Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
Adliya_xabari

“O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunning viloyatdagi ijrosi yuzasidan vakolatli tashkilotlar rahbarlari va masʻul xodimlari ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Yigʻilishda xatlov jarayonlari reja-jadval asosida amalga oshirilib, “Eʼtirof” ATga kiritilishi hamda avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan obyektlarga masʼul davlat tashkilotlari tomonidan xulosa berish holati muhokama qilindi.
Masʻul tashkilotlarga avtomatlashtirilgan tizimga kiritilayotgan obyektlarning elektron yig'majildlari vakolatli tashkilotlar tomonidan o'z vaqtida oʻrganib chiqilmasligi, xulosalarning kechikishi hamda huquqlarni eʼtirof etish jarayonida muddat buzilishi qonun ijrosi oʻz vaqtida amalga oshmasligiga sabab bo'lishi mumkinligi tushuntirildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

11
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Fargʻona tumani adliya bolimi tomonidan tumanning "qizil" toifaga kiruvchi "Vodil","O'zbekiston","Do‘stlik", "Log‘on", "Gulpiyon" hamda "Vaziyo" MFYlarida "mahalla yettiligi" vakillari va mahalla faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Targ'ibot tadbirlari davomida qaror mazmun-mohiyati va ijrosiga qaratilgan tarqatma materiallarni barcha MFYlarga yetkazilishi taʼminlandi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

10
Adliya_xabari

"Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Fargʻona tumani adliya bolimi tomonidan tumanning "Navroz," "Toshqo'rg'onaziz", "Shohimardonobod", "Mozortagi", "Oqtom", "Bo'ston", "Xoja Axmad Vale", "Sanoat" hamda "Xosilot" MFYlarida "mahalla yettiligi" vakillari va mahalla faollari ishtirokida seminar va davra suhbatlari bo'lib o'tdi.
Mazkur seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi va qaror ijrosi yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

06
Adliya_xabari

Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Qoʻshtepa tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan "Huquqiy targʻibot kuni" doirasida tumandagi “Beshkapa”, "Istiqbol", "Qoraqushchi", "Qamishtepa", "Qiyqi", "Qumtepa", "Sohibkor" MFYlarda "Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi bo'yicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida “mahalla yettiligi” hamda MFY faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

20
Adliya_xabari

Far'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Farg'ona tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida xodimlar tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatishning yangicha yondoshuvlarini joriy etish, davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishning qulayligi yuzasidan tushuntirishlar berilish lozimligi haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari,  xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, sohaga oid  “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati,  “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti,  “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

17
Adliya_xabari

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman, shahar adliya bo‘limlari va YXKM boshliqlari uchun Rishton tumanida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda "Adliya mahalla", "Onlayn mahalla" hamda "Huquqiy mahalla" platformalaridan foydalanish, tajriba almashish va tizimda ish yuritish samaradorligini yanada oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga oid  "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish" siyosati hamda  "O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari" bo'yicha ham alohida to'xtalib o'tildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

15
Huquqiy_mahalla

  Viloyatning eksklav hududi hisoblanadigan So'x tumanida ham "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi amalda
So'x tuman adliya bo'limi tomonidan "Chashma" MFYda "Huquqiy mahalla" loyihasi bo'yicha uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.
Ma'lumot uchun: "Chashma" MFYda 628 ta xonadon bo'lib, unda jami 3615 nafar aholi istiqomat qiladi.
Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy ko'maklar berildi. Shuningdek, fuqarolar orasida eng ko'p uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimlarini tushuntirildi va mavjud muammolar platformaga kiritildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

10
“Oyning eng yaxshi xodimi”

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi
Har oyda adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib borilmoqda.
Bu safargi tanlovda 2024-yil dekabr oyining "eng yaxshi xodimi” deb, Quvasoy shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i RAXMANQULOV SHERZODJON TURSUNALIYEVICH topildi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Sh.Raxmanqulovni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

09
huquqiy_targibot_kuni

    Quva tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Toshxovuz" MFYda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri o'tkazildi.
"Toshxovuz" MFYda yashovchi fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida o'tkazilgan ushbu “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirlari davomida mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashildi.
Uyma -uy yurish orqali aholining kundalik muammolari o'rganildi hamda zarur tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

07
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!

Farg'ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi "Chavandozlik" yo'nalishida "Konstitutsiyada mudofaa va xavfsizlik masalalari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida yoshlarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizda aks etgan normalar, inson va fuqarolarning burchlari, shuningdek tashqi siyosat to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir so'ngida chaqiriluvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi