Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
Adliya_xabari

   Farg‘ona davlat universitetining Ma’naviyat va Ma’rifat markazida “Saylov mening taqdirimda” mavzusida ilmiy - amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjuman avvalida FarDU rektori B.Shermuhammadov mamlakatimizda Davlatimiz rahbari islohotlari natijasida takomillashib borayotgan saylov tizimi, yoshlarning saylov jarayonidagi ishtiroki hamda aholining siyosiy savodxonligi borasida nutq so‘zladi.
   Mazkur anjumanda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasining huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i M.Toshmatova, FarDUning O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti R.Akbarov, Huquq ta'limi kafedrasi katta o'qituvchisi D.Mamajonovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, "Saylov qonunchiligidagi yangiliklar", "Saylov kuni fuqarolarning siyosiy huquqlarini amalga oshirish mexanizmlari", "Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan  saylov huquqlari va tamoyillar" mavzularida taqdimot o‘tkazdilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

22
Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

  Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Farg'ona akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Yoshlar dastlab boshqarmada fuqarolarga hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.
Shundan so‘ng oʻquvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari  hamda huquqqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan tashkillanayotgan tadbirlar yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

18
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan notariuslar ishtirokida seminar tashkil etildi

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan ushbu seminarda adliya boshqarmasi boshlig'o o'rinbosari K.Mashrapov, notarial palataning viloyat hududiy boshqarmasi raisi U.Sapayev, viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda idoraviy notarial arxiv mudiri ishtirok etdi.
    Seminarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – notariat sohasida yuzaga kelayotgan tizimli kamchilik va muammolarni muhokama qilish, tizimda bir xil amaliyotni yoʻlga qoʻyish, sohada arxiv ishlarini tartibga solish, eng asosiysi, kelgusida qoʻpol tarzdagi qonun buzilishi holatlarini oldini olishdan iborat.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

14
Adliya_xabari

O'quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida tashkil etilgan huquq sinflarida adliya bo'limlari tomonidan darslar tashkil etilmoqda.
Viloyatimizning tuman va shaharlaridagi huquq sinflari mavjud bo'lgan maktablarida o'tkazilayotgan darslar davomida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan interaktiv dars uslublaridan foydalanilmoqda.
Shuningdek, o'quvchilarni huquq faniga yanada qiziqtirish maqsadida ular bilan suhbatlar, debatlar tashkillanmoqda. Bu esa o'quvchilarning huquq va majburiyatlarini anglashi va jamiyatda o'z o'rnini topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

10
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Mashrapov Kamoldin Zaynobidinovich Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

08
Adliya_xabari

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining bo'lim boshligi X.Nasimov, Adliya vazirligi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi direktor o‘rinbosari J. Ibragimov hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida FHDY sohasidagi yangiliklar va sohadagi tizimli muammolar haqida yigilish o'tkazildi.
Gibrid shaklida o'tkazilgan yig'ilishda onlayn ishtirok etgan xodimlar tomonidan berilgan savollarga mas'ullar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

30
Bilib oling.

Savol: Darxol ijro etililishi lozim bo’lgan hal qiluv qarorlari qaysilar?
Javob:
Darxol ijro etilishi lozim bo’lgan ishlar quyidagilar.
1)    Alimentlar undirish to’g’risidagi ishlarda;
2)    Xodimga 3 oylik ish haqidan ko’p bo’lmagan ish haqini undirib berishda to’g’risidagi ishlarda;
3)     Mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, boquvchisi vafot etganligi natijasida ko’rilgan zararning o’rnini qoplash uchun to’lo’vlar undirish to’g’risidagi ishlarda;
4)    Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, mehnat shrtnomasining bekor  qilish asoslarini o’zgartirish to’g’risidagi ishlarda;
5)    Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashgan bo’limiga g’ayriixtiyoriy tarzda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ishlarda;
6)    Sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, to’liq qisman qanoatlantirilgan talablar bo’yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darxol ijro etilishi kerak


Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi raisi U.Oripov

27
Bilib oling.

Savol: Qaysi hollarda sudya qarshi da’voni qabul qilishi shart?
Javob: Sudya ushbu holatlarda qarshi da’voni qabul qilishi shart.
1)    Qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo’lsa;
2)    Qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
3)    Qarshi va dastlabki da’vo o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjud bo’lsa hamda ularni birgalikda ko’rish nizoni tezroq va to’g’ri ko’rib chiqilishiga yordam bersa.

Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi raisi o’rinbosari I.Kuzibayev

25
Bilib oling.

Savol: Ommaviy mulk diganda nima tushuniladi?
Javob: Respublika mulki va ma’muriy hududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo’lgan davlat mulki ommaviy mulkdir.

Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov

23
Bilib oling.

Savol: Qoshimcha va qayta ekspertiza qachon tayinlanadi?
Javob: Qo’shimcha ekspertiza ekspert hulosasidagi bo’shliqlar o’rnini to’dirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert tomonidan o’tkaziladi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert oldiga ilgari qo’llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to’g’risidagi masala qo’yilishi mumkin.
Qayta ekspert tayinlash to’g’risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgari) ekspertiza xulosasiga qo’shilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.
Qayta ekspertiza boshqa ekspertlarga (ekspertlar komissiyasiga)  topshiriladi. Birinchi (ilgari) ekspertizani o’tkazgan ekspert (eskpertlar komissiyasi) qayta ekspertiza o’tkazishda hozir bo’lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar o’tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi D. Ismatullayeva