Yangiliklar
Baxtsiz hodisa sababli nikoh guvohnomasi hamda tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari yonib ketgan Dadaboyevlar oilasiga guvohnomalari tiklab berildi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Beshariq tuman adliya bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida olib borilgan xatlovlar jarayonida Beshariq tumani "Yuqori Tovul" MFYda yashovchi Dadaboyevlar xonadonida yuz berga yong'in sababli nikoh guvohnomasi hamda 4 nafar farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari yonib ketganligi aniqlandi.
Adliya boshqarmasi hamda Beshariq tuman adliya bo'limi tomonidan Dadaboyevlar oilasining nikoh guvohnomasi hamda 4 nafar farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari tiklab berildi va tantanali ravishda topshirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
Adliya organlari va muassasalaari tomonidan yoshlar bilan ishlashda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan adliya organlari xodimlari o'zlariga biriktirilgan yoshlarning yashash xonadonlariga, ish joylariga hamda ta'lim muassasalariga borgan holda uchrashib, ularning muammo va takliflarini o'rganishmoqda.
Aynan bugun ham boshqarma boshlig'i A.Buriyev Rishton tumanida bo'lib, adliya bo’limiga biriktirilgan “Voxim” MFYda joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabida hamda “Yangi Bo'jay” MFYda joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o'quvchilarning qiziqishlari, muammolari hamda takliflari o'rganildi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik ruhiyatini uyg'otish, mas'uliyatli bo'lish, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolmaslik, o'zlariga qiziq bo'lgan kasbni tanlash hamda mazkur kasblarni realizatsiya qilishda berilishi mumkin bo'lgan yordam turlari bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona
Bagʻdod tumanining 4-sektor hududida yoshlar uchun kutubxona ish boshladi
14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi hamda “Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan Bagʻdod tumanining “Bedarak” MFYda adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar uchun kutubxona oʻz faoliyatini boshladi.
Fargʻona viloyati boʻylab aksiya doirasida mahallabay xatlovlar davom etmoqda
Jumladan, Quva tuman “Nayman” MFY dagi xatlov davomida fuqaro Axrorbek Kupaysinov farzandining tibbiyot bo'limi tomonidan berilgan maʻlumotnomasida bola ismi maslahatsiz qoʻyilganligiga oydinlik kiritildi.
Biroq farzandining ismini moddiy jihatdan oʻzgartirishga imkoniyati yoʻqligi aniqlanib, fuqaro arizasiga asosan bola ismi oʻzgartirildi va tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, sayyor ravishda topshirildi.
“Dexqonobod” hamda “Qalinpoʻstin” MFY da ham hujjatlari boʻlmagan fuqarolar roʻyxatini shakillantirish yuzasidan xatlov oʻtkazildi. “Qalinpoʻstin” MFY da yashovchi Aslan Zakirov ehtiyotsizlik sabab tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qo'ygan. Unga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, Shoʻrmahalla qishlog‘ida yashovchi Rasuljon Abdusalimovning 2010-yil vafot etgan otasining oʻlim haqida guvohnomasi takroriy rasmiylashtirildi.
Quva tumanida xatlovlar natijasida 15 ta tugʻilganlik, 6 ta nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomalar, 5 ta ID-kartalar fuqarolarga olib berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Kitob - ilm va hikmat manbai. Xususan, mutolaa insonning yetuk va komil shaxs boʻlib yetishishida beqiyos oʻringa ega.
Yoshlarni kitob va mutolaaga qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Soʻx tumanining “Soʻx” MFYda “Yoshlar kutubxonasi” oʻz faoliyatini boshladi. Ziyo maskani mingga yaqin turli adabiyotlar fondiga ega.
Kutubxona ochilish marosimida Soʻx tumani va mahalla fuqarolari yigʻini vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu hududning 54 foiz aholisini yoshlar tashkil etadi.
Eksklav hudud Soʻx tumanida “Yoshlar kutubxonasi”ning tashkil etilishi natijasida qishloq yoshlari ziyo maskanidan foydalanish va bilim koʻnikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qoʻqon shahri “Gʻalchasoy” MFYdagi yoshlar muammolari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida “Oʻsh” koʻchasi, 9-uyda yashovchi, 2-guruh nogironligi bor Toʻlqinjon Oripov oʻz yashash xonadonining koʻcha qismiga tutash joyida oziq ovqat doʻkoni qurishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.
Kunning ikkinchi yarmida “Gʻalchasoy” MFY binosida yoshlar uchun sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Qabul davomida oʻndan ortiq yoshlarning masalalari tinglandi.
Shu mahallaning “Ozodlik” koʻchasi, 28-uyda istiqomat qiluvchi Ahmadjon Ahmedov duradgor usta, qabulda akfa eshik va rom profillarini kesadigan apparat olishda yordam soʻradi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan “A. Jomiy” koʻchasi 69-uyda yashovchi Muslima Muzaffarova ofis uchun kompyuter jamlanmasiga ehtiyoji borligi, lekin buning uchun mablagʻ yigʻa olmayotgani oydinlashdi.
Oʻrganish va sayyor qabul davomida 4 nafar fuqaroga huquqiy tushunchalar berildi. Aniqlangan 7 ta masala yuzasidan hozirda homiylik mablagʻlarini jalb qilishga oid ishlar boshlab yuborildi.
Texnikumning "Adolat qanotlari" klubi volontyorlari tomonidan aholi gavjum joylarda, bozorlarda, istirohat bog'larida va ko'chalarda aksiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan tayyorlangan flayerlar tarqatildi.
Targ'ibot davomida aholiga ID karta olish, tug'ilganlik guvohnomasini olish, elektron raqamli imzo olish, “Mobile-ID” dan ro'yhatdan o'tish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha tushunchalar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona
Seminar "Mehnat shartnomasini bekor qilishning ayrim masalalari" mavzusida tashkil etildi. Unda Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari hamda davlat tashkilotlari va idoralarining yuristlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar o'tkazildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Xotira maydonidagi "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo'yish marosimi o'tkazildi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limi xodimlari orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. Shunga asosan 2023-yil dekabr oyining "eng yaxshi xodimi” deb Oltiariq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i YULDASHEV ABDURASHID ABDUSALOMOVICH topildi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi A.A.Yuldashevni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona