Yangiliklar
Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Qoʻshtepa tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan "Huquqiy targʻibot kuni" doirasida tumandagi “Beshkapa”, "Istiqbol", "Qoraqushchi", "Qamishtepa", "Qiyqi", "Qumtepa", "Sohibkor" MFYlarda "Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi bo'yicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida “mahalla yettiligi” hamda MFY faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Far'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Farg'ona tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida xodimlar tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatishning yangicha yondoshuvlarini joriy etish, davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishning qulayligi yuzasidan tushuntirishlar berilish lozimligi haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, sohaga oid “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman, shahar adliya bo‘limlari va YXKM boshliqlari uchun Rishton tumanida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda "Adliya mahalla", "Onlayn mahalla" hamda "Huquqiy mahalla" platformalaridan foydalanish, tajriba almashish va tizimda ish yuritish samaradorligini yanada oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga oid "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish" siyosati hamda "O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari" bo'yicha ham alohida to'xtalib o'tildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Viloyatning eksklav hududi hisoblanadigan So'x tumanida ham "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi amalda
So'x tuman adliya bo'limi tomonidan "Chashma" MFYda "Huquqiy mahalla" loyihasi bo'yicha uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.
Ma'lumot uchun: "Chashma" MFYda 628 ta xonadon bo'lib, unda jami 3615 nafar aholi istiqomat qiladi.
Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy ko'maklar berildi. Shuningdek, fuqarolar orasida eng ko'p uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini tushuntirildi va mavjud muammolar platformaga kiritildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi
Har oyda adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib borilmoqda.
Bu safargi tanlovda 2024-yil dekabr oyining "eng yaxshi xodimi” deb, Quvasoy shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i RAXMANQULOV SHERZODJON TURSUNALIYEVICH topildi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Sh.Raxmanqulovni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Quva tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Toshxovuz" MFYda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri o'tkazildi.
"Toshxovuz" MFYda yashovchi fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida o'tkazilgan ushbu “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirlari davomida mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashildi.
Uyma -uy yurish orqali aholining kundalik muammolari o'rganildi hamda zarur tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Farg'ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi "Chavandozlik" yo'nalishida "Konstitutsiyada mudofaa va xavfsizlik masalalari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida yoshlarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizda aks etgan normalar, inson va fuqarolarning burchlari, shuningdek tashqi siyosat to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir so'ngida chaqiriluvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
756 million so'm qarzdorlik adliya aralashuvi bilan bartaraf etildi
Marg'ilon shahar obodonlashtirish boshqarmasi zimmasiga shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 756 million so'm qarzdorlik qo'yilgan edi.
Marg'ilon shahar adliya bo'limining obodonlashtirish boshqarmasi manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kiritgan appelyatsiya shikoyati sudda ko'rib chiqildi va mazkur qarzdorlik asossiz deb topildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Baʼzida fuqarolik hujjatlariga beeʼtibor bo‘lamiz. Vaqtlar o‘tgach, ularning naqadar muhim ekanligini anglab yetamiz. Ayniqsa, farzandlar voyaga yetib borayotganida...
Beshariq tumanining “Obod” mahalla fuqarolari yig‘ini, “Obodon” ko‘chasida yashovchi oilada ham shunday bo‘ldi.
Sanjarbek Odilov ayoli Jumagul Abdurahimova bilan doimiy safarlarda bo‘lgani uchun, 2021-yilda ularning qizi Surxondaryoda tug‘ildi. Ular safar mashaqqatlari bilan chaqaloqning “metrika”siga beeʼtibor bo‘lishdi. Keyinroq qolgan ishga qor yog‘di...
Beshariq tumani FHDY bo‘limi adliya vakillari bilan birgalikda mahallabay huquqiy muammolarni o‘rganish davomida bu oilaning ushbu masalasiga ijobiy yechim topishdi.
Sayyor tartibda qizaloqqa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma tantanali topshirildi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Qalandarov Eldorjon Qodirjon o‘g‘li Uchko‘prik tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan ozod etilib, Bag‘dod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.