidagi yuridik muxataxassislik talab etiladigan lavozimlar uchun;
tizimidagi texnik va yuridik muxataxassislik talab etilmaydigan lavozimlar uchun;
2. Mutaxassislikka oid savollar topshirilgan lavozimdan kelib chiqib tanlanadi, bunda:
ayrim lavozimlar barcha adliya organlari va muassasalarida mavjudligidan kelib chiqladi, masalan: Inson resurslari, buxgalteriya, moliya-iqtisod, jamoatchilik bilan aloqalar, xalqaro hamkorlik, psixologlar kabi ayrim sohaslar bitta faylda keltirilgan;
ayrim bo‘linmalar uchun bir turdagi savollar qo‘llaniladi, masalan: Adliya vazirligi markaziy apparatidagi ayrim bo‘linmalar uchun qo‘llaniladigan savollar hududiy adliya boshqarmalaridagi tegishli bo‘linmalar uchun ham qo‘llaniladi;
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DM hamda adliya tizimidagi AKT mutaxassislari boʻyicha savollar qo‘llaniladi.
  Suhbat savollari va amaliyotda keng uchraydigan muammoli vaziyat (kazus)lar suhbat jarayonida nomzod tomonidan Tizim orqali tasodifiy, ya’ni avtomatik generatsiya yo‘li bilan tanlanadi.
  Adliya tizimiga ishga kiruvchilar tahminiy savollarga tayyorlanish uchun Adliya vazirligining veb-sayti orqali yuklab olishingiz mumkin. (https://adliya.uz/.../adliya-organ-va-muassasalariga.)

03
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Farg'ona viloyat Yuridik texnikumi talabalaridan tuzilgan "Adliya qanotlari" klubi a'zolari tomonidan fuqarolarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi va tarqatma materiallar tarqatildi.

30
O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan konstitutsiyasi – Xalq konstitutsiyasidir.

    Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi O'zbekiston tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O'zbekiston tuman bo'limi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati hamda uning umumxalq referendumi asosida qabul qilinishiga doir masalalar bo‘yicha targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

06
Aziz ayollar!

Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Farg'ona viloyat Adliya
boshqarmasi jamoasi

01
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari nima ish qiladi?

Shukurjon Turdiyev Beshariq tuman Tibbiyot birlashmasida bosh xisobchi boʻlib ishlaydi. U shu sohada 20 yillik tajribaga ega boʻlsada huquqiy koʻmakka ehtiyoj sezdi.  Shu sababli  tuman yuridik xizmat koʻrsatish markaziga tibbiy jixozlar bilan bogʻliq shartnomalarning qonunan toʻgʻri koʻrib chiqish va ularning huquqiy jihatdan barqaror tuzilishi  haqida huquqiy maslahatlar olgani kelgan.

Davlat xizmatchilari uchun Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining adliya tizimida faoliyat boshlashi ayni muddao boʻldi, -deydi Shukurjon Turdiyev. -Chunki avvallari hujjatlarning qonunga muvofiqligi yuzasidan turli oʻrganishlarda “yurak hovuchlab” turardik. Endi esa ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat munosabatlari, 360 turdagi dori vositalarini sotib olishda tuziladigan shartnomalar yuzasidan tayyorlanadigan hujjatlarning qonunga muvofiqligini avval yuridik markazlardan tizim orqali koʻrikdan oʻtkazib olyapmiz.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son Qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etildi. Bu esa qisqa muddatlarda oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatdi. Yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi. Ish yurituvi toʻliq raqamlashtirilib, qogʻozbozlik barham topdi.

207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi boʻgʻini yaratildi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi markazlar tomonidan ayni kunlarda 22 ta sohada 2 ming 395 ta davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilmoqda. Shundan 967 tasi umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 893 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 200 dan ortiq koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar va boshqa davlat tashkilotlari xissasiga toʻgʻri kelmoqda.


Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Tahlillarga koʻra, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjatlarni aylanishi hisobiga oʻrtacha bir milliondan ortiq qogʻoz koʻrinishidagi xujjatlar iqtisod qilingan,-deydi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi katta maslahatchisi Abduvali Gʻulomov. Yanada aniqroq aytganda, Fargʻona viloyatida  4 tonnadan ortiq qogʻoz - hamda shunga mutanosib ravishda mehnat va vaqt resurslari tejalgan.

Taʼkidlash lozimki, markazlar tashkil etilgunga qadar turli tashkilotlarning 350 dan ortiq hujjatlar sud va prokuratura organlari tomonidan bekor qilingan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatgich 70 barobarga kamaygan.

Oʻtgan davr mobaynida markazlar tomonidan qator ijobiy natijalarga erishildi, -deydi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Xusan Inomov.  -Malakali va yosh huquqshunoslar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish tizimi yoʻlga qoʻyilib, barcha yoʻnalishlardagi murakkab huquqiy muammolarni kollegial tarzda hal qilish imkoniyati paydo boʻldi. Markazlar tashkil etilgunga qadar tumandagi davlat organlarida bitta yurist shtat birligi mavjud boʻlib, oʻzaro tajriba almashish va muammolarni kollegial tarzda hal qilish imkoniyati boʻlmagan. Davlat organlarining 207 hududdagi 2 mingdan ortiq boʻlinmalarida bir xil huquqni qoʻllash amaliyoti shakllandi. Aholi va organlarga tezkor va sifatli huquqiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Yuridik xizmat xodimlarining toʻliq mustaqilligi taʼminlanishi orqali ularning ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etish holatlariga barham berildi. Eʼtiborli jihati shundaki, Markazlar xulosasi asosida qabul qilingan hujjatlar - huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sud orqali shu kungacha aksariyati bekor qilinmadi.

Dastlabki davrda ayrim shaxslar tomonidan markazlarning ishga tushirilishiga nisbatan salbiy taxminlar, prognozlar ilgari surilgan edi. Ammo amalda mazkur tizim oldiga qoʻyilgan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishib bormoqda.

Adliya vazirligi tomonidan bugungi kunda tuman va shaharlardagi bandlik, soliq, qishloq xoʻjaligi hamda respublikadagi barcha davlat maktablari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oilaviy poliklinikalar kabi 20 dan ortiq tashkilotlarga markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilmoqda.

Elyorjon EHSONOV.

28
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–819, 27.02.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

   Qonunga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qoʻllash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.
    .Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
    .Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.
    .Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sogʻligʻini muhofaza qilish;
atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish;
xaridorlarni (isteʼmolchilarni) chalgʻitadigan harakatlarning oldini olish;
energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.
   . Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
   .muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
   .majburiy sertifikatlashtirish.
    . Qonunga koʻra, davlat nazorati organlari oʻrtasida yuqori xavf tugʻdiradigan mahsulot haqida tezkor ravishda oʻzaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat koʻrsatadi.
    . Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

22
Vorislik huquqi

Vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi. Vasiyat mavjud bo‘lmasa yoki vasiyat barcha merosni taqsimlamasa, qonun bo‘yicha vorislik  qo‘llaniladi.  
Vasiyat va qonun bo‘yicha vorislar sifatida meros ochilganda hayot bo‘lgan shaxslar, meros qoldiruvchi hayotligida homila holida bo‘lib, meros ochilgandan so‘ng tirik tug‘ilgan bolalar bo‘lishi mumkin.
Fuqaro mol-mulkini u vafot etgandan keyin kimgadur qoldirish haqidagi xohish-irodasi vasiyat hisoblanadi. Vasiyatnoma shaxsan tuziladi, vasiyatnomani vakil orqali tuzish mumkin emas.
Vasiyat qiluvchi merosxo‘rlardan istaganini hech qanday izohsiz merosdan mahrum qilishga haqli.  Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilishi va o‘zgartirishi mumkin.
Vasiyatnoma yozma shaklda joyi va vaqti ko‘rsatilib tuziladi. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi:
kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironlar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va muassasalarning bosh vrachlari, ularning o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, gospitallarning boshliqlari, internat uylarning direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;
fuqarolar O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi kemalarda suzib yurganda kema kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;
qidiruv ekspeditsiyalaridagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
harbiy xizmatchilarning komandirlar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
notarius bo‘lmagan hududda notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar.
Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxslar meros ochilgungacha vasiyatnomaga oid ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
Tegishli shaklda tuzilmagan vasiyatnoma haqiqiy emas.
Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini vasiyatnomada ko‘rsatgan, merosxo‘r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi bo‘lishga roziligi uning o‘z qo‘li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.
Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmaganda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo‘rning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar bo`limi bosh maslahatchisi Yusufzoda Ravshanbek

21
Kontrafaktsiz oy oyligi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlik subyektlari, viloyatda bojxona xodimlariga tovar belgisiga ega mahsulotlarning kontrafakt nusxalarini xorijdan respublika hududiga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining oʻrni” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/adliya_fargona) I Facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804/?ref=share) I Instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I Web-site (https://fargona.adliya.uz/)

21
Diqqat tanlov

“Vorislik huquqi” boʻyicha tanlov oʻtkaziladi

  Xabaringiz bor, Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida tanlov tashkil etilishi belgilangan.

(https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/5035)  Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi (oxirgi muddat – 23-fevral).

  Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining 15 yoshga toʻlgan fuqarolari, jumladan, taʼlim muassasalari oʻquvchilari, davlat tashkilotlari xodimlari, nogironligi boʻlgan shaxslar, xorijda yashovchi fuqarolar ishtirok etadi.

  Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

▫️1-bosqich – test sinovi. 24-fevral kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar onlayn tarzda (8-dekabr.adliya.uz saytida) boʻlib oʻtadi.

▫️2-bosqich – suhbat. 28-fevral kuni tashkil etiladi.  

  Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

▫️1-oʻrin: Noutbuk;  
▫️2-oʻrin: Televizor;
▫️3-oʻrin: Planshet.

   Tanlov shartlari bilan bu yerda (https://8-dekabr.adliya.uz/page/about) tanishing.

https://t.me/adliya_fargona