Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

23
Sud-huquq sohasida seminar o‘tkazildi

  Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida viloyat maʼmuriy sudi, Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudi sudyalari, adliya organlari xodimlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bosh yuriskonsultlari ishtirokida “Maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlashdagi roli” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar, adliya organlari tomonidan maʼmuriy sudlarga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatida kiritilgan arizalar hamda mahalliy hokimlik organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topilishi bilan bogʻliq nizolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Seminar xodimlar uchun manfaatli bo‘ldi hamda sud va adliya organlari tomonidan bu kabi tadbirlarni kelgusida tez-tez oʻtkazib borish boʻyicha kelishib olindi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

14
78 YILLIK MUAMMO TASAVVUR QILYAPSIZMI?!

Davlatimiz rahbarining  joriy yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni qabul qilinmaganida mamlakatimizda fuqarolarning millionlab huquqiy muammolari minglarcha mahallalarda oʻz yechimini kutib “yotaverar” edi, nazarimizda.

Buvayda tumani adliya boʻlimi vakillari “Nayman” mahalla fuqarolari yigʻinida uyma-uy huquqiy muammolarini oʻrganish jarayonidagi  bir “epizod”ni olaylik...

Huquqiy muammo shundaki, 78 yoshli Buhalima ona Abdurazzoqova 78-yil davomida tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻlmagan. Tasavvur qilyapsizmi?!

Bu vaziyatda birdan sizni oʻnlab savollar oʻylantirib qoʻyadi... Fuqarolik pasporti olmaganmi? Qanday turmushga chiqdi?  Har qadamda kerak boʻladigan bu muhim hujjatsiz ona qanday muammolarni boshidan kechirdi? Yosh ona davrlarida bola puli... yordam puli... va hakazo!

Xullas, chuqur kirmoqchi emasmiz. Bu alohida mavzu! Asosiysi, onaxonning  huquqiy masalasi ijobiy yechim topdi. Masala zudlikda Adliya boʻlimi ish yurituviga olindi. Buhalima ona Abdurazzoqovaga naqd 78-yil deganda “metrika” rasmiylashtirib berildi va tantanali topshirildi.

Toʻgʻri... “adliyachilar”ga bu borada oson boʻlmaydi. Lekin bu bizning bevosita vazifamiz-ku! Muhimi,  yana bir fuqaroning ogʻirini yengil qildik...

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi      
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

10
Adliya_xabari

  Uzoq yillar bir tizimda ishlab, nafaqada bir quchoq nabiralar qurshovida umrguzaronlik qilayotgan paytda hamkasb do‘stlar, izdoshlar eshigingni qoqib hol so‘rab kelishsa ne ajab... Ayniqsa, shukrona kunda!
Marg‘ilon shahrida nafaqa gashtini surayotgan Tojixon ona Dadaxonova ham 1987-2009- yillar davomida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi arxiv mudiri, Marg‘ilon shahrida FHDY mudirasi lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Yuzlab shogirdlar tayyorladi. Ayni kunlarda uning shogirdlari shu tizimda faol ishlamoqda.
Bugun Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi vakillari uning muborak 70 yoshi bilan tabriklab xonadonida bo‘lishdi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tabriknomasini o‘qib eshittirishdi. Tojixon onaga ehtirom ko‘rsatildi. Adliya tizimi vakillari nomidan Tojixon onaga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomtlik tilaymiz.
Barcha adliya xodimlariga uzoq yillar shu sohada ishlab, yorug‘ yuz bilan nafaqa gashtini surish, ehtirom ko‘rish nasib etsin!
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

09
Adliya_xabari

  O'zbekistan Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi safdorlar tarkibini boshlangich tayyorlash va malakasini oshirish tinglovchilari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda adliya boshqarmasi xodimi Y.Zulpixorov tomonidan ishtirokchilarga "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonun, saylov qonunchiligi va boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shu bilan birga, korrupsiya va uning oldini olish bo‘yicha flayer va bukletlar tarqatildi.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

05
Aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim o‘rin tutmoqda

  Aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim o‘rin tutmoqda.
Buni Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on istirohat bog‘ida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli ham yana bir karra tasdiqladi.
Qabul jarayonida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning 19 ta turli mazmundagi murojaatlari tinglandi.
Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 3 ta masala ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. 17 nafariga joyida tushuntirish berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

31
O'n to'rt yildan so'ng otalik belgilandi

  Adliya vakillari mahallalarda uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish davomida yillarki, allaqachon yechilishi zarur bo‘lgan ko‘plab huquqiy muammolarga guvoh bo‘lishmoqda.
Beshariq tumani misolida olaylik! Adliya vakillari "Qiyali" MFY Shodoqoziq qishlog‘ida yashovchi Umsinoy Bozorovaning masalasiga quloq tutishdi. Gap shundaki, uning turmush o‘rtog‘i A.Matmusayev bilan ko‘p yillardan buyon qonuniy nikohsiz yashab 2010-yilda farzandli bo‘lishgan. Lekin qonuniy nikoh qayd etilmaganligi bois jigarbandiga otalikni belgilasha olishmadi.
Uyma-uy yurish mobaynida adliya vakillari ularning bu muammosiga qonuniy yechim topishdi. Ularning huquqlari tushuntirilib, farzandlariga otalik belgilandi.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

12
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan:
Maxmudov Ulug‘bek Umarjonovich boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Yusufzoda Ravshanbek Abduvoxid o‘g‘li Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Toshloq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimlarni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

09
Adliya_xabari

Adliya vakillari Quva tumani “Guliston” mahalla fuqarolari yigʻinida uyma-uy yurib 1025 ta xonadonda aholining huquqiy muammolarini oʻrganmoqda
“Guliston” MFY da 5306 ta aholi istiqomat qiladi. Yigʻin tarkibidagi “Mezon”, “Mardlik”, “Yangisoy”, “Turkiston” koʻchalarida yashovchi fuqarolar asosan, koʻchatchilik, bogʻdorchilik va mirishkorlikning sirini olgan.
Ayni kunlarda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman adliya boʻlimi bilan hamkorlikda xonadonlardagi aholi bilan suhbatlashib, yillar davomida ularni oʻylantirib kelayotgan huquqiy muammolar oʻrganilmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

09
Qo‘qon shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

  Qo‘qon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari rahbarlari ishtirokida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, advokatning hatti-harakatlari yuzasidan, fuqarolik holati hujjatlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, oylik ustama to‘lovlarni undirish kabi masalalar yuzasidan 20 ta murojaatlar tinglandi.
Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 18 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

05
Harbiylarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar adliya bolimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahar Nurafshon MFYdagi 9223-harbiy qismda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiy qismda faoliyat yurituvchi xodimlarga qonunchilikdagi yangiliklar hamda harbiy xizmatchilarga qonunchiligimizda nazarda tutilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga harbiylar va ularning oila a’zolariga 12 xildagi 150 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga oid ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona