Yangiliklar
“Adolat sayli”ga marhamat!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil 25-iyun kuni Qo'qon shahar O'rda maydonida “Adolat sayli” tashkil etiladi.
Sayil davomida aholi va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar, ochiq muloqotlar hamda sayyor qabullar tashkil etiladi.
Shuningdek, sayilda:
Bepul huquqiy maslahatlar
Sayyor davlat xizmatlari
FHDY va notarial xizmatlar bo‘yicha maslahatlar
“Madad” NNT ko‘magi
Intellektual mulk bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Sayyor qabullar
Turli ko'ngilochar madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan murojaatlar qabul qilinib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy yechimlar va zarur tavsiyalar beriladi.
Sana: 2026-yil 25-iyun
Vaqti: 09:00–12:00
Manzil: Qo'qon shahar, O'rda maydoni
Farg'ona viloyati aholisini ushbu huquqiy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Qo'qon shahar musiqali drama teatrida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
????Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar, ijodkorlar va mutaxassislar ishtirokida mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uygʻotish va yanada rivojlantirish maqsadida mazkur uchrashuv tashkil etildi.
????Uchrashuvda ishtirokchilarga mualliflik nima, uni qanday himoya qilish kerak, asardan qanday doimiy daromad topish mumkin, plagiatga qarshi kurashish hamda plagiatning huquqiy oqibatlari, mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari batafsil ma'lumotlar berildi.
????Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilganligi, endilikda mualliflik va turdosh huquqlarni nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Aholi va keng jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni so‘rovnoma o‘tkazildi.
Davlat tashkiloti tomonidan har yili ikki marta (yarim yillik asosda) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilishi lozim: tashkilot faoliyatida korrupsiya xavfi bo‘yicha jamoatchilik fikri; aholining ishonch darajasi; xabar berish imkoniyati, xodimlarning odob-axloq darajasi, xizmatlar sifati; korrupsiyaning oldini olish choralari samaradorligi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilangan.
Mazkur so‘rovnomada viloyatning jami 1000 dan ortiq fuqarosi faol qatnashgan bo‘lib, so‘rovnoma yakuniga ko‘ra fuqarolarning adliya boshqarmasi faoliyatidan mamnun ekanligi, sohada korrupsiyaviy omillar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Tadbirkorlar murojaatlari e’tibor markazida: Quvasoyda tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Quvasoy shahrida tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Unda viloyat va shahar tashkilotlari rahbarlari hamda o‘z murojaat va takliflari bilan qatnashgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.
Xususan, Farg‘ona texnika universiteti talaba-yoshlari bilan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ochiq va samimiy muloqot yo‘lga qo‘yildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Huquqiy bilimli yoshlar — yurt kelajagining poydevori
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda Farg‘ona davlat universitetining "Qonun qalqonlari" huquqiy targ‘ibot guruhi volontyorlari hamkorligida Marg‘ilon shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiylik maktabida (IDUM) o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mehnat, jinoyat va ekologiya huquqi yo‘nalishlarida o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, yuqori bilim va ko‘nikmalarini namoyon etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Savol: Fuqarolik ishlarida sud harajatlarini taraflar oʼrtasida taqsimlash tartibi kanday?
Javob:
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʼlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini toʼlashdan ozod etilgan boʼlsa-da, ish boʼyicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Аgar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan boʼlsa, ushbu moddada koʼrsatilgan summalar javobgardan daʼvogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʼng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Аgar daʼvogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan boʼlsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʼlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Davlat bojini toʼlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʼzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʼzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. Аgar yuqori turuvchi instantsiya sudi ishlarni yangidan koʼrib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini oʼzgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha oʼzgartiradi.
Javob berdi: Fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi sudyasi K.Ismoilov
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qo'qon shahridagi "To'xlimergan" MFYda aholi muammolarini o'rganish va ularning huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda
Beshariq tuman FHDY bo‘limida tuman hokimligi oila va xotin qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "15-may-Xalqaro oila kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman Nuroniylar jamgarmasi, mahalla fuqarolar yigini faollari, yosh oila quruvchilar va 50 dan ziyod namunali oila vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida oila muqaddasligi, bugungi kunga shukuronalik, oila ilmi to'grisida yoshlarga aytib o'tildi.
Shuningdek oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlash, oila ostonasiga qadam qo'yayogan yoshlarni oilaga tayyorlash, erta turmush va erta nikohni oldini olish yuzasidan yoshlarga pand-nasihatlar va tushunchalar berildi.
Tadbirda uzoq yillar tinch oila bo‘lib yashab kelayotgan oilalar namuna qilib kursatildi.
Savol: Fuqarolik sudida prokuror qanday turdagi ishlarda ishtirok etadi?
Javob:
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bogʼliq ishlarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʼzgʼatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qoʼzgʼatilgan ishning muhokamasida oʼz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas. Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Аgar fuqaro sogʼligʼining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʼra sudda oʼz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʼlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʼrinbosarlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʼrinbosarlari taqdim etadi.
Javob berdi: Fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi sudyasi K.Ismoilov