Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

29
Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

  Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Oltiariq tumanining "Toshobod‘" MFYda fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 200 nafardan ortiq jismoniy  shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etdilar. Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, mehnat munosabatlari, moddiy yordam olish, meros ishlari, tug‘ilganlik guvohnomasi olish kabi masalalar yuzasidan 27 ta murojaatlari tinglandi.  
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 14 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 13 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.
Shu bilan birga qabul davomida shaxslarga sanatoriyiaga navbatga qo‘yish, pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, farzandni MTTga navbatga qo‘yish kabi 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

27
O‘zbekiston tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston tumanining "Qaynarbuloq‘" MFYda fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 150 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etdilar. Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, mehnat munosabatlari, moddiy yordam olish, meros guvohnomasi olish, nikohni bekor qilish kabi masalalar yuzasidan 25 ta murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 8 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 17 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.
Shu bilan birga qabul davomida shaxslarga STIR berish, pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, farzandni MTTga navbatga qo‘yish kabi 8 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

17
Adliya vaziri yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot ikki qismdan iborat shaklda o‘tkazildi. Birinchi qismda vazirlik rahbariyatining nutqlari tinglandi. Bunda   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37-sonli Farmonida belgilangan vazifalar, ko‘rsatmalar haqida tushuntirish berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida tizimda ishlovchi yosh xodimlar Farmon yuzasidan o‘zlarining fikrlari va takliflarini bildirdilar. Shu bilan birga soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Adliya vazirligi rahbariyatidan batafsil javob oldilar.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

16
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

  Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Marg‘ilon shahar "Yangibog‘" MFYda fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 100 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etdilar. Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, dori-darmon olish, uy-joy oldi-sotdisi, pedagog xodimlar hamda MFY xodimlariga ustama to‘lash kabi masalalar yuzasidan 12 ta murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 3 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 9 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Shu bilan birga qabul davomida shaxslarga STIR berish, pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, farzandni MTTga navbatga qo‘yish kabi 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

10
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

  Furqat tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 100 nafarga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etdilar. Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Fayzullayev tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 30 ta murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 14 ta murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 16 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

29
Adliya_va_yoshlar

    Yoshlar ishtirokida sport tadbirlari o‘tkazildi
Qo‘qon shahrida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ’ib qilish, vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “BIRGALIKDA BIR KUCHMIZ” tanlovi tashkil etildi.
Qo’qon shahar adliya bo’limi tomonidan 10 ta MFYlarda yashovchi otaliqqa olingan yoshlardan tarkib topgan “Adolat” jamoasi mazkur tanlovda qatnashib, sovrinli o’rinlarni egalladi.
G‘olib bo‘lgan jamoalar adliya bo‘limining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

18
Adliya_va_yoshlar

Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida adliya organlari otalig‘iga olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda 400 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Maxmudov qatnashib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e'tibor hamda soha bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berdi.
Shu bilan birga tadbirda imom-xatib Sh. Egamberdiyev ishtirok etib, ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat to‘g‘risida ma'ruza qildi.
Tadbir so‘ngida Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan musofirlik to‘g‘risida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan teatr tomoshasi ijro etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

13
Adliya_va_yoshlar

  Otaliqqa olingan yoshlarga ko‘mak berilmoqda
Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda Toshloq tumani "Hamrak" MFYda yashovchi  M.O‘rinboyeva tikuvchilik sohasiga qiziqishi sababli tikuv mashinasi olishda yordam so‘ragan edi.
Uning ushbu murojaati qanoatlantirilib, homiylar hisobidan tikuv mashinasi hadya qilindi.
Buning natijasida ushbu yosh fuqaroning bandligi ta'minlandi.  

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

10
Adliya_va_yoshlar

  Yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbir o'tkazildi
Buvayda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Buvayda tumanidagi adliya organlari otalig‘iga olingan, Qo'qon shahridagi Muqimiy nomidagi Pedagogika institutida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, jamiyatga daxldorlik ruhiyatini shakllantirish to'g'risida tushuntirish va ma'lumotlar berildi.
Tadbirda 100 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdilar hamda o'zlari uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

09
Adliya_va_yoshlar

  Otaliqqa olingan yoshlarga ko‘mak berilmoqda
Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda Quva tumani "Madaniyat" MFYda yashovchi  Sh.Ahmadjonov dehqonchilik bilan shug‘ullanish maqsadida motokultivator olishda yordam so‘ragan edi.
Uning ushbu murojaati qanoatlantirilib, homiylar hisobidan motokultivator hadya qilindi.
Ushbu ish quroli bilan fuqaro o‘z tomorqasida dehqonchilik bilan shug‘ullanish bilan birga, boshqa shaxslarga yer haydash xizmatlarini ko‘rsatib, oilasiga daromad keltirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona