Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.02.2022

FARG‘ONA VILOYАT ADLIYА BOSНQARMASI QUYIDAGI BO‘SН ISН O‘RINLARIGA TANLOV O‘TKAZILISНI HAQIDA E’LON QILADI:

  
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlar:
               Bo‘lim nomi                              Lavozim nomi          Vakant soni
1    Farg‘ona shahar adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi    1
2    Yozyovon tuman adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi    1
3    Furqat tuman adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi            1
4    Qo`shtepa tuman adliya bo‘limi    Bosh maslahatchi            1
5    Qo`shtepa tuman adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi    1
6    So`x tuman adliya bo‘limi    Bosh maslahatchi                    1
7    Toshloq tuman adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi            1
8    Farg`ona tuman adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi            1
9    Farg`ona tuman adliya bo‘limi    Katta maslahatchi                    1
10    Dang`ara tuman adliya bo‘limi    Yetakchi maslahatchi    1

                                Rasmiy talablar:
•    Yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
•    davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

Murojaat muddati va manzil:
•     nomzodlar 2022 yil 26 fevralga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro`yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali yuborishlari so‘raladi.
•     shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’yektivka),
•     diplom (diplomdan ko`chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
•     3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;
•     fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;
•     Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: 73-226-33-96
•    Tanlov Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi binosida o‘tkaziladi (manzil: Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 18-uy).
•     Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
•    Savollar ro‘yxati bilan (https://fargona.adliya.uz/fargona/uz/) havola orqali tashishingiz mumkin.
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш