Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

27
Kontrafakt darsliklar aniqlandi.

   Bu safar Quva tumanida
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga kontrafakt darsiklar sotilayotganligi haqida murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatda Quva tumani markaziy dehqon bozoridagi uchta tadbirkorlik subyektiga tegishli doʻkonlarda jami 94 nomdagi darslik kitoblarning kontrafakt nusxalari sotilayotganligi va mualliflik huquqi buzilayotganligi yuzasidan qonuniy chora koʻrishlik bayon qilingan.
Oʻrganishda maʼlum boʻlishicha, Quva tumanida joylashgan “JJJ”, “LLL” va “OOO” tadbirkorlik subyektiga qarashli savdo doʻkonida “New Round –Up, New Round –Up 3,4,5,6,7, Algebra (9-10-11-sinf), Fizika (6-7-8-9-sinf), ona tili (5—6-7-8-9-sinf), adabiyot (5-6-7-8-9-10-sinf), Oʻzbekiston tarixi (7-8-9-10-sinf), Kimyo (5-6-7-8-9-sinf) kabi jami 45 nomdagi kontrafakt kitob nusxalari sotilayotganligi va ushbu kitoblar belgilangan standartlarga bermasligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Fargʻona viloyatida joylashgan “JJJ”, “LLL” va “OOO” tadbirkorlik subyektlari rahbarlari “JJJ”, “LLL” va “DDD” larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy tartibda hal etish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi.
Quva tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi yuqorida keltirilgan tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasiga asosan huquqbuzar, deb topilib tadbirkorlik subyektlariga jarima jazosi tayinlandi va kontrafakt deb topilgan darsliklar sud tomonidan musodara qilindi.
Hurmatli tadbirkorlar! Mualliflik huquqi nafaqat nomulkiy, balki mulkiy huquq boʻlib, huquq egasiga tegishli boʻlgan mutlaq huquq va uni hurmat qilish har birimizning majburiyatimiz ekanligini unutmaylik!
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

26
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-269-son Farmoni hamda PQ-447-son Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan.

Farg’ona shahar adliya bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan Milliy gvardiya Farg’ona viloyati bo’yicha boshqarmasida Maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-269-son Farmoni hamda PQ-447-son Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

23
Targʻibot tadbirida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga berilgan imtiyozlar haqida soʻz bordi.

Fargʻona viloyatidagi harbiy qismda adliya boshqarmasi masʻul xodimlari tomonidan targʻibot tadbiri tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida belgilangan tartibda koʻplab imtiyozlar va qulayliklar yaratilgan. Masalan, uy-joy sotib olish, farzandlarining imtiyozli shartlar asosida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish kabilar.

21
Darslik kitoblarning kontrafakt nusxalari aniqlandi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatda Beshariq tumanida joylashgan “XXX” tadbirkorlik subyekti tomonidan 45 nomdagi kitob nusxalari sotilayotganligi natijasida mualliflik huquqi buzilayotganligi yuzasidan qonuniy chora koʻrishlik soʻralgan.
Oʻrganishlar davomida maʼlum boʻlishicha, Beshariq tumanida joylashgan “XXX” tadbirkorlik subyektiga qarashli savdo doʻkonida “New Round –Up, New Round –Up3,4,5,6,7, Algebra (9-10-11-sinf), Fizika (6-7-8-9-sinf), ona tili (5—6-7-8-9-sinf), adabiyot (5-6-7-8-9-10-sinf), Oʻzbekiston tarixi (7-8-9-10-sinf), Kimyo (5-6-7-8-9-sinf) kabi jami 45 nomdagi kontrafakt kitob nusxalari sotilayotganligi va ushbu kitoblar davlat standartiga umuman javob bermasligi, belgilangan talablarga nisbatan xiraligi sabab oʻquvchilarni oʻqish imkoni yoʻqligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning 62-moddasiga ko‘ra, asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir.
Holat yuzasidan Fargʻona viloyatida joylashgan “XXX” oilaviy korxona rahbari D.D. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda hal etish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi.
Sud tomonidan oilaviy korxona rahbari D.D. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasiga asosan huquqbuzar deb topilib, unga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Xurmatli kuzatuvchilar! Mualliflik huquqi nafaqat nomulkiy, balki mulkiy huquq boʻlib, huquq egasiga tegishli boʻlgan mutloq huquq va uni hurmat qilish har birimizning majburiyatimiz ekanligini unutmaylik.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

19
“Mobile ID” тизимидан рўйхатдан ўтмаган бўлсангиз нима қилиш керак?

“Mobile ID” тизимидан рўйхатдан ўтиш жуда осон. Бунинг учун сиз бир маротаба шахсингизни тасдиқловчи ҳужжат (паспорт ёки ҳайдовчилик гувоҳномаси) билан республикада мавжуд давлат хизматлари марказлари ёки нотариусларга ташриф буюришингиз кифоя.
▫️Давлат хизматлари маркази оператори ёки нотариусга шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатни тақдим этасиз ва мобил рақамингизни маълум қиласиз;
▫️оператор ёки нотариус тизим орқали сизни “one.id” тизими орқали рўйхатга ўтганлигингизни текширади ва рўйхатдан ўтмаган бўлсангиз рўйхатдан ўтказади;
▫️тизим орқали биометрик маълумотларингиз тасдиқланади;
▫️ телефон рақамингизга тасдиқловчи код юборилади ва код тизимга киритилади.
Энди сиз мобил рақамингиз орқали ЯИДХП (my.gov.uz) портали ва бошқа кўпгина молиявий хизматларга телефонингиз орқали буюртма беришингиз ва тасдиқлашингиз мумкин.

16
"Зўравонликдан кейинги ҳаёт"

2022 йил 16-декабрь куни «Қалб нури» аёллар ва уларнинг оилаларини ижтимоий-ҳуқуқий қўллаб-қувватлаш маркази ташаббуси билан "Зўравонликдан кейинги ҳаёт" - ҳаётда зўравонликни бошдан кечирган аёлларнинг реинтеграция қилиш мавзуси бўйича давра суҳбати бўлиб ўтди.

Унда Вилоят ҳокимлиги, Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш бошқармаси, Оила ва хотин-қизлар бошқармаси, вилоят ИИБ, вилоят Адлия бошқармаси, Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг гендер комиссияси, Фарғона Давлат Университетининг Гендер тадқиқотлар маркази, ЎзННТМА ва нодавлат нотижорат ташкилотлари иштирок этди.

Давра суҳбатида вилоят ҳокимининг хотин-қизлар масалалари бўйича ўринбосари К.Кавлонова Фарғона вилоятида зўравонликдан жабр кўрган, ижтимоий ҳимояга муҳтож хотин-қизларнинг ҳаёт сифати ва фаровонлигини ошириш мавзусида маъруза қилди.

Шунингдек, давра суҳбатида соҳанинг мутахассислари томонидан аёллар муаммоларини ечиш-фуқаролик жамиятининг асосий вазифалаларидан бири, зўравонликка учраган хотин-қизлар билан ишлашда давлат ва нодавлат ташкилотларининг ҳамкорлигини кучайтириш, қизларни ҳаётга таёрлаш муаммолари каби бир қатор мавзуларда маърузалар тингланди.

Бундан ташқари, Оила ва хотин-қизлар бошқармаси, Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг гендер комиссияси томонидан 2022 йил давомида аёллар ҳақ-ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва Гендер зўравонликни олдини олишда фаол иштирок этган шаҳар ва туманлардаги бир гуруҳ ташкилотлар раҳбарларига ташаккурномалар топширилди.

08
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Fargʻona shahrida joylashgan I. Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  30 yilligi munosabati bilan  tadbir boʻlib oʻtdi. Tashkil etilgan anjumanda ijtimoiy-iqtisodiy soha, tadbirkorlar, qishloq xoʻjaligi, qurilish, milliy madaniy markazlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari  tadbir ishtirokchilarini bosh qomusimizning 30 yilligi bayrami bilan samimiy qutladi.
Anjuman  davomida  Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev nutq soʻzlab  Bosh qomusimizning mamlakatimiz taraqqiyotidagi oʻziga xos  oʻrni, davr  taqazosi bilan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlarning ahamiyati haqida aytib oʻtdi.  
Ayni damlarda tantanalar  oʻzgacha ruh va koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Zotan, shu salmoqli davr  mobaynida davlatimizning xalqaro maydonda oʻz oʻrnini topishi, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish va yuksak marralarga erishishda asosiy qonunimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar  kuylanib, maxsus kompozitsion dastur  namoyish etildi.

29
“Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri”

Qoʻqon shahridagi  “Amiriy” kutubxonasida OʻzNNTMA va “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda BMT dasturining “Luch sveta” tashabbusi “Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri” loyihasining yakuniy natijalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
  Davra suhbatida Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi, Qoʻqon shahar hokimligi, Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasi, OʻzNNTMA Fargʻona, Andijon, Namangan hududiy boʻlinmalari, Vodiy viloyatida faoliyat olib borayotgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari jami 50 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
  Davra suhbatida Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi vakili, avvalo,  NNT larga qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar va yangiliklar toʻgʻrisida batafsil tushuncha berdi.
   “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan BMT dasturining “Luch sveta” tashabbusi “Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri” loyihasi doirasida zoʻravonlikka uchragan ayollarni himoyasi bilan ish faoliyatlari bogʻliq boʻlgan NNTlar xodimlarining salohiyatini oshirish mavzusida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida seminar-treninglar tashkil etilib, unda 60 nafardan ortiq NNT xodimlari ishtirok etib, zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
   Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar seminar-treninglar davomida oʻzlari uchun kerakli malakaga ega boʻlishgani, viloyatlarda faoliyat olib borayotgan NNT oʻrtasi shunday hamkorlikda ishlar amalga oshirilishi kelgusida fuqarolik jamiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi.
   Shuningdek, OʻzNNTMA Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan Fargʻona viloyati “Ezgu niyat” NNT va “Qalb nuri” markazi rahbarlariga viloyatlarda tashkil etilgan seminar-treninglar uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

28
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan "IDROK" intellektual o‘yinlarining hududiy bosqichiga start berildi.

Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan bosh qomusimiz qabul qilinganiga 30 yil to'lishi munosabati bilan Farg'ona viloyati yuridik texnikumida "IDROK" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
  
Shunga ko‘ra, Idrok intellektual o‘yinining tasdiqlangan nizomiga muvofiq Farg'ona viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan shakllantirilgan 6 ta jamoa ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan intellektual o‘yinda o‘quvchilarning umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra “Lavner” jamoasi respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.