Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
Adliya_xabari

"Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak” aksiyasi So'x tumanida ham davom etmoqda
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi va So'x tuman adliya bo'limi tomonidan "Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida hamda "Mening mahallamda jinoyat boʼlmaydi" shiori ostida tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida MFY faol ayollari bilan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga bugungi kunda qonunchilikdagi imtiyozlar haqida yuzasidan, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan “Fuqarolar yigini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi bo’yicha jamiyatimizda soni ortib borayotgan "Firibgarlik-kiberjinoyat, o’girlik jinoyati" va uning salbiy oqibatlari yoritib berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ko'rgazmali targ'ibot materiallari  tarqatildi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

17
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Temirov Lazizbek Shuxratjon o‘g‘li Quva tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.




14
Korrupsiya - jamiyat kushandasi

Farg‘ona davlat universiteti va Farg'ona davlat texnika universitetlarida  "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasidagi targ‘ibot tadbiri haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylandi.
"Adolat" SDP viloyat kengashi tomonidan tashkillangan mazkur tadbirda prokuratura, adliya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari so'z olib, korrupsiyaning jamiyatga naqadar zararli ekanligi, barchani korrupsiyaga qarshi birdamlikda kurashishi zarurligini ta'kidladilar.
Biz korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz! Bundan har birimiz birdek manfaatdormiz!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmai

08
Yashil_makon

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi va adliya bo'limlari tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshloq tumani adliya bo'limi tomonidan  bino atofiga 300 tupdan ziyod mavsumiy gullar ekildi.
“Yashil makon” loyihasi viloyat adliya tizimida ham umummilliy harakat va qadriyat sifatida namoyon bo'lmoqda.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

07
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Ergasheva Xumoraxon Odiljon qizi Farg‘ona tuman adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi ish yurituvchisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

07
Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Quvasoy shahar FHDY bo‘limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida 13 yil davomida qonuniy nikohsiz yashab kelgan B. Kurbanov hamda N. Kadirovalarning nikohi qonuniy qayd etilib,  nikoh guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

03
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Quvasoy shahar adliya bo'limi tomonidan "Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida hamda "Mening mahallamda jinoyat boʼlmaydi" shiori ostida “Cho’lpon” MFY binosida “MFY yettiligi” bilan birgalikda 14 nafar ayollar, yoshlar va boshqa aholi vakillari uchun sayyor qabul hamda targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga bugungi kunda qonunchilikdagi imtiyozlar haqida yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Fuqarolar yigini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan jamiyatimizda soni ortib borayotgan "Firibgarlik-kiberjinoyat, o’grilik jinoyati" va ularning salbiy oqibatlari yoritib berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ko'rgazmali targ'ibot materiallari tarqatildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

02
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Jo‘rayeva Zarxumor Adhamjon qizi Toshloq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimiga tayinlandi
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Abdurahmonov Davronbek Nazirjon o‘g‘li O‘zbekiston tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi;
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

01
TAYINLOV

Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Qosimova Aliya Alisher qizi Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi;
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

28
Bilib oling.

1.Savol: Uzoq yillar oldin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda otalikni belgilash haqida fuqarolik ishi ko‘rilgan edi. Biroq shu ish hujjati hozirda hech qayerdan chiqmayapdi. Shuni qanday qilib tiklasam bo‘ladi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 37-bobi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash bag‘ishlangan.
Yo‘qolgan sud ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga binoan, shuningdek sudning tashabbusiga ko‘ra tiklanishi mumkin.
Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart.
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Sudning yo‘qolgan hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq ma’lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, shuningdek qanday dalillar sud tomonidan tekshirilganligi va yo‘qolgan sud ishini yuritish bo‘yicha qanday protsessual harakatlar sodir etilganligi isbotlanganligi haqidagi sudning xulosalari ko‘rsatiladi.

2.Savol: Fuqarolik sudlarida kimlar vakil bo‘lib qatnasha oladi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga asosan sud ishlarida vakillik ikki turga bo‘linadi. Qonuniy vakillik va shartnomaviy vakillik.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
Sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko‘ra, «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.

Javob berdi: fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi raisi Oripov Ulug‘bek Nazirovich