Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
Bilib oling.

Savol: Ommaviy mulk diganda nima tushuniladi?
Javob: Respublika mulki va ma’muriy hududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo’lgan davlat mulki ommaviy mulkdir.

Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov

23
Bilib oling.

Savol: Qoshimcha va qayta ekspertiza qachon tayinlanadi?
Javob: Qo’shimcha ekspertiza ekspert hulosasidagi bo’shliqlar o’rnini to’dirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert tomonidan o’tkaziladi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert oldiga ilgari qo’llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to’g’risidagi masala qo’yilishi mumkin.
Qayta ekspert tayinlash to’g’risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgari) ekspertiza xulosasiga qo’shilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.
Qayta ekspertiza boshqa ekspertlarga (ekspertlar komissiyasiga)  topshiriladi. Birinchi (ilgari) ekspertizani o’tkazgan ekspert (eskpertlar komissiyasi) qayta ekspertiza o’tkazishda hozir bo’lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar o’tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi D. Ismatullayeva

20
Bilib oling.

Savol: Da’voning baxosi o’zgartirilganda davlat bojini hisoblash tartibi qanday?
Javob: To’langan davlat boji da’vogar o’z talablari kamaytirgan, arz qilingan talablardan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan xollarda kamaytirilmaydi.
Arz qilingan talablar ko’paytirilganda yetishmayotgan summa da’voning ko’paytirilgan baxosiga muvofiq ravishda qo’shimcha tarzda to’lanadi.

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi A.Kasimov

18
Bilib oling.

Savol: Sud buyrug’ini berish bo’yicha talablar qaysilar?
Javob: Sud buyrug’ini berish bo’yicha talablar quyidagilar:
1)    Talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo’lsa;
2)    Talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo’lsa;
3)    Kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari bo’yicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
4)    Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to’g’risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog’liq bo’lmagan talab arz qilingan bo’lsa;
5)    Hisoblangan, lekin xodimga to’lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to’lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo’lsa;
6)    Fuqorolardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdirlikni undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
7)    Ijara shartnomasida belgilangan ijara to’lovlari muddatida to’lanmaganligi sababli ushbu to’lovlarni undirish to’risida talab  arz qilingan bo’lsa;
8)    Ko’p kvartirali uyning joylari mulkdorlardan majburiy badallar va to’lovlarni undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
9)    Yozma bitim mavjud bo’lgan taqdirda, unduruvni qarzdorlikning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo’lgan ko’char mol-mulkka qaratish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa.

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi K.Ismoilov

17
Bilib oling.

Savol: Sud qaysi hollarda ish yuritishni to’xtatib turishi kerak?
Javob: Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to’xtab turishi shart:
1)    Ishda taraflar bo’lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo’l qo’ymasa yoki ishda taraf  bo’lgan yuridikmshaxs qayta tashkil etilganda;
2)    Fuqaro(taraf) muomala layoqatini yo’qatganda;
3)    Javobgar- fuqaro O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo’lganda yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar – fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojat etganda;
4)    Mazkur ishni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqorolik ishlari bo’yicha sudi, jinoyat ishlari bo’yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko’rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, tergoz olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinginga qadar ko’rish imkoni bo’lmaganda;
5)    Taraf chet  davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to’g’risidagi yoki uning ijrosini to’tatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
6)    Mediatsiya tartib-tamoilini amalga oshirish to’g’risida kelishuv tuzilganda

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyasi Sh.Safoxonov

16
Bilib oling.

Savol: Protsessual majburlov choralari qaysilar?
Javob: Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1)    Majbuyriy keltirish;
2)    Ogohlantirish;
3)    Sud majlisi zalidan chiqarib yuborish;
4)    Sud jarimasi.
Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qo’llanilishi uni Fuqorolik Protsessual Kodeksida yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi D. Sultonov

13
Bilib oling.

Savol: Sudda vakillik qilish mumkin bo’lmagan shaxslar kimlar?
Javob: Quydagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1)    Voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunda belgilangan hollar bundan mustasno;
2)    Vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3)    Sudyalar, prokurorlar, surushturuvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar,farzandlikka olganlar, vasiylik , homiylik) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokratura, surishtiruv, va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar bundan mustasno;
4)    Manfaatli vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo’lgan shaxslarga huquqiy yordam ko’rsatayotgan yoki ilgari yordam ko’rsatgan shaxslar;
5)    Shu nizo bilan bog’liq mediatsiya tartib-tamoillarini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o’zaro rozilik bo’lgan xollar mustasno;
6)    Sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo’lgan shaxslar.

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi N.Nishonova

06
Adliya_xabari

Aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim o‘rin tutmoqda.
Buni Oltiariq tumani "Povulg‘on" MFYda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli ham yana bir karra tasdiqladi.
Qabul jarayonida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari O.Fayzullayev tomonidan fuqarolarning 18 ta turli mazmundagi murojaatlari tinglandi.
Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 3 ta masala ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. 15 nafariga joyida tushuntirish berildi.
Shu bilan birga tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 11 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

04
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Djumabayeva Ug‘ilchaxon Irgashevna Quvasoy shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona tuman adliya bo‘limi 2-son FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

04
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan:
Toshmatova Maxbubaxon Yursunovna Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Imomova Shaxnoza Tavakalovna Farg‘ona tuman adliya bo‘limi 2-son FHDY bo‘limi mudirasi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi;
Abdullayev Olloyor Mirzoxid o‘g‘li Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Mahmudova Sayyoraxon Zohidjon qizi Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori lavozimidan ozod etilib, Yozyovon tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi;
Maxmudova Dildora Tarielovna Toshloq tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori lavozimidan ozod etilib, Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimlarni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.