Yangiliklar
"2025-yil davomida eng samarali faoliyat ko'rsatgan adlliya bo'limi (DXM,FHDY,YXKM)" tanlovi yakuniga ko'ra BESHARIQ TUMAN ADLIYA BO'LIMI g'oliblikni qo'lga kiritdi
G'alaba muborak Beshariqliklar! Sizlar haqiqiy mahorat va iroda namoyish etdingiz. Ushbu muvaffaqiyat yangi marralar sari poydevor bo'lsin!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo'limlari jamoasi nomidan g'olib jamoani samimiy muborakbod etamiz!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Savol: Sud buyrug’ini berish bo’yicha talablar qaysilar?
Javob:
Sud buyrug’ini berish bo’yicha talablar quyidagilar:
1) Talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo’lsa;
2) Talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo’lsa;
3) Kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari bo’yicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
4) Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to’g’risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog’liq bo’lmagan talab arz qilingan bo’lsa;
5) Hisoblangan, lekin xodimga to’lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to’lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo’lsa;
6) Fuqorolardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdirlikni undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
7) Ijara shartnomasida belgilangan ijara to’lovlari muddatida to’lanmaganligi sababli ushbu to’lovlarni undirish to’risida talab arz qilingan bo’lsa;
8) Ko’p kvartirali uyning joylari mulkdorlardan majburiy badallar va to’lovlarni undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
9) Yozma bitim mavjud bo’lgan taqdirda, unduruvni qarzdorlikning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo’lgan ko’char mol-mulkka qaratish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa.
Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov
Savol: Da’voning baxosi o’zgartirilganda davlat bojini hisoblash tartibi qanday?
Javob:
To’langan davlat boji da’vogar o’z talablari kamaytirgan, arz qilingan talablardan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan xollarda kamaytirilmaydi.
Arz qilingan talablar ko’paytirilganda yetishmayotgan summa da’voning ko’paytirilgan baxosiga muvofiq ravishda qo’shimcha tarzda to’lanadi.
Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan har yili 9-fevral kuni yurtimizda keng nishonlanib, adabiy-ma’rifiy tadbirlar, mushoiralar o‘tkaziladi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, uning siymosiga hurmat ko'rsatildi.
Darhaqiqat, ulug' bobomiz xotirasini e’zozlash, uning ijodiy merosini o‘rganish, kelgusi avlodlarga yetkazish har birimizning oliy vazifamizdir.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Giyohvandlikka qarshi kurash — ustuvor vazifa
Joriy yilning fevral oyida mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur oylik doirasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi vakillari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda shahar va tuman adliya bo'limi rahbarlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdilar.
Seminar davomida aholi va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Farg'onada 5169 nafar fuqaroning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e’tirof etildi
Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 780 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi va qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar jami 5169 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
Shuningdek, sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Omonovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati, shuningdek, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonun yuzasidan adliya organlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.
Savol: Sudda vakillik qilish mumkin bo’lmagan shaxslar kimlar?
Javob:
Quydagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1) Voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunda belgilangan hollar bundan mustasno;
2) Vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3) Sudyalar, prokurorlar, surushturuvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar,farzandlikka olganlar, vasiylik , homiylik) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokratura, surishtiruv, va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar bundan mustasno;
4) Manfaatli vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo’lgan shaxslarga huquqiy yordam ko’rsatayotgan yoki ilgari yordam ko’rsatgan shaxslar;
5) Shu nizo bilan bog’liq mediatsiya tartib-tamoillarini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o’zaro rozilik bo’lgan xollar mustasno;
6) Sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo’lgan shaxslar.
Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov
O'quvchilarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda
Uchkoʻprik tumani adliya bo'limi YXKM xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy sohadagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida tumandagi 11-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan "Huquq sinfi"da dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur dars davomida o'quvchilarga Konstitutsiyaviy huquq va burchlar, taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi, shuningdek maʼnaviy hamda psixologik zoʻravonlikka qarshi immunitetni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Adliya aralashuvi bilan xodim foydasiga 97 mln soʻm undirib berildi
Farg'ona viloyati, Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida kiritilgan da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan to'liq qanoatlantirildi.
Qisqa tafsilot shuki, Toshloq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining AKTni joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha uslubchisi lavozimida ishlovchi Sh.U.ga 2024-yil aprel oyidan buyon belgilangan tartibdagi 100 foizli ustama to'lanmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-son Farmonining 7-bandiga koʻra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga masʼul xodimlariga lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama berilishi shart.
Adliya boʻlimi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga tayanib, ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻliq hajmda toʻlashi shartligini sudda asoslab berdi.
Natijada sud qarori bilan javobgar tashkilot zimmasiga jami 97 million so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama va pullik kompensatsiya to'lovlarini undirish majburiyati yuklatildi.
Savol: Sud qaysi hollarda ish yuritishni to’xtatib turishi kerak?
Javob:
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to’xtab turishi shart:
1) Ishda taraflar bo’lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo’l qo’ymasa yoki ishda taraf bo’lgan yuridikmshaxs qayta tashkil etilganda;
2) Fuqaro(taraf) muomala layoqatini yo’qatganda;
3) Javobgar- fuqaro O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo’lganda yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar – fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojat etganda;
4) Mazkur ishni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqorolik ishlari bo’yicha sudi, jinoyat ishlari bo’yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko’rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, tergoz olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinginga qadar ko’rish imkoni bo’lmaganda;
5) Taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to’g’risidagi yoki uning ijrosini to’tatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
6) Mediatsiya tartib-tamoilini amalga oshirish to’g’risida kelishuv tuzilganda
Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov