Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining

2024-yil 20-yanvardagi

13-um-son buyrugʻiga ilova

Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarining

NIZOMLARI

Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasining Rejalashtirish

va nazorat-tahlil shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Rejalashtirish va nazorat-tahlil shu’basi (shu’ba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shu’ba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, vazirlikning topshiriq va reglamentlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, hayʼat qarorlariga, boshqarmaning buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Shu’baning asosiy vazifasi:

Boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, shu jumladan DXM, YXKM va FHDY organlari tizimida ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

ijro intizomini mustahkamlash va nazoratni olib borish;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni koʻrib chiqishni nazorat qilish, boshqarma binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish;

boshqarma ish rejalarini tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish;

Boshqarma Hayʼati majlislari, rahbariyat huzurida oʻtkaziladigan tezkor majlislarni oʻtkazilishini taʼminlash;

Boshqarma tarkibiy tuzilmalari faoliyatini samaradorligini baholash ishlarini tashkil qilish;

Boshqarma tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

4. Shu’ba oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Boshqarma tizimida ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarni faqat devonxona tomonidan qabul qilinishini taʼminlaydi, roʻyxatga oladi, ularni boshqarma markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga qarab taqsimlaydi, masʼul ijrochilarga yetkazadi;

ish yuritish boʻyicha boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va muassasalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi, markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari ish yurituvi faoliyatini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularni yuritilishini nazorat qiladi;

boshqarma tarkibiy shuʼbalari tomonidan tayyorlangan hujjatlarni koʻrsatilgan manzillarga joʻnatadi;

ijro uchun yuboriladigan topshiriq, tanbeh, koʻrsatma xatlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va asoslarini ishlab chiqadi, ushbu tartibga rioya qilinishini adliya boʻlimlari va muassasalaridan talab qiladi;

bir xil masala yuzasidan takroriy topshiriq xatlarining chiqib ketishini oldini olish maqsadida, boshqarma tomonidan adliya boʻlimlari va muassasalariga yuboriladigan doimiy topshiriq xatlar va koʻrsatmalar loyihalarini rahbariyatga imzoga kirishdan oldin koʻrib chiqadi;

boshqarma tomonidan oʻz tashabbusi bilan yuqori turuvchi idoralarga tayyorlanayotgan hujjatlarning sifatli va benuqson boʻlishini taʼminlaydi, boshqarmadan maʼlumotlarning belgilangan tartibga rioya etilmagan holda chiqishini oldini oladi, xat va hujjatlardagi fakt va raqamlarni, shuningdek boshqa maʼlumotlarning asosliligini tekshiradi;

har chorak davomida boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarning ijrosi yuzasidan umumlashtirishlar tayyorlaydi;

boshqarmaning idoraviy arxivlari faoliyatini arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida olib borilishini taʼminlaydi;

“Oʻzarxiv” hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda arxivda hujjatlarni hisobga olinishini tashkil etadi, ularni saqlaydi, hujjatlarni ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan oʻtkazadi va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;

adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tatbiq etadi;

adliya organlari va muassasalarining nizomlari va boshqa boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqilishini tashkillashtiradi.

2) ijro intizomini mustahkamlash va nazoratni olib borish boʻyicha:

Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasidan ijro uchun kelgan topshiriqlar, shuningdek rahbariyat tomonidan nazoratga olingan hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;

yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini toʻliq va belgilangan muddatlarda taʼminlash maqsadida har bir band, masʼul ijrochi va ijro etish muddati alohida koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, uning ijrosini taʼminlashni masʼul ijrochilardan talab qiladi, tekshiradi, tahlil qiladi va rahbariyatga axborot beradi;

hujjatlarning ijro etilishi ahvoli yuzasidan rahbariyatga axborot taqdim etib boradi va ijrosi taʼminlangan hujjatlarni nazoratdan oladi, ularning muddatlarini uzaytiradi yoki doimiy nazoratga olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

rahbariyat topshirigʻiga koʻra ijro va mehnat intizomi ahvoli yuzasidan tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ishtirokida tezkor yigʻilish oʻtkazadi va natijasi boʻyicha rahbariyatga axborot taqdim etib boradi;

3) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni koʻrib chiqishni nazorat qilish, boshqarma binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish boʻyicha:

boshqarmada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlarni tashkillashtiradi, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni oʻz muddatida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi;

rahbariyat tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan boshliq va uning oʻrinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning shaxsiy va sayyor qabul qilinishini tashkil etadi va tegishli tartibda ularning hisobini yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ularning turi va sohasi boʻyicha umumlashtiradi hamda tahlil qiladi;

boshqarma hamda adliya boʻlimlarining murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini oʻrganadi, tahlil qiladi, bu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni umumlashtiradi va rahbariyatga kiritadi;

har haftada kamida bir marotaba boshqarma rahbariyatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tegishli maʼlumot taqdim etib boradi;

boshqarma binosiga kirish-chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada belgilangan tartibda boshqarma binosiga fuqarolarning kirish-chiqishlarini tashkil qiladi va nazorat qiladi;

4) Boshqarma ish rejalarini tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish boʻyicha:

Boshqarmaning birinchi va ikkinchi yarim yillik uchun ish rejalarini, shuningdek vazirlikning birinchi, ikkinchi yarim yillik ish rejalari ijrosini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi hamda ish reja loyihalarini tayyorlaydi, ularni tegishliligi boʻyicha boshqarma Hayʼati majlisining muhokamasiga va boshliq tasdigʻiga taqdim etadi, yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriq va koʻrsatmalarga asosan boshqarma ish rejalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;

ish rejada belgilangan soha faoliyatini kompleks tekshirish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ish rejada belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan masʼul ijrochilardan maʼlumotlar talab qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqida axborot beradi;

ish reja ijrosi yuzasidan boshqarma rahbariyati huzurida tezkor yigʻilish oʻtkazilishini tashkillashtiradi, ijro ahvoli yuzasidan batafsil, tahliliy materiallar tayyorlaydi;

5) Hayʼat majlislari va rahbariyat huzurida oʻtkaziladigan tezkor majlislarni oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha:

Hayʼat majlisida koʻriladigan sohalarning faoliyati, oʻtkazilgan kompleks va ijro intizomiga oid tekshirishlar yuzasidan boʻlib oʻtadigan majlislarga hujjatlar tayyorlaydi;

Hayʼat majlisida sohaviy yoʻnalishlar boʻyicha kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallarni tegishli boshqarmalardan talab qilib oladi, oʻrganadi, zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qilinishini talab qiladi;

Hayʼat majlisi oʻtkazilishini taʼminlaydi;

qabul qilingan Hayʼat qarorlari, vazir buyruqlari va yigʻilish bayonlarining oʻz vaqtida tegishli ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi, belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan masʼul ijrochilardan maʼlumotlar talab qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqda axborot beradi;

Hayʼat qarorida belgilangan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbir rejasini ishlab chiqadi, ijrosini nazorat qiladi va umumlashtiradi;

Hayʼat ish faoliyatini tartibga solish boʻyicha boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqadi;

rahbariyat huzurida tezkor yigʻilishlarni oʻtkazadi, natijasi boʻyicha tasdiqlangan bayonlarning ijrosini nazorat qiladi;

6) Faoliyat samaradorligini baholash ishlarini tashkil qilish boʻyicha:

Boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, shu jumladan DXM, FHDY va YXKM faoliyatini samaradorligini oʻrganadi, muvofiqlashtiradi, koʻrsatmalar beradi;

sohalar boʻyicha samaradorligini baholash boʻyicha koʻrsatkichlarni erishilishi boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va yakuniy natijalarni rahbariyatga taqdim qiladi;

7) Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash sohasida:

statistik hisobot va birlamchi hisobga olish hujjatlarining shakllarini ishlab chiqadi;

statistik hisobotlarda aniqlangan chalkashlik, xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻradi, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarni javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish uchun rahbariyatga taqdim etadi;

statistik hisobotlarni umumlashtirish asosida tahliliy maʼlumotlar, toʻplamlar, solishtirma jadvallar tayyorlaydi, natijalari yuzasidan adliya organlari va muassasalarining faoliyat yoʻnalishlarini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha zarur takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Shu’ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Shu’ba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi, faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot tadbirlarni amalga oshiradi.

6. Shu’ba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shu’ba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shu’ba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shu’ba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shu’ba boshligʻi:

Shu’ba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, shu’ba ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shu’baga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shu’ba xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shu’ba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;

ish reja ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq shu’bada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, rahbarlar ishtirokida muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Rahbariyatga xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;

Xodimlardan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

Boshqarma, shu jumladan adliya boʻlimlari faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun barcha xodimlari ishtirokida muntazam ravishda tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

10. Rahbariyat topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shu’ba quyidagi yoʻnalish boʻyicha ish yurituviga taalluqli:

1) Monitoring va tahlillarni amalga oshirish boʻyicha:

yoʻl xaritalari, ish reja ijrosini tahlil qilib boradi;

xodimlarning faoliyat samaradorligi (KPI)ni monitoring qilib boradi;

vazifa va funksiyalar bajarilishi jarayonini xronometraj qilib, ularni yanada soddalashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqadi;

soha faoliyatlarini, shu jumladan adliya boʻlimlari faoliyatida onlayn tartibda davriy kompleks oʻrganishlarni oʻtkazadi;

statistik hisobotlarni toʻgʻri shakllanib borishini monitoring va nazorat qiladi;

hayʼat majlisi uchun materiallarni doimiy shakllanib borishini taʼminlaydi;

2) Strategik rejalashtirishni amalga oshirish boʻyicha:

vazirlik strategiyasi, uning ijrosi yuzasidan yoʻl xaritasi va har bir xodim kesimida vazifalar taqsimoti ishlab chiqilishini taʼminlaydi;

takliflar asosida boshshqarma ish rejasini ishlab chiqadi;

faoliyatdagi tizimli muammolar tahlilidan kelib chiqib, dastlabki prognoz va ularni bartaraf etish chora-tadbirini ishlab chiqadi;

“smartoffice” elektron tizimi orqali avtomatik aniqlanadigan oyning
eng yaxshi xodimini eʼlon qilib boradi;

“Smartoffice” elektron tizimi orqali baholanadigan KPI natijalariga koʻra xodimlarning oylik ustamalari yuzasidan taklif kiritadi;

3) Ijro nazorati boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradi:

Vazirlik, boshqarma topshiriqlari asosida vazirlikka bevosita topshiriq mavjud boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasidan ijro uchun kelgan topshiriqlar, shuningdek rahbariyat tomonidan “nazorat”ga olingan hujjatlarning ijro etilishini nazorat qiladi;

yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini toʻliq va belgilangan muddatlarda taʼminlash maqsadida har bir band, masʼul ijrochi va ijro etish muddati alohida koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, uning ijrosini taʼminlashni masʼul ijrochilardan talab qiladi, tekshiradi, tahlil qiladi va rahbariyatga axborot beradi;

hujjatlarning ijro etilishi ahvoli yuzasidan rahbariyatga axborot taqdim etib boradi va ijrosi taʼminlangan hujjatlarni nazoratdan oladi, ularning muddatlarini uzaytiradi yoki doimiy nazoratga olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

rahbariyat topshirigʻiga koʻra ijro intizomi ahvoli yuzasidan tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazadi va natijasi boʻyicha rahbariyatga axborot taqdim etib boradi;

4) Devonxona tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

Boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarni faqat devonxona tomonidan qabul qilinishini taʼminlaydi, roʻyxatga oladi, ularni shuʼbalar vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga qarab taqsimlaydi, masʼul ijrochilarga yetkazadi;

ish yuritish boʻyicha adliya organlari va muassasalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi, boshqarma, adliya boʻlimlari ish yurituvchi-kotiblarining faoliyatini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularni yuritilishini nazorat qiladi;

boshqarma tomonidan joʻnatish uchun tayyorlangan hujjatlarni koʻrsatilgan manzillarga joʻnatadi;

boshqarmadan ketayotgan ichki hujjatlarga maxsus raqam berilishini tartibga soladi va maxsus raqam bilan roʻyxatga olingan hujjatning bir nusxasini tegishli boshqarma tomonidan devonxonaga topshirilishini taʼminlaydi;

ijro uchun yuboriladigan topshiriq, tanbeh, koʻrsatma xatlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va asoslarini ishlab chiqadi, ushbu tartibga rioya qilinishini shu’ba, adliya boʻlimlari va sohalardan talab qiladi;

bir xil masala yuzasidan takroriy topshiriq xatlarining chiqib ketishini oldini olish maqsadida, yuboriladigan doimiy topshiriq xatlar va koʻrsatmalar loyihalarini rahbariyatga imzoga kirishdan oldin koʻrib chiqadi;

shu’ba oʻz tashabbusi bilan yuqori turuvchi idoralarga tayyorlanayotgan hujjatlarning sifatli va benuqson boʻlishini taʼminlaydi, boshqarmadan turli xil maʼlumotlarning belgilangan tartibga rioya etilmagan holda chiqishini oldini oladi, xat va hujjatlardagi fakt va raqamlarni, shuningdek boshqa maʼlumotlarning asosliligini tekshiradi;

har chorak davomida boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarning ijrosi yuzasidan umumlashtirishlar tayyorlaydi;

idoraviy arxiv faoliyatini arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida olib borilishini taʼminlaydi;

“Oʻzarxiv” hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda arxivda hujjatlarni hisobga olinishini tashkil etadi, ularni saqlaydi, hujjatlarni ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan oʻtkazadi va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;

huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tatbiq etadi;

5) Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha:

Boshqarma hamda adliya boʻlimlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlarni tashkillashtiradi, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni oʻz muddatida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi;

rahbariyat tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan boshliq va uning oʻrinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning shaxsiy va sayyor qabul qilinishini tashkil etadi va tegishli tartibda ularning hisobini yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ularning turi va sohasi boʻyicha umumlashtiradi hamda tahlil qiladi;

murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini oʻrganadi, tahlil qiladi, bu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni umumlashtiradi va rahbariyatiga kiritadi;

har haftada kamida bir marotaba rahbariyatga murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tegishli maʼlumot taqdim etib boradi;

Binoga kirish-chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada belgilangan tartib boʻyicha boshqarma binosiga fuqarolarning kirish-chiqishlarini tashkil qiladi va nazorat qiladi.

12. Shu’ba xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

13. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar
yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun Shu’ba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat Inson resurslari shu’basi to‘gʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Inson resurslari shu’basi (shu’ba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shu’ba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, vazirlikning topshiriq va reglamentlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, hayʼat qarorlariga, boshqarmaning buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Shu’baning asosiy vazifasi:

Malakaliy kadr bilan taʼminlash hamda ularni qidirish, tanlash, ishga jalb qilish;

Kadrlar ishi va ularning zaxira hisobini yuritish, xodimlarining shaxsiy sifat hamda ishchanlik qobiliyatlarini har tomonlama oʻrganish hamda adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini baholash;

xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini oshirish hamda doimiy nazoratini taʼminlash;

Xodimlar malakasini oshirish;

“MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimini orqali mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish;

Xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish hamda ishchanlik koeffisentini oshirib borish hisoblanadi.

4. Shu’ba oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Malakali kadr bilan taʼminlash hamda ularni qidirish, tanlash, ishga jalb qilish sohasida:

rahbarlar bilan hamkorlikda bilimli, axloq meʼyorlariga mos keladigan, vijdonli va malakali, yuksak maʼnaviy fazilatlarga ega kadrlarni qidirish, tanlash, ishga jalb qilish va lavozimlarga tayinlashni taʼminlaydi;

tizimga malakaliy kadrlarni jalb etishga yoʻnaltirilgan rekrutmentning yangi usullarini (onlayn rekrutment, aktiv hedxanting) joriy etadi;

tegishli taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini oʻrganish asosida tanlaydi;

boshqarma hamda adliya boʻlimlari kadrlarining tarkibi va harakati hisobini yuritadi;

boshqarmaning mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini mavjud vazifa, strategiya, shuningdek, mehnat bozoridagi oʻzgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturalarga mos ravishda qanoatlantirish choralarini koʻradi;

kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari ular oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga oid choralar koʻradi;

malakali xodimlarga boʻlgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;

2) Kadrlar ishi va ularning zaxira hisobini yuritish, xodimlarining shaxsiy sifat hamda ishchanlik qobiliyatlarini har tomonlama oʻrganish hamda adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini baholash sohasida:

kadrlar ishini yuritadi hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi, kadrlar zaxirasiga malakali xodimlarni tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, zaruratga koʻra, stajirovkadan oʻtishini taʼminlaydi hamda ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;

xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qiladi;

kadrlar hisobini yuritish tizimini tashkil etadi, kadrlar tarkibi va harakati boʻyicha hisobotlar tuzadi va tahlil qiladi;

3) Adliya organlari va muassasalari xodimlarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini oshirish hamda doimiy nazoratini taʼminlash sohasida:

xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish hamda amal qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish;

xodimlarni oʻz xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qiladi;

xodimlarni mehnat intizomi va adliya organlari va muassasalarining kasb etikasi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib boradi, mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona oʻrganib chiqadi;

xodimlarning noqonuniy harakatlari ustidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ushbu masalalar boʻyicha murojaatlarning har tomonlama xolisona koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

4) Xodimlar malakasini oshirish sohasida:

zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda adliya organlari va muassasalarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish orqali har bir xodimning adliya organlari va muassasalari oldida turgan vazifalarga erishishda ishtirok etishini taʼminlash va ularning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashadi;

muntazam asosda kadrlarning professionallik darajasini oshirishni, bunda yurtimizning sohaga oid yetakchi va yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda ularning uzluksiz taʼlim olishini, shu jumladan xorijda tashkil etadi;

boshqarmaning kadrlar ishi, huquqshunoslar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shu jumladan ushbu sohaga oid takliflani ishlab chiqishda ishtirok etadi;

5) “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimini orqali mehnat munosabatlariga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida:

“MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimi orqali mehnat munosabatlariga oid maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlashni taʼminlab boradi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xodimlarni ishga qabul qilish va ularni joy-joyiga qoʻyish jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etilishini tanlovlarda ishtirok etish orqali taʼminlab boradi;

6) Xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish hamda ishchanlik koeffisentini oshirib borish sohasida:

“Eng yaxshi adliya xodimi” yoki boshqa mazmunda koʻrik-tanlovlar va konkurslarni oʻtkazishni tashkil etadi va oʻtkazilishida ishtirok etadi;

xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi;

xodimlarning moddiy va ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;

xodimlarga maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalarini berish va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi toʻlab borish ishlarini muvofiqlashtiradi;

xodimlarga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalarni oʻz vaqtida berilishini taʼminlash va ularning saqlanishini taʼminlaydi;

adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun mansab pogʻonalaridan koʻtarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va koʻnikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratadi;

kadrlar malakasini oshirish tizimidagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, mehnat bozorida ishchi kuchining rivojlanish tendensiyalarini va unga qoʻyiladigan sifat va miqdoriy talablarni oʻz vaqtida aniqlash, shuningdek, xodimlar nuqtayi nazaridan ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash hamda moddiy va nomoddiy ragʻbatlantirishning toʻgʻri tizimini yaratishga qaratilgan kadrlar marketingi tizimini joriy etadi;

xodimlarning professionalligini, sezgirligini va yangiliklarga moslashishiga qaratilgan jamoani ijtimoiy rivojlantirish (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar) yuzasidan choralar koʻradi;

xodimlarni sport va koʻngilochar tadbirlarga, sport kunlarini tashkil etishga keng jalb qilish boʻyicha tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;

shu’ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Shu’ba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Shu’ba faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

Shu’ba faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha xulosalar tayyorlaydi.

6. Shu’ba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Shu’ba qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shu’ba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shu’ba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shu’ba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shu’ba boshligʻi:

Shu’ba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shu’ba yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shu’ba xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shu’ba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shu’baning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shu’ba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

Shu’bada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda rahbarga takliflar taqdim etadi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻradi, kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlari loyihalarini tayyorlaydi;

adliya boʻlimlari xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq shu’bada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

Shu’bada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;

xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;

xodimlardan mehnat intizomini buzganlik, vazifalarni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

soha faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun barcha xodimlar ishtirokida muntazam ravishda tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Rahbariyat topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shu’ba xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan, tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shu’ba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyatining Moliya-iqtisod shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Moliya-iqtisod shu’basi (shu’ba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shu’ba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, vazirlikning topshiriq va reglamentlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, hayʼat qarorlariga, boshqarmaning buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Shu’baning vazifalari va funksiyalari:

Boshqarma, shuningdek hududiy adliya boʻlimlarida (DXM, FHDY, YXKM) moliya-iqtisod sohasida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va nazorat qilish;

byudjet hisobi yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlarni shakllantirilishini oʻrganish orqali byudjet intizomini mustahkamlaydi;

moliya-iqtisod sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

boshqarmani belgilangan tartibda moliyalashtirish;

Shu’ba ish rejalar loyihalarini tayyorlash va uning ijrosini nazorat qilish, maʼlumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va bu haqda rahbariyatga axborot kiritish;

xodimlar mehnatiga haq toʻlash shakli va tizimini qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi;

“Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlaydi;

xizmat safarlari boʻyicha xodimlarning respublika ichida va tashqarisidagi xizmat safarlari boʻyicha moliyaviy-safar hisobotlarini belgilangan tartibda qabul qiladi va UzASBO majmui maxsus dasturiga kiritib boradi, toʻlov qaydnomalarini tayyorlaydi, tegishli  boʻnak pullarini chiqaradi va moliyaviy-safar hisobotlarini belgilangan tartibda qabul qiladi va yakuniy hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi;

jamoa shartnomasiga asosan xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlash ishlarini olib boradi;

jamoa shartnomasiga koʻra, xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish, mehnat taʼtili, kasallik varaqasi boʻyicha toʻlov majburiyatlarini bajaradi;

jamoa shartnomasiga asosan belgilangan miqdorda xodimlarning oziq-ovqat puli, yoʻl kira haqi uchun toʻlov va kuzgi qishgi mavsumga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olish uchun toʻlov pullari xarajatlarini qisman qoplash boʻyicha toʻlov majburiyatlarini  bajaradi;

xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik uchun  kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshiradi;

xodimlarning arizasiga muvofiq, oylik ish haqidan ushlanmalar (imtiyozli kredit, oʻquv kontrakt puli, ssuda va boshqalar)ni kerakli joylarga oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi;

Adliya organlari va muassasalarining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida oylik ish haqidan ssuda qarzdorligini oyma-oy undirilishini taʼminlaydi;

shuningdek ssuda qarzdorligini soʻndirish boʻyicha hisob-kitob ishlarini olib boradi, ijtimoiy sugʻurta va pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar hisoblash  va toʻlovni taʼminlash ishlarini olib boradi, davlat soliqlari boʻyicha toʻlovlarni hisoblaydi va taʼminlaydi;

har oy, chorak, yil yakuni boʻyicha boshqarma faoliyai boʻyicha tegishli hisobotlar tayyorlaydi va topshiradi, rahbarga kiritadi;

soliq, davlat statistikasi, xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasi boʻyicha har oy, chorak, yil yakuni boʻyicha tegishli hisobotlar tayyorlaydi va topshiradi rahbarga kiritadi;

pul mablagʻlarini, tovar-moddiy boyliklarni va asosiy vositalarni harakati boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qatʼiy olib borilishini taʼminlaydi;

aktivlarning mavjud holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlar, debitorlik va kreditorlik qarzdorlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni buxgalteriya hisobotlarida toʻliq va toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlaydi;

moliyaviy hisobotlarni iqtisodiy tahlil qiladi va umumlashtiradi;

belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta xarajatlari roʻyxatiga muvofiq adliya organlari va muassasalarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlaydi;

boshqarish ishlari samarasini oshirish maqsadida buxgalteriya hisob-kitoblarining koʻrsatkichlarini umumlashtiradi va iqtisodiy tahlil qilib boradi;

adliya organlari va muassasalarining byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlariga davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlardan pul mablagʻlarining kelib tushishi, ularning maqsadli va toʻliq sarflanishini tashkillashtiradi, oʻrganadi, tahlil qiladi;

toʻlovchilar tomonidan ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan toʻlovlarning belgilangan tartibda qaytarilishini taʼminlaydi;

adliya organlari va muassasalarida ajratilgan mablagʻlarni hamda moddiy-tovar boyliklarning maqsadli ishlatilishi nazorat qiladi;

doimiy ravishda tizimda oʻtkaziladigan (rejali) monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mazkur kamchiliklarni takrorlanmasligi yuzasidan koʻrsatma, topshiriq va meʼyoriy (xizmat zaruriyatidan kelib chiqib) hujjatlar tayyorlab hududiy adliya organlari va muassasalariga ijro uchun yuboradi va nazoratini amalga oshirilishini taʼminlaydi;

belgilangan ish haqi fondining limitlari miqdorida xodimlar va xizmatchilar sonining shtat roʻyxatlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun taqdim etadi, xodimlar ish haqini oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi;

aktivlarning mavjud holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlar, kreditorlik va debitorlik qarzdorlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni buxgalteriya hisobotlarida toʻliq va toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlaydi;

byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlarga xoʻjalik faoliyatidan tushayotgan tushumlarning toʻgʻri hisoblanishini hamda oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkillashtiradi, adliya organlari va muassasalari tomonidan hisobining yuritilishini taʼminlaydi, tushumlar boʻyicha olingan maʼlumotlarni umumlashtiradi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi;

boshqarmaning moliya-iqtisod sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va ularga uslubiy koʻrsatmalar beradi;

tasdiqlangan smeta xarajatlari roʻyxati asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda koʻchirish choralarini koʻradi va maqsadli ishlatilishining hisobini yuritadi;

boshqarmaning xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bosh maslahatchi bilan hamkorlikda moddiy-tovar boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritadi, shu jumladan, ularni hisobdan chiqaradi, qayta baholash ishlarini amalga oshiradi, yetkazib berilgan mahsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan daʼvo arizalari tayyorlaydi;

boshqarma rahbariyatiga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik, byudjet intizomini mustahkamlash, byudjet mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarni xarid qilish samaradorligini oshirish, shuningdek moliya-buxgalteriya xizmatlarining xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlash, tizimdagi tashkilot va muassasalar, moliya-buxgalteriya xizmatlari rahbarlariga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, byudjet intizomini mustahkamlash, byudjet mablagʻlaridan foydalanishni amalga oshiradi;

byudjet hamda barcha byudjetdan tashqari mablagʻlarning yillik, choraklik xarajatlar smetasini tayyorlaydi, boshqa hisob raqamlaridagi pul mablagʻlariga oid yillik, choraklik xarajatlar smetasini umumlashtiradi, ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda koʻchiradi va maqsadli sarflanishini nazorat qiladi;

ajratilgan ish haqi fondining toʻgʻri ishlatilishini, shuningdek, ish haqidan byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarni toʻgʻri hisoblanishini hamda oʻz vaqtida oʻtkazilishini tahlil qiladi;

moddiy-tovar boyliklar, naqd pul mablagʻlari olib kelish, bajarilgan ishlar va xizmatlarni qabul qilish boʻyicha ishonchnomalar beradi, ularni roʻyxatga oladi va hisobini yuritadi;

xoʻjalik shartnomalari ijrosini nazorat qiladi, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlaydi, shartnomalar nusxasini saqlaydi.

rahbariyatga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik, byudjet intizomini mustahkamlash, byudjet mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarni xarid qilish samaradorligini oshirish, shuningdek, moliya-buxgalteriya xizmatlarining xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi;

oʻgʻrilik, oʻzlashtirish, katta miqdordagi kamomadlar va qoʻpol ravishda qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, toʻplangan materiallar tegishli tartibda qonuniy chora koʻrish uchun boshqarma rahbariga taqdim etadi;

boshqarmani belgilangan tartibda moliyalashtirishni amalga oshiradi;

boshqarma daromadlar va xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning ijrosini taʼminlaydi;

belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta xarajatlari roʻyxatiga muvofiq boshqarmani oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlaydi;

belgilangan ish haqi fondining limitlari miqdorida xodimlar va xizmatchilar sonining shtat roʻyxatlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun taqdim etadi;

xodimlar ish haqini oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi;

tasdiqlangan harajatlar smetasi roʻyxati asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda koʻchirish choralarini koʻradi;

byudjet hisobidan koʻzda tutilgan mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida-rejalashtirish ishlarini, shuningdek byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan boshqarma jumladan, adliya organi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik markazlar, Davlat xizmati markazlari hamda FHDY organlarining oylik ish haqiga qoʻshimcha va ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlarga mablagʻ taqsimoti ishlab chiqiladi va tegishli moliya organlari tomonidan xarajatlar smetasi roʻyxatdan oʻtkaziligi nazorat qilinadi;

Byudjet kodeksining 18-bobida belgilangan tartibga asosan hamda byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻi oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 12-dekabr) asosida ish faoliyatini olib boradi;

tayyorlanadigan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shu jumladan adliya organlari va muassasalari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar uchun tayyorlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali roʻyxatdan oʻtkaziladi va umumlashtirilgan holda yigʻma xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvali Moliya boshqarmasiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi;

byudjet hamda byudjetdan tashqari yigʻma xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Moliya boshqarmasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali joylarga ijro uchun yuboriladi;

Moliya boshqarmasidan roʻyxatdan oʻtgan xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini ijro uchun qabul qilinadi va doimiy ravishda nazorat olib boradi;

boshqarmada hisobotini ishlab chiqishda va iqtisodiy tahlil qilishda qatnashdi;

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan boshqarmaning moddiy-texnik taʼminoti boʻyicha vazirlik tomonidan tasdiqlangan “Dastur”larga asosan yangi binolar sotib olish, binolarni qurish va kapital taʼmirlash, jihozlar sotib olish, shuningdek, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, joriy xarajatlar va kommunal toʻlovlari boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida pul mablagʻlarini oyma-oy moliyalashtirish uchun muassasalardan soʻrovnoma qabul qiladi va umumlashtirib mablagʻ ajratish uchun rahbariyatga taklif kiritadi;

byudjet va jamgʻarma tomonidan oylik ish haqi oshishi yoki xizmat zarurati tufayli boʻladigan xarajatlar smetiga oʻzgarishlarni Moliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ilovalar asosida tayyorlab xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish uchun taqdim etadi;

Byudjet kodeksining 90-moddasiga binoan barcha paragraflari boʻyicha byudjet loyihasini muassasalardan qabul qilib oladi va umumlashtirib moliya boshqarmasi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadi;

byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan buyon–jamgʻarma) mablagʻlari tushumini shakllanishi va xarajatlarni tushumlardan oshib ketmasligini doimiy ravishda tahlil qilib boradi;

adliya organlarida olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib ularning tashkiliy tuzilmasi oʻzgarishi munosabati bilan hisob-kitob ishlarini bajaradi;

Moliya boshqarmasidan roʻyxatdan oʻtgan xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini muassasalarga ijro uchun yuboradi va nazorat qilib boradi;

Boshqarmaning byudjet loyihasini tayyorlashda qatnashadi;

byudjet hamda barcha byudjetdan tashqari mablagʻlarning yillik, choraklik xarajatlar smetasini tayyorlaydi, boshqa hisob raqamlaridagi pul mablagʻlariga oid yillik, choraklik harajatlar smetasini umumlashtiradi, ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda koʻchiradi;

tegishli tashkilotlardan shuʼba vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash, talab qilish va olish huquqiga ega boʻladi;

buxgalteriya hisobi va hisobotini belgilangan shakllarga mos holda yuritilishini taqdim etilgan hujjatlar asosida yoki rahbariyat buyrugʻi asosida joyiga chiqib tekshiradi, tahlil qiladi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi;

ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan tushumlar summalarini qaytarishni amalga oshirish va toʻliq oʻz vaqtida qaytarilishini amalga oshiradi;

boshqarma tegishli masʼullari tomonidan undirilgan davlat bojlari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar asosida choraklik elektron hisobotlarni davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etib boradi;

boʻlimga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik tarkibiy tuzilmalari va boshqalar tomonidan boshqarma faoliyatiga oid soʻralgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;

fuqarolar yoki yuridik shaxslarning murojaatlari yoki arizalariga asosan ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan davlat boji va boshqa toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida qaytarish choralarini koʻradi;

ish yurituvidagi hujjatlarning belgilangan qoida va usullarga rioya etgan holda ijrosini taʼminlaydi, ijro va mehnat intizomiga rioya qilgan holda boʻlimda ish yuritish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amalga oshiradi;

“Ochiq maʼlumotlar portalida va rasmiy veb-saytda joylashtirilib boradi va hududiy adliya organlari va muassasalari tomonidan portalga joylashtirilgan  “Ochiq maʼlumotlar portalida va rasmiy veb-saytda joylashtirilgan maʼlumotlarni monitoring qilib boradi;

byudjet xarajatlarining maqsadli indikatorlarini bajarilishini taʼminlash, nazorat qilish va tegishli hisobotlarni moliya boshqarmasiga taqdim etib borlishini taʼminlaydi;

ijro va mehnat intizomiga rioya qiladi;

vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi;

ish yurituvidagi hujjatlarning belgilangan qoida va usullarga rioya etgan holda ijrosini taʼminlaydi.

4. Oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Shuʼba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Shuʼba faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Shuʼba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Shuʼba qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shu’ba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shu’ba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shuʼba yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shuʼba xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shuʼba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshliq buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼbaning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

Shuʼbada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda rahbarga takliflar taqdim etadi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻradi, sohaviy kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlarini imzolaydi;

shuʼbada vazirlik rahbariyati topshiriqlari, farmoyishlari, buyruqlari va koʻrsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilishini tekshiradi, hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi;

shuʼba tarkibini hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, boshqarma faoliyatiga oid muhim masalalar haqida vazir va uning oʻrinbosarlariga muntazam ravishda axborot beradi;

shuʼba faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, tegishli dasturlar, rejalar va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;

shuʼba xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni tegishlicha bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

moliyaviy-rejalashtirish ishlariga boshchilik qiladi;

hisob-kitob ish rejalari, boshlangʻich hisob-kitob hujjat shakllari, namunaviy shaklda belgilanmagan xoʻjalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda qoʻllaniladigan shakllar, ichki boshqarma  hisobot hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish ishlariga rahbarlik qiladi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

Shuʼba jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;

rahbariyatga xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;

Shuʼba xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

Shuʼba faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun shuʼbaning barcha xodimlari ishtirokida muntazam ravishda tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq boʻlimlar va xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shuʼba xodimlari oʻz faoliyatini Rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.

13. Shuʼba oʻz faoliyatini amalga oshirishda va rasmiy hujjatlarni muhrlashda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomi va Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan muhrdan foydalanadi.


Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza

qilish sohasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish sohasi (soha) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Soha faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining (bundan buyon matnda Vazir deb yuritiladi) buyruqlari, vazirlik rahbariyati topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob.Vazifalari va funksiyalari

3. Sohaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) Sohada moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritish;

Sohaning boshqarmaning xoʻjalik faoliyatini tashkillashtirish va yuritish ishlarini amalga oshiradi;

tegishli bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, ularni taʼmirlash, kapital qurilish, kommunal xizmat koʻrsatish ishlarini tashkillashtiradi, vazirlik mol-mulkining ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini taʼminlaydi va boshqa xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanadi;

boshqarma balansidagi binolarining aloqa, internet, elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini taʼminlaydi hamda boshqa xoʻjalik-maishiy xizmatlarni bajaradi;

boshqarma, tuman shahar adliya boʻlimlari, shu jumladan yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari koʻrsatish markazlari, FHDY organlari xodimlarining kanselyariya mollariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi va oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlaydi;

boshqarma balansida mavjud boʻlgan xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini oʻrganadi, avtotransport vositalarini taʼmirlash ishlarini tashkil etadi va ularning xizmatga tayyorgarligini taʼminlaydi, avtotransport vositalarini belgilangan miqdorda yoqilgʻi bilan taʼminlash choralarini koʻradi, yoʻl koʻrsatgichlari tamgʻasi sozligini hamda yoqilgʻi sarflanishini nazorat qiladi, avtotransport vositalarini tegishli xodimlarga biriktirish boʻyicha dalolatnomalarni, yoʻl varaqalarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, imkoniyatdan kelib chiqib, avtomashinalarning vazirlik hovlisida saqlanishini taʼminlaydi;

boshqarma balansida boʻlgan binolar, unga tegishli hududlardan maqsadli foydalanishni, belgilangan tartibda boʻsh turgan joylarni ijaraga berishni taʼminlaydi;

avariya va boshqa favqulodda hodisalar yuz berishining oldini olishga qaratilgan choralarni, bunday hodisalar yuz bergan taqdirda, uning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha zarur tadbirlarni koʻradi;

boshqarma balansida boʻlgan binolarda evakuatsiya qilish tartibini ishlab chiqadi va uni tegishli joylarga osib qoʻyilishini taʼminlaydi;

ombordagi moddiy boyliklarning lozim darajada saqlanishini taʼminlaydi;

“Yashil iqtisodiyot” masalalari bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshiradi va ushbu yoʻnalishni muvofiqlashtiradi.

2) Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etish, ularning xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

Moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi, binolarni, jumladan yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat notarial idoralari, Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish boʻlimlari, Nikoh uylari va fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish arxivlari kapital qurish va taʼmirlash ishari boʻyicha tahliliy oʻrganishlar olib borib, natijasi boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritadi;

ehtiyojlar uchun moddiy boyliklarni xarid qilish, binolarini taʼmirlash, kapital qurish borasida hujjatlari asosida oʻrganib boradi, oʻtkaziladigan tender hujjatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi. Tegishli materiallarni yigʻadi, oʻrganadi va umumlashtiradi, lozim topilganda, yakuniy hujjatlarni Hayʼati majlisida koʻrib chiqish uchun takliflarni rahbarga kiritadi.

huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishda ishtirok etadi;

balansdagi binolar, texnika, jihoz (mebel) va boshqa tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish, hisobdan chiqarish, sanoqdan oʻtkazish (inventarizatsiya) ishlari ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi.

Sohaning faoliyatiga oid masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

4. Sohaning oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Sohaning oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

6. Sohaning oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh mutaxassisning faoliyatini tashkil etish

7. Sohaga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan bosh mutaxassis rahbarlik qiladi.

8. Soha (bosh maslaxatchi) faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarni tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Soha xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun masʼul xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, Vazir, boshliq buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

ish rejalar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talabiga muvofiq sohada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Soha mas‘uli qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

9. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

10. Xodimlar oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

11. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun soha xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik

taʼminlash shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shuʼbasi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining (bundan buyon matnda Vazir deb yuritiladi) buyruqlari, vazirlik rahbariyati topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga asosan amalga oshiradi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Shuʼba vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, qabul qilish, eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini koʻrib chiqish va xulosa berish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlik qiladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini taʼminlash, qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va rahbariyatga kiritadi;

adliya boʻlimlarining mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, uslubiy rahbarlik qilish va nazorat qilish faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlik qiladi.

2) huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish soxasida:

adliya boʻlimlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish) roʻyxatga olish va eʼlon qilish jarayonlarining doimiy monitoringini olib borilishini tashkil etadi;

monitoring natijalariga koʻra “E-qaror” elektron tizimi orqali kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va masʼul xodimlariga nisbatan hududiy adliya organlari tomonidan taʼsir choralarini qoʻllanilishi yuzasidan tegishli choralar koʻradi.

huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi masʼul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida ishtirok etadi;

koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini koʻrib chiqish va xulosa berish amaliyotini har yili kamida bir marotaba (zaruratga koʻra yilning boshqa davrlarida) umumlashtiradi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi;

maʼmuriy tartib-taomillarni (zaruratga koʻra davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni) amalga oshiruvchi barcha maʼmuriy organlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini oʻrganadi, nazorat va tahlil qiladi;

maʼmuriy-huquqiy faoliyatni tartibga soluvchi funksiyalarini xatlovdan oʻtkazadi, maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish va unifikatsiyalashtirish hamda tartiblari, muddatlar va zarur hujjatlarini maksimal qisqartirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshiradi;

maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish, shuningdek, sohada innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish choralarni amalga oshiradi;

maʼmuriy tartib-taomillar sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha tizimli choralar koʻrib boradi;

tadbirkorlik subektlari bilan tuzilagan hamkorlik shartnomalari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda jarayonning doimiy monitoringini olib borilishini tashkil etadi.

3) davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish sohasida:

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini kompleks va tizimli monitoring va tahlil qiladi;

tahlil va monitoring natijalariga koʻra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning bir birini takrorlovchi funksiyalarini, ortiqcha va xos boʻlmagan vazifalar, funksiyalar hamda vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

manfaatdor mahalliy idoralar bilan har yili idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qiladi, natijasi boʻyicha optimallashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.

4. Shuʼba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Shuʼba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Shuʼba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom, vazir va boshqarma booʻligʻi buyrugʻida belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shuʼba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shoʻba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, shuʼba ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

shuʼbaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

shuʼba xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shuʼba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, Vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

shuʼbaning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

tuman (shahar) adliya boʻlimlarining huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohasidagi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda natijasi yuzasidan rahbarga axborot kiritib, takliflar berib boradi;

shuʼba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

shuʼbada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda rahbarga takliflar taqdim etadi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻradi, shuʼbaning kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlarini imzolaydi;

shuʼba xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradi;

Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talabiga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

shuʼbada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;

vazirlik rahbariyatiga xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;

shuʼba xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

Boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

Shuʼba faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun shuʼbaning barcha xodimlari ishtirokida muntazam ravishda tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shuʼba xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining

Huquqiy axborot shu’basi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Huquqiy axborot shu’basi (shu’ba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shu’ba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, buyruqlari, vazirlik rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shu’baning vazifalari va funksiyalari

3. Shu’baning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida:

mahalliy davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarning barcha davlat organlari va tashkilotlariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi;

huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;

qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori yoʻnalishlaridan kelib chiqib ularga oddiy va xalqchil tilda yetkazadi;

2) Huquqiy targʻibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

huquqiy targʻibotni amalga oshirish hamda aholiga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazishni tashkil qiladi;

tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan huquqiy axborot va targʻibot sohasida olib borilayotgan ishlarni nazorat qiladi hamda bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini baholaydi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqiy targʻibot boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng koʻlamda foydalanishini taʼminlaydi, ularning fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganadi va tahlil qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mazmun-mohiyatini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish boʻyicha “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida videoroliklar, infografikalar va boshqa koʻrgazmali materiallar tayyorlaydi hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;

Adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari bilan hamkorlikda adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borisda hamkorlik ko‘rsatadi;

Aholi hamda adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlarning huquqiy ongi, huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkillaydi, zarurat bo‘lganda ularga tegishli mutaxassislarni jalb qilinishini ta’minlaydi;  

qonun hujjatlarini yetkazish boʻyicha rasmiy telegram messenjeri “Huquqiy axborot” kanalini uzluksiz ravishda ommalashtirib boradi;

Huquqiy targʻibot sohasida adliya boʻlimlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, rahbariyatga kiritadi;

yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qiladi;

Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashiga huquqiy targʻibot holati haqida har yili axborot taqdim etadi.

4. Shu’ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Shu’ba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Shu’ba faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Shu’ba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Shu’ba qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shu’ba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shoʻba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shoʻba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shu’ba boshligʻi:

Shu’ba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shu’baga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shu’ba xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shoʻba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, Vazir, boshliq buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shu’baning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shu’ba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

Shu’bada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish masalalari yuzasidan rahbariyatga taklif kiritadi, kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

soha boʻyicha xodimlarni faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq Shoʻbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

Shu’bada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

10. Rahbariyat topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shu’ba xodimlari oʻz faoliyatini Rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun Shoʻba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu’basi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu’basi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, adliya vazirining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shu’baning vazifalari va funksiyalari

3. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash, idoralar kesimida manzilli tahliliy oʻrganishlar va monitoring olib borish sohasida:

“ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi;

“Ijro.gov.uz” tizimining funksional va foydalanish xarakteristikalarini takomillashtirish boʻyicha maqsadida uning ishlashini tahlil qiladi;

“Ijro.gov.uz” tizimida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlaydi va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

“Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan topshiriqlarni bajarilishi boʻyicha ijrochilar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning aniq amaliy natijalarga erishilishi taʼminlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek, ushbu holatlarning oldini olish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatmalar kiritadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritgan, shuningdek, bu borada koʻrsatmalarni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmagan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qonunchilikka muvofiq intizomiy, maʼmuriy va boshqa javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha vakolatli organlarga takliflar kiritadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar talablarining buzilishi hamda ularni notoʻgʻri talqin qilish, shuningdek, amaliyotda notoʻgʻri qoʻllash holatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va taklif ishlab chiqadi;

umumlashtirishlar va tahlillar natijasi boʻyicha aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida takroran sodir etilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish uchun tahliliy materiallar tayyorlaydi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyda rahbariyatga kiritib boradi;

oʻrganishlar va monitoringlarda aniqlangan kamchiliklar va muammolarni tahlil qiladi hamda ularni bartaraf qilish va kelgusida takroran sodir etilishining oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlaydi hamda ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganadi va tahlil qiladi;

aniqlangan muammolar va omillarni bartaraf etish boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga aniq tavsiyalar va koʻrsatmalar beradi;

davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik oʻrganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashishga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar ishlab chiqadi hamda ularga ushbu sohada huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.

4. Shuʼba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Shuʼba faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Shuʼba davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Boshqarma faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Shuʼba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Shuʼbaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shu’ba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shoʻba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, shuʼba ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shuʼbaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shuʼba xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Shuʼba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼbaning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talabiga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;

Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Sh‘uba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Rahbariyat topshirigʻiga muvofiq Sh‘uba xodimlariga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shuʼba xodimlari oʻz faoliyatini Rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi Inson huquqlarini

himoya qilish shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Inson huquqlarini himoya qilish shu’basi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyruqlari, rahbariyati topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbasining vazifalari va funksiyalari

3. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida axborot yigʻish uni baholashni amalga oshiradi;

fuqarolarning davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;

inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratning zamonaviy usullarini joriy etadi;

fuqarolar oʻz huquqlari va erkinliklari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;

inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni (siyosiy huquqlar, fuqarolik erkinliklari, diskriminatsiyaning mavjud emasligi, asosiy mehnat huquqlari boʻyicha) bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻradi;

inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan monitoring natijalarini oʻrganadi hamda bu tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash choralarini koʻradi;

fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;

qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan murojaatlar (shikoyatlar) boʻyicha, zarur hollarda, tegishli davlat organlari va tashkilotlari vakillari (mutaxassislari) bilan birgalikda joylarda tekshirish (oʻrganish) oʻtkazgan holda qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi;

inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar beradi va xulosalar tayyorlaydi;

inson huquqlari sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi;

inson huquqlari sohasi boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganadi, ularni amaliyotda qoʻllash choralarini koʻradi va bu borada milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

4. Shu’ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Shuʼba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi. Faoliyat sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Shuʼba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Shuʼba qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shuʼba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shoʻba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shuʼbaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, Vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼbaning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlarini imzolaydi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq Shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

Shuʼbada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Shuʼba xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

Boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq boʻlimlar va xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Boshqarma xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasi Intellektual mulkni

huquqiy himoya qilish sho‘basi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish sho‘basi (sho‘ba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Sho‘ba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Sho‘baning vazifalari va funksiyalari

3. Sho‘baning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini olib borish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida:

intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha, shu jumladan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga qarshi kurashishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashish orqali taʼsirchan choralar koʻradi;

intellektual mulk sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi va qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va tahlil qiladi;

intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻgʻri va ziddiyatli qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, ushbu sohada huquqbuzarliklarni bartaraf etishga doir amaliy choralar koʻradi, shuningdek, mazkur masalalardagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

qonunchilikka muvofiq intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam koʻrsatadi;

vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda bozorlar, yirik savdo majmualari va boshqa joylarda kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;

intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiradi;

intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boʻyicha tegishli maʼlumot va materiallarni, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar kataloglarini aholiga yetkazish choralarini koʻradi;

intellektual mulki obyektlarini himoya qilish va ulardan qonuniy foydalanish masalalarida aholi keng qatlamlarining huquqiy madaniyati hamda savodxonligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasida bilim va koʻnikmalarini doimiy oshirib borish yuzasidan targʻibot tadbirlarini oʻtkazadi;

iste’mol tovarlari, dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika hamda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obyektlarini realizatsiya qilish jarayonida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha nazorat xaridini amalga oshiradi.

2) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida:

Sudlarda intellektual mulk sohasidagi nizolarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi.

4. Sho‘ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Sho‘ba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Faoliyat sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Sho‘ba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Sho‘ba qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Sho‘ba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Sho‘ba faoliyatini tashkil etish

8. Sho‘baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shoʻba bosh maslahatchisi rahbarlik qiladi.

9. Sho‘ba bosh maslahatchisi:

Sho‘ba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Sho‘baga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Sho‘ba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirib boradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir va boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Sho‘ba ish rejalarini ishlab chiqadi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Sho‘ba faoliyati sohasiga doir qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq sho‘bada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Sho‘ba qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Rahbariyat topshirigʻiga muvofiq sho‘baga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11.Sho‘ba oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradi.

12. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun sho‘ba xodimi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Notariat, advokatura va mediatsiya Shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Notariat, advokatura va mediatsiya shuʼbasi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, vazirlik, boshqarma hayʼatining qarorlariga, Adliya vazirining hamda boshqarma boshligʻining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash sohasida:

notariat sohasida yagona notarial amaliyotni taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;

notariuslar tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Hududiy Notarial palata bilan birgalikda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;

notarial harakatlar boʻyicha statistikani yuritadi;

Notarial palata faoliyatiga koʻmaklashadi;

Xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish ishlarini amaga oshiradi, bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

notarial idoralarga beriladigan gerbli blanklarni hisobga olish, saqlash, sarflash boʻyicha ularni hisobotini yuritadi;

advokatlik tuzilmalari va hududiy Advokatlar palatasining faoliyatiga koʻmaklashadi;

advokatlarga litsenziyalar berish ishlarini muvofiqlashtiradi;

advokatlar malakasini oshirishda koʻmaklashadi;

advokatlarga advokatlik guvohnomalarini berilishi, ularning hisobi yuritilishini taʼminlaydi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirilishini taʼminlaydi;

advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganadi;

professional mediatorlar reestrini yuritilishini taʼminlaydi;

yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlari reestrini yuritadi, muvofiqlashtiradi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga yuklatilgan vakolatlarni amalga oshiradi.

2) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

advokatlik tuzilmalari va notarial idoralar uchun ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

advokatlik va notarial xizmatlar koʻrsatish faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;

notariat va advokatura sohalari boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganadi, ularni amaliyotda qoʻllash choralarini koʻradi va bu borada milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

4. Shuʼba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Shuʼba faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Shuʼba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi, faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Shuʼba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shuʼba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shoʻba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shuʼbaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shuʼba xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shuʼba xodimlarini shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼba ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

Shuʼba faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlarini imzolaydi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

Shuʼbada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq shuʼba boshligʻi va xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shuʼba xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasi (soha) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Soha oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, vazirlik, boshqarma hayʼatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining, boshqarma boshligʻining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Vazifa va funksiyalari

3. Sohaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini oʻrganadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilishda ishtirok etadi, ularning stajirovka oʻtashini va malakasi oshirilishini tashkil qiladi hamda attestatsiyadan oʻtkazadi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini hamda muddatlarini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning stajirovka oʻtashini tashkil etadi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish shakllari va muddatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalalarini kelishishi jarayonini tashkil etadi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining ish joyini moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga qoʻyilgan minimal talablara rioya etilishini monitoring qiladi;

qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida markazlashgan holda sifatli yuridik xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga pulli asosda yuridik xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlariga xizmat koʻrsatiladigan yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatiga metodik yordam koʻrsatadi va uslubiy rahbarlik qiladi;

yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini har chorakda baholab boradi va natijasi haqida rahbariyatga axborot kiritib boradi.

4. Oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Faoliyatni tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan Soha boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Soha boshligʻi:

Soha faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Hayʼat qarorlari, rahbariyat buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

ish reja ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

sohaga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlarini imzolaydi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq sohada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Hayʼat majlislarida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Boshqarma boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq xodimga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Xodimlar oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun xodim qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasining Nodavlat

notijorat tashkilotlar shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Nodavlat notijorat tashkilotlar shuʼbasi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, vazirlik, boshqarma Hayʼatining qarorlariga, adliya vaziri hamda boshqarma boshligʻining buyruqlariga, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼba vazifalari va funksiyalari

3. Vazifalar va funksiyalari quyidagilardan iborat :

1) nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish sohasida:

nodavlat notijorat tashkilotlarni va ularning ramziy belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;

roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat reestrini yuritadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar faoliyatining qonuniyligini taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati va taʼsis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar koʻradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida kelib tushayotgan axborotlarni tahlil qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki ularni tugatish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va sudga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring olib boradi;

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq viloyat miqyosidagi statistik maʼlumotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

faoliyatiga doir jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni koʻrib chiqadi;

soha qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha xulosalar tayyorlaydi;

faoliyat sohasiga doir masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi;

2) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi.

4. Oʻz vakolati doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Sohaga doir qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Sohaga doir jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Sohaga oid masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shuʼba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shu’ba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;

boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Boshqarma boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq boʻlimlar va xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shuʼba xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari

koʻrsatilishini nazorat qilish shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish shuʼbasi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hayʼatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining, boshqarma boshligʻining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish va samaradorligini baholash hamda shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash shuʼbaning vazifasi hisoblanadi.

4. Shuʼbaning funksiyalari quyidagilardan iborat:

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini monitoring, nazorat va tahlil qiladi;

davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi nuqtayi nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xoʻjalik birlashmalari, uy-joy kommunal va foydalanish xoʻjaligi tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzadi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxs hamda xizmatchilarni yozma ravishda ogohlantiradi va ular bilan profilaktik suhbatlarni oʻtkazadi;

davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xoʻjalik birlashmalari, uy-joy kommunal va foydalanish xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlariga aniqlangan qonunchilik hujjatlari buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli organlar tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilishida qatnashadi;

davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi;

shuʼba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi;

faoliyati sohasiga doir masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi nuqtayi nazaridan tekshirish (oʻrganish, monitoring) larni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash sohadagi faoliyatini nazorat qiladi hamda shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzilganligi holati yuzasidan maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi;

faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

6. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shuʼba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shu’ba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

Shuʼba yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Shuʼba xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shuʼba xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlariga javob xatlarini imzolaydi;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Boshqarma boshligʻi topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Shuʼba xodimlari oʻz faoliyatini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasining Davlat

xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish shuʼbasi toʻgʻrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi (shuʼba) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining (boshqarma) tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Shuʼba oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik, boshqarma Xayʼatining qarorlariga, adliya vazirining hamda boshqarma boshligʻining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari

3. Shuʼbaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlik tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etish, Davlat xizmatlari markazlari (bundan buyon–markaz) hamda FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish sohasida:

davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha markazlar, ularning filiallari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shuningdek FHDY sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxslarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatiga olishni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlaydi;

koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tizimli ravishda soʻrovnomalar oʻtkazadi;

FHDY organlari, markazlar va ularning filiallariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;

davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini oshiradi hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻyilmasligini monitoring qiladi;

maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish, shu jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari faoliyatini tahlil qiladi;

Markazlar va ularning filiallari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha olis joylarga chiqqan holda mobil (sayyor) davlat xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etadi;

FHDYning yagona elektron arxivi axborot tizimining samarali ishlashini nazorat qiladi;

FHDY organlarini gerbli guvohnoma blankalari bilan belgilangan tartibda taʼminlanishini nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlari taqdim etilishini nazorat qiladi;

2) FHDY organlari, markazlar va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish sohasida:

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyatini nazorat qiladi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari faoliyati yuzasidan monitoring olib borilishini tashkil etadi;

Inson resurslari shubasi bilan hamkorlikda FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarining xizmat va xizmatdan tashqari vaqtda fuqarolar bilan muloqoti, yurish-turishi va oʻzini tutishi ahvolini muntazam oʻrganib boradi, odobsizlik holatlariga yoʻl qoʻyilishining oldini olish choralarini koʻradi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarida xushmuomalalik, jonkuyarlik kabi axloqiy xislatlarni shakllantirish, manmanlik va shuhratparastlik asosida fuqarolardan ajralib turish va dabdababozlik harakatlari sodir etilishining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazib boradi hamda natijalari boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qatʼiy rioya etishi va oʻz burchiga sadoqatli boʻlishini taʼminlash, xizmat mavqeyini suisteʼmol qilish, korrupsiya, poraxoʻrlik, tanish-bilishchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik va boshqa nojoʻya xatti-harakatlar sodir qilishining oldini olish choralarini koʻradi;

vazirlik rahbariyatining roziligi asosida Inson resurslari shuʼbasi bilan birgalikda oldindan ogohlantirishsiz FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarining faoliyatini toʻsatdan oʻrganadi, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish ahvolini “sirli mijoz” tamoyili asosida nazorat qilishni tashkil qiladi va natijasi yuzasidan takliflar kiritadi;

FHDY organlari, markazlar va ularning filiallari tomonidan davlat boji, gerb yigʻimi, pullik xizmat va boshqa toʻlovlarning belgilangan tartibda undirilishini nazorat qiladi;

Markazlar va ularning filiallari xodimlari tomonidan rad etilgan murojaatlarni elektron tizimlar orqali monitoring qiladi;

“Qmatic” elektron navbatni boshqarish tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini monitoring va tahlil qiladi;

“Situatsion markaz” orqali Markazlar va FHDY organlari faoliyati tahlili va nazoratini yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan shikoyatlarni “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita davlat xizmatlari koʻrsatishda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan soʻrovlarini koʻrib chiqadi;

davlat xizmatlari markazlari orqali tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini, shuningdek firma nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat va tahlil qilib boradi;

Markaz va FHDY organlari faoliyatiga oid elektron tizimlar va boshqa platformalarda uzilishlar haqida zudlik bilan vazirlikning Raqamlashtirish boshqarmasini xabardor qilib boradi, bu borada qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlari masʼullariga nisbatan chora koʻrish boʻyicha vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalarini xabardor qiladi;

Markazlarda pullik xizmat koʻrsatilishida tegishli talablariga rioya etilishini monitoring qilib boradi;

sohalarga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Markaz va FHDY organlari xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi;

3) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan oʻzlarining benefitsiarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida yuridik shaxslarning benefitsiar mulkdorlari reestrini Markazlar tomonidan shakllantirilishini taʼminlaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻradi.

4. Oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Shuʼba vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.

Faoliyati sohasidagi masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

6. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

7. Shuʼba oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Shuʼba faoliyatini tashkil etish

8. Shu’baga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan shu’ba boshligʻi rahbarlik qiladi.

9. Shuʼba boshligʻi:

Shuʼba faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlari, vazir, boshqarma boshligʻi buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;

faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

“Odob-axloq qoidalari” talablariga rioya etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq shuʼbada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Boshqarma Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun rahbariyatga takliflar kiritadi;

oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Shuʼba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Rahbariyat topshirigʻiga muvofiq xodimlarga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

11. Oʻz faoliyatlarini rahbariyat bilan kelishilgan va tasdiqlangan mansab yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

12. Oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun shuʼba xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.


Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining Raqamlashtirish bo‘yicha

bosh maslahatchisining

NIZOMI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining Raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi (bundan buyon matnda bosh maslahatchi deb yuritiladi) Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi (bundan buyon matnda boshqarma deb yuritiladi) markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Bosh maslahatchi o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlik hay’atining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqarma boshlig‘ining buyruqlari, rahbariyat topshiriqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

2-bob. Bosh maslahatchining vazifalari va funksiyalari

3. Bosh maslahatchining vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

boshqarma tizimida raqamlashtirish jarayonlarini takomllashtirish sohasida:

idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibini joriy qiladi va takomillashtiradi;

boshqarma, adliya bo‘limlari va muassasalari faoliyatidagi jarayonlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha o‘rganishlar olib boradi va loyihalar ishlab chiqadi;

elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish jarayonida tashkil etadi va nazorat qiladi;

boshqarma, adliya bo‘limlari va muassasalari axborot tizimlarini joriy qilish, takomillashtirish hamda innovatsiyalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda yagona siyosatni olib boradi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi o‘rinlarda — AKT) va raqamlashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasini muntazam ravishda tahlil qilish va tahlil asosida raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

AKT va raqamlashtirish sohasini rivojlantirish maqsadida xorijiy tajribalarni o‘rganish uchun xizmat safariga borish bo‘yicha takliflarni rahbariyatga taqdim etadi;

boshqarma tarkibiy bo‘linmalariga hamda adliya bo‘limlari va muassasalariga AKT sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi;

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

davalat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida axborot almashish faoliyatini texnik tashkil etishga ko‘maklashadi;

yagona axborot xavfsizligi siyosatini qoʻllab-quvvatlash va qayta koʻrib chiqish, vazirlikning axborotni himoya qilish tizimi va elektron qurilmalar orqali maʼlumot alamashish boʻyicha talablarni belgilaydi;

boshqarmaning axborot tizimlari, axborot resurslari, korporativ tarmogʻida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va uning bajarilishini nazorat qiladi;

boshqarmaning yagona axborot xavfsizlik siyosatiga muvofiq maʼlumotlarni qayta ishlash va uzatish, tashqi tashuvchilarga oʻtkazish tadbirlarini tashkil qilish va uni yaratishda texnologik sikllarining barcha bosqichlarida har tomonlama axborotlarni muhofaza qilish boʻyicha barcha boʻlimlarning ishini muvofiqlashtiradi;

boshqarmaning AKT infratuzilmasi komplekslarining barqaror ishlashini nazorat qilish.

4. Bosh maslahatchi o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bosh maslahatchi faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar va xulosalar tayyorlaydi.

5. Bosh maslahatchi vazifa va funksiyalariga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.

6. Bosh maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan vakolat va huquqlardan foydalanadi.

Bosh maslahatchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

7. Bosh maslahatchi o‘ziga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

3-bob. Bosh maslahatchi faoliyatini tashkil etish

8. Raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimiga Boshqarma boshlig‘i tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

9. Bosh maslahatchi:

Boshqarma tizimidagi raqamlashtirish faoliyatini bevosita tashkillashtiradi va nazorat qiladi;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

boshqarma Hay’ati qarorlari, boshqarma boshlig‘i buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

Bosh maslahatchining shaxsiy ish rejasini ishlab chiqilishini ta’minlaydi, uni tasdiqlash uchun kiritadi, unda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

Bosh maslahatchi faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun boshqarma rahbariyatiga kiritadi;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;

tegishli tartibda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;

Boshqarma Hay’at majlisida muhokama qilish uchun boshqarma rahbariyatiga takliflar kiritadi;

o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.

Bosh maslahatchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

10. Bosh maslahatchi xodimlari o‘z faoliyatini Rahbariyat bilan kelishilgan
va tasdiqlangan mansab yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

11. O‘zining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi va xizmat etikasi qoidalarini buzganligi uchun Bosh maslahatchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladi.


Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

tuman (shahar) adliya boʻlimlari toʻgʻrisida

NIZOM

1. Umumiy qoidalar.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ–3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – boshqarma) hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlarining (keyingi o‘rinlarda – boʻlimlar) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek ularning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.

Boʻlim Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda – vazirlik) vakolati doirasiga kiruvchi vazifalarni oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududda amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Boʻlimlar tizimiga Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi hamda uning filiallari, FHDY organlari kiradi.

Boʻlimlar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita vazirlik va boshqarmaga boʻysinadi.

Boʻlim huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.

Boʻlimlar oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlik, boshqarma Hayʼati qarorlariga, adliya vazirining, shuningdek boshqarma boshligʻining buyruqlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

Boʻlimlar yuridik shaxs hisoblanmaydi, xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega boʻlmaydi.

Boʻlimlar oʻz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

2. Boʻlimlarning vazifalari.

Boʻlimlarning asosiy vazifalari quydagilardan iborat:

hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berish;

davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika — viloyat — tuman — mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilib borish va va bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish;

joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirib borish;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish.

joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish. Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatib borish;

uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash;

yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish.

3. Boʻlimning funksiyalari.

hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga:

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish, ularni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirish va uslubiy koʻrsatmalar beradi;

zarur normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash, yetkazish choralarini koʻradi;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi tashkillashtirilishining monitoringi va tahlilini olib boradi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish boʻyicha ijro intizomiga rioya etilishini oʻrganadi, shu asosda adliya boshqarmasiga kiritish uchun axborot-tahlil hujjatlarni tayyorlaydi;

huquqiy targʻibot holatini tahlil qiladi, mazkur sohadagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berishga, jamiyatda inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga qaratilgan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilaydi va ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshiradi, aholiga qonun hujjatlari mazmun mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻradi;

huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanishni, shu jumladan veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirishni taʼminlaydi;

huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi va targʻibotini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi va ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi;

qonun hujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini tushuntirib beruvchi materiallarni tayyorlaydi, ularni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali tarqatadi;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturlarida belgilangan tadbirlarning hududda amalga oshirilishiga amaliy yordam koʻrsatadi hamda doimiy monitoring qilib boradi, monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha adliya boshqarmasiga axborot kiritadi.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida:

tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining norma ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;

tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ tusdagi qarorlari loyihalarining qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, ularni korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;

tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan qabul qilingan tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bekor qilish choralarini koʻradi;

tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobini yuritish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilishini nazorat qiladi;

har yarim yillik yakunida tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga hududiy darajasi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha axborot beradi;

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:

Davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi va oʻrganadi;

qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash faoliyati samaradorligi masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganadi, natijasi boʻyicha ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish uchun huquqni qoʻllash amaliyotining umumlashtirish materiallarini davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga yoʻllaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllash amaliyotini, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotida huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi salbiy omillar, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;

davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalarining huquqni qoʻllash faoliyatini tahlil qilish natijalari boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;

hududiy adliya organlarining tegishli boʻlimlari bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari yuzasidan oʻz xulosasini shakllantiradi va yetkazadi;

qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtiradi va tegishli soha faoliyatida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqadi.

Fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini taʼminlash sohasida:

fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarini tahlil qiladi;

ushbu sohada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalari tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarilari tomonidan fuqarolarning oʻz huquqlari va erkinliklari buzilishi toʻgʻrisida qilgan murojaatlarini xolisona va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;

fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalariga:

yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazoratini olib boradi;

yuridik xizmatlari faoliyatini, ular tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy ishlar holatini oʻrganadi;

yuridik xizmatlari faoliyatini tartibga soluvchi aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha choralar koʻradi;

yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga oid koʻrsatmalar beradi;

yuridik xizmatlari xodimlarining hisobini yuritadi;

yuridik xizmat xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda malaka oshirishi hamda adliya boshqarmasi tomonidan attestatsiyadan oʻtishini nazorat qiladi;

vakant yuridik xizmat shtat birligini malakali oliy yuridik maʼlumotga ega kadrlar bilan toʻldirishda adliya boshqarmasiga bevosita amaliy yordam koʻrsatadi;

yuridik xizmat faoliyati uchun ish joyini moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga qoʻyilgan minimal talablarni monitoring qiladi;

yuridik xizmatlari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga pullik asosda yuridik xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi;

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻradi;

davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

murojaatchilarga faqat Markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni (anketa, soʻrovnoma) toʻldiradi va tegishli tartibda vakolatli organlarga ular boʻyicha qaror qabul qilish va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida yuborilishini taʼminlaydi;

kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;

kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestrini (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar, bekor qilish) elektron tarzda yuritadi.

idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tuman boʻlimlari oʻrtasida elektron hujjat aylanishi tartibini joriy qiladi va takomillashtiradi;

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali oʻrtasida axborot almashish faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi va muvofiqlashtiradi;

murojaatchilarni davlat xizmatlaridan foydalanish uchun elektron raqamli imzoning (ERI) majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilish va ERIni joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlaydi;

davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi; koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tizimli ravishda soʻrovnomalar oʻtkazadi.

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish sohasida:

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini monitoring, nazorat va tahlil qiladi;

davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida qonunchilik hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtayi nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xoʻjalik birlashmalari, uy-joy kommunal va foydalanish xoʻjaligi tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash boʻyicha taklif kiritadi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantiradi, taqdimnomalar kiritadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlari koʻrsatishga oid faoliyati, ushbu sohadagi qonun buzilishlari va ularga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni adliya boshqarmasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi, kiritadi.

Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish sohasida:

davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini monitoring qiladi;

davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilinishini monitoring qiladi;

davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari tomonidan sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatishni amalga oshirilishini tashkil etadi;

sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning mazmun va mohiyatini davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlariga yetkazadi;

davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tahliliy maʼlumotlar va takliflar tayyorlaydi hamda adliya boshqarmasiga kiritadi;

davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatadi;

davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish yoki ragʻbatlantirish masalasida adliya boshqarmasiga takliflar kiritadi.

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sohasida:

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholashda hamda ularni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazadi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholashda ishtirok etadi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsir choralarini koʻradi;

Boʻlim qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

4. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi:

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat idoralari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga bajarilishi majburiy boʻlgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda “ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritish toʻgʻrisida taqdimnomalarni kiritadi;

tekshirish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari hamda xodimlarini, shuningdek intellektual mulk masalalari boʻyicha jismoniy shaxslarni chaqirish, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqishda tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining hayʼat majlislarida ishtirok etish;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlimlariga normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari yuzasidan tavsiyalar va tushuntirishlar berish hamda koʻrsatmalar kiritish;

intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllash boʻyicha taklif kiritish;

Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari koʻrib chiqishi uchun qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarida norma ijodkorligi faoliyati, huquqiy ishlar, yuridik xizmatlar faoliyati, normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish holatini; huquqni qoʻllash amaliyoti, fuqarolar huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonun hujjatlari ijrosini, shu jumladan joylarga chiqan holda tekshirish.

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat idoralari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga bajarilishi majburiy boʻlgan:

qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida;

ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi toʻgʻrisida;

huquqni qoʻllash amaliyoti, fuqarolarning huquqlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarini bajarish xolatini tekshirish davomida aniqlangan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida;

adliya organlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi toʻgʻrisida;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmati faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalarni kiritish;

qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish;

fuqarolarning qonuniy huquq va erikinliklari, yuridik xizmatlarni faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlaganda hamda adliya boʻlimining qonuniy talablari bajarilmaganda, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritish;

davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolarni kiritish;

boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida zarur statistik maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotlarni, qarorlar va boshqa hujjatlarni, maʼlumotlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan bepul tarzda soʻrash va olish;

monitoring, oʻrganish va tekshirish oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, shuningdek Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etish;

nazorat tadbirlari tekshirish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslarini chaqirish, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar olish, talab qilish;

jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaatlarni koʻrib chiqish;

davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlimanlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari hududlari va binolariga kirish;

oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan xolatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish yoki vakolatli tashkilotlarga maʼmuriy ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida taklif kiritish;

aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish uchun umumlashtirish materiallarini davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlimlariga yuborish;

oʻz vazifa va funksiyalari doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

tegishli maʼlumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;

xoʻjalik birlashmalariga, uy-joy kommunal va foydalanish xoʻjaligi tashkilotlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida aniqlangan qonunbuzilishlari va kamchiliklarni, ularning yoʻl qoʻyilishiga olib kelgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritish;

Boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Boʻlim:

oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash; yuqori idoralarga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Boʻlim tomonidan qabul qilinadigan qarorlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari; huquqni qoʻllash amaliyotida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida oʻz hududida tegishli sohani rivojlantiriga doir takliflarni tayyorlash;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.

5. Boʻlim boshligʻining asosiy majburiyatlari.

Boʻlim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taalluqli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek vazirlik hujjatlari bilan adliya boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Boʻlim xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek kelib tushgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari hamda topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

oʻz boʻysunuvidagi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalari boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonun talablariga muvofiq boʻlimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Boʻlim faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.

6. Boʻlim boshligʻining javobgarligi.

Boʻlim boshligʻi adliya boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, mazkur Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7. Boʻlim faoliyatini tashkil etish.

Boʻlimga adliya boshqarmasi boshligʻining tavsiyasi boʻyicha Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.

Boʻlim boshligʻi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻiga asosan boshqa xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Boʻlim Adliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;

Boʻlim faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda adliya boshqarmasiga taqdim etadi;

vazirlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida adliya boshqarmasiga maʼlumot beradi.

Boshqarma oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa hududiy davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.

Adliya boshqarmasi va adliya boʻlimlari oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar boshqarma boshligʻining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar oʻrinbosar tomonidan kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, soʻnggi qaror bevosita adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan qabul qilinadi.

8. Boʻlim faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

Boʻlim faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.

Boʻlim faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

Boʻlim faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Boʻlim boshligʻi va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Boʻlim faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.

9. Boʻlimni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.

Boʻlimni moddiy-texnik taʼminlash harajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari fondlarning manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Boʻlim xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan yuqori malakali, tashabbuskor xodimlarga yuqori malakasi uchun byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.

Xodimlar lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq toʻlanadi.

10. Boʻlim hisobdorligi.

Boʻlim oʻzining faoliyati toʻgʻrisida yuqori turuvchi organga muntazam ravishda hisobot beradi.

Vazirlik markaziy apparatining rahbarlari boshqarma rahbarlariga, boshqarma boʻlim xodimlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyatini ustidan muntazam monitoring olib boradi, faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha adliya boshqarmasi va boʻlimning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.

11. Yakunlovchi qoida.

Boʻlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.