Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

13
Munosabat

Joriy yilning 12-may sanasida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Oltin vodiy" “Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida ishlaydiganlar bormi guruhda”, deb boshlanuvchi post eʼlon qilingan. Ushbu postda adliya organlari fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda masʼuliyatini oshirish kerakligi kabi fikrlar yozib qoldirilgan.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi shuni maʼlum qiladiki, o‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan postdagi xodim va murojaatchi ishtirokidagi voqelik qayerda va qachon bo‘lganligini aniqlash imkoni bo‘lmadi. Shu nuqtai nazardan, postda aytilganidek, adliya xodimi va murojaatchi ishtirokidagi voqelikning audio yozuvlari va kim bilan, qayerda, qachon bo‘lganligini boshqarmaning fuqarolarning murojaatlari yo‘lllanadigan @faradliya_bot botiga yuborishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun hamisha ochiq. Shu bilan birga, jamoatchilik  va OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlashga hamisha tayyorligini  maʼlum qilamiz.

12
Huquqiy savol va javoblar

Savol: Sud jarayonida ekspert qanday huquqlarga ega?
Javob:
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki nusxa koʼchirish; joyida koʼzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʼtkazish uchun zarur boʼlgan qoʼshimcha materiallar va tekshirish obʼektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni koʼzdan kechirish; oʼz xulosasida nafaqat oʼzining oldiga qoʼyilgan savollar boʼyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʼyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʼrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʼgʼri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʼlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʼz ona tilida xulosa taqdim etish va koʼrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudьyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʼlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza oʼtkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega. Аgar ekspert qoʼyilgan savollarni oʼzining maxsus bilimlari asosida hal qilib boʼlmasligiga yoki oʼziga taqdim etilgan tekshirish obʼektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʼldirib boʼlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʼyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʼqligi toʼgʼrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.

Javob berdi: Fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi sudyasi А.Kasimov

09
Xotira abadiy - qadr muqaddas

Xotira va qadrlash kunida Farg'onadagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi.
Farg'ona shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"da 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tantanalari doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbar va xodimlari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo'yib, o'tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

05
Huquqiy savol va javoblar

Savol: Fuqarolik ishlarida ish yuritishni tugatish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Javob: Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Аgar ish yuritish ish sudga taalluqli boʼlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni
hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʼlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʼrsatishi shart.
Ish yuritishni tugatish toʼgʼrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Javob berdi: Fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi sudyasi А.Kasimov

27
Adliya vaziri Farg'onada

Adliya vaziri A.Tashkulov Farg'ona viloyati Dang'ara tumanidagi Davlat xizmatlari markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

27
Yoshlar kuni

Narkojinoyatchilik va giyohvandlik — millat genofondiga tahdid
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Bag'dod tumanidagi 1-umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari bilan "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat davomida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularni kelajakdagi qiziqishlari va giyohvandlikni oldini olish borasida yoshlarning fikrlari tinglandi.
Bu kabi muloqotlar Prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

24
Notariuslar va sud tizimi xodimlari ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari S.Marasulov va viloyat sudi sudyasi U.Saparov tomonidan o'quv seminari tashkil etildi.
Unda, viloyatdagi barcha xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar, fuqarolik ishlari bo'yicha sudyalar, suv, gaz, elektr ta'minoti korxonalari va boshqa sohaga oid hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to'g'risidagi nizom talablariga rioya etilishi holati tanqidiy ko'rib chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

18
Yashil_makon

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
Mamlakatimizda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida boshlangan mazkur ezgu loyiha doirasida Quva tumanidagi "Karkidon" suv ombori hududida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga ajratilgan maydonga adliya xodimlari tomonidan ekilgan manzarali daraxtlarga ishlov berildi.

14
Xalokatga olib boruvchi yoʼl

Kishilik jamiyati oʼtgan koʼp ming yillik tarixi davomida ilmiy-madaniy taraqqiyotda juda katta ilmiy-madaniy meros yaratilgan. Mazkur meros bugungi kunda turli jabxalarda insonlarning ogʼirini yengil qilib, ularning munosib xayot kechirishi va yanada taraqqiy etishida asos boʼlib xizmat qilmoqda. Biroq, tarixiy taraqqiyot davomida oʼz-oʼzini xalokatga olib boruvchi, zavolga yetaklovchi shunday illatlarni ham kashf qildiki, ushbu salbiy illatlarkoʼplab insonlarning koʼra-bila turib, xalok boʼlishiga, naslining buzilishiga yetaklamoqda.
Giyohvandlikka qarshi kurash borasidagi masalaga davlat miqyosida katta eʼtibor qaratilganini, narkomaniyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganini, xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotganini alohida eʼtirof etish zarur. Аyniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash chora-tadbirlari bir necha bor kuchaytirildi.
Oʼtgan yillar davomida narkobiznesga qarshi olib borilgan ishlar mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, psixatrop vositalar oldi-sotdisini bartaraf etish samaradorligini oshirishiga olib keldi.
Аvvalo, bu kabi saʼy-harakatlarning huquqiy asosini mustahkamlash uchun qator normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʼgʼrisida”gi hamda BMT konventsiyalarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi tuzildi. Uning 2011 yil 8 iyundagi qarori bilan Narkotik moddalarning suisteʼmoli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boʼyicha 2011-2015 yillarga moʼljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Oʼzbekistonning bu yoʼnalishdagi asosiy tanlagan yoʼli transmilliy uyushgan jinoiy guruhlar narkotik vositalarni kontrabanda qilish uchun respublika hududidan foydalanishining oldini olish, giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatish, giyohvandlik vostalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish samaradorligini taʼminlash, giyohvandlikka chalingan bemorlarga kafolatli tibbiy yordam koʼrsatish, shuningdek, bu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
“Giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar toʼgʼrisida”gi Qonun 2000 yil yanvaridan amalga kiritilishi bilan inson aql idrokiga taʼsir etuvchi moddalarni isteʼmol qiluvchi shaxslarga nisbatan munosabat oʼzgarib, insoniylik tamoyillari kuchaytirildi. Giyohvandlikka chalingan bemorlarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʼrsatilmoqda. Ushbu qonun bilan giyohvandlikka qarshi kurashda bu illatning profilaktikasini taʼminlash choralari belgilandi. Qonunda butun davlat va jamoat tashkilotlarining giyohvandlikka qarshi kurashishi majburiyligi belgilanishi bilan birga, narkotik moddalarni propaganda qilish mutlaqo taqiqlandi.
Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositasining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilangan. Jinoyat qonunchiligida bu jinoyatlarga, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni jalb qilishiga alohida hol deb qaraladi. Аyrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik oʼrnatilgan. Jinoyat qonunchiligidan tashqari yana bir qator qonunlarimiz ham giyohvandlikka qarshi qaratilgandir.
Bulardan tashqari, respublikamiz qonunlarida salbiy holatlar, gʼayriqonuniy ishlar va jamoat uchun xavfli harakatlarga qarshi tarbiyaviy vositalarni qoʼllash kabi tadbirlar belgilangan.
Giyohvandlikka odatda, ruhan zaif, irodasi boʼsh, birovlarga taqlid qilishga moyil, oʼta xudbin kishilar beriluvchan boʼladi. Bunday shaxslar oʼz moyilliklariga qarshi kurasholmaydilar. Bora bora organizmdagi moyillik “mutlaq gʼolib” ga aylanadi. Аvval tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira susayishi kabi ruhiy oʼzgarishlar, keyinchalik terlash, yurakning notekis urishi, tanglayning quruqshashi, ozish, qoʼl-oyoqda titroq paydo boʼlishi, rang siniqishi, koʼz qorachigʼining kengayishi kabi jismoniy oʼzgarishlar roʼy beradi. Bangilik odamni majruh qilib qoʼyadi.
Endi u navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashlikdan toymaydi. Sotqinlik, aldash, oʼgʼrilik uning kundalik yumushiga aylanadi. Maʼlum vaqt oʼtgach, narkotik doza bangi organizmiga “hokim”lik qila boshlaydi. Bu davrda narkotik modda dozasining ozgina oshirilishi bemorning oʼlimiga sabab boʼlishi mumkin. Qattiq nazorat ostida davolanilmasa, narkomanning hayoti xavf ostida qolishi mumkin.
Taʼkidlash lozimki, yoshlar tarbiyasi sohasidagi muammolarni qanchalik tez hal qila olsak, bu illatga qarshi samarali kurasha olamiz. Buning uchun har bir kishida ijtimoiy burch tuygʼusini tarbiyalash kerak. Bundan tashqari, bugun barcha illatlarga qarshi ayovsiz kurash ketayotganda jazolashni asosiy chora deb qaramasdan, profilaktika, yaʼni illatlarning oldini olishga koʼproq eʼtibor bermoq zarur. Jamiyatimizdagi har bir muvaffaqiyatga, har bir salbiy hodisaga barcha birdek javobgardir.
Shu oʼrinda bir mulohaza tugʼiladi. Baʼzi bir odamlar giyohvandlikka qarshi kurash huquqni muhofaza qilish organlarining vazifasi deb tushunadi. Davlatimiz tomonidan narkomaniyaga qarshi kurashishga oid topshiriqlar bundan keyin ham ushbu organlar tomonidan aniq va birday bajarilishiga shubha yoʼq. Lekin keng jamoatchilik, yoshidan, millatidan, ijtimoiy ahvolidan qatʼiy nazar, bir fikrni yaxshi anglab olishi shart. Insonlar “farzandim narkotik moddalar savdosi bilan shugʼullanmasa, uni isteʼmol qilmasa bas, bu balo menga va yaqinlarimga xavf sololmaydi” deb oʼylasa, katta xatoga yoʼl qoʼyadi. Chunki, farzandlar har qancha yaxshi tarbiyalanmasin, barkamol boʼlmasin, maktab-kollejdami, mahalladami, kafe-bardami yoki ish joyidami shu illatga chalinganlar uni ham narkomaniya domiga tortishi hech gap emas.

Jinoyat ishlari boʼyicha Soʼx tuman sudining tergov sudьyasi B.Yuldashev
Jinoyat ishlari bщyicha Uchkoʼprik tuman sudining tergov sudьyasi E.Ortiqov

10
Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Rishton tumani va Marg'ilon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan suhbatlashildi.
Suhbat davomida, notariuslarning Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmon ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni amalga oshirishda banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimining afzalliklari va amaliyotdagi jarayonlari tanishilib, muhim vazifalar belgilab olindi.
Fuqarolarga naqdsiz hisob-kitoblarning afzalliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.