Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi 53-sessiyasi bo'lib o'tdi.

   Sessiya kun tartibiga ko'ra, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Abdumannop Buriyev viloyatda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo'llash amaliyoti yuzasidan adliya organlari tomonidan 2022-yil amalga oshirilgan ishlar yakuni va joriy yilgi rejalar haqida ma'lumotlarni taqdim qildi.

25
Oʻzbekistonda ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtish

Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida kelgusidagi amaliy harakatlarga dasturilamal bo‘lgan maqsad va vazifalarga to‘xtalar ekan, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish tashabbusini ilgari surdi.
Bu yo‘nalishdagi islohotlarning dolzarbligi nimada?
Davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Oldinlari e’tibordan chetda qolib, “yo‘q bo‘lib ketish” arafasida bo‘lgan sohalarni “oyoqqa turg‘izish” uchun olti yil davomida yangi vazirlik va idoralarni tashkil qilishga to‘g‘ri keldi.
Maktabgacha ta’lim, uy-joy kommunal, “mahallabay” ishlash, investitsiya, davlat xizmatlari, davlat-xususiy sheriklik sohalarida katta samarali natijalar qo‘lga kiritilganini aytib o‘tar ekan, Davlatimiz rahbari, “Xususiy sektor va tadbirkorlikning rivojlanishi ortga qaytmas jarayonga aylandi. Aholi faolligi, zamonaviy texnologiyalar, iqtisodiyotda yangidan-yangi yo‘nalish va sohalar yaratilmoqda. Bu boradagi tashubbslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi” qo‘l boshqaruvi”dan – aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti keldi”, deb alohida ta’kidladi.
2022-yil 23-dekabr kuni Prezidentimizning “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Yangi O’zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, shuningdek, Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida, Bosh vazirning 4 nafargacha o‘rinbosarlari lavozimi, Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda Hukumat vakolatlariga oid boshqa dolzarb masalalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish, ko‘rib chiqish va axborot berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish bo‘yicha taklifi ma’qullandi.
Endi har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoq tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyaga rahbarlik qiladi.
Mazkur Farmonning e’lon qilinishi, keng jamoatchilik tomonidan katta xayrixohlik bilan qarshi olindi. Chunki, endilikda davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich qisqaradi. Iqtisod qilingan mablag‘ ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi.
Lazizbek ASQAROV,
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi

23
“E-qaror” тtizimida ilk buyruq Adliya vazirlagi tomonidan qabul qilindi

Bugungi kunda “E-qaror” tizimi jamoatchilik nazorati uchun samarali mexanizmlardan biriga aylandi. Maʼlumki, 2021-yil 1-iyuldan boshlab ushbu  elektron tizim orqali hokimliklarning qarorlari qabul qilib kelinmoqda.

Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/6324754)  asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.

Shunga koʻra, Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim orqali qabul qilish va eʼlon qilish boshlangan.

Eslatib oʻtamiz,yil boshidan bugunga qadar tizim orqali Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 8 ta, Fargʻona yuridik texnikumi tomonidan 3 ta idoraviy hujjatlar  eʼlon qilingan.

23
Tayinlov!

  Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan, Erkabayev Voxid Mansurovich  Dang'ara tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi.

  V.Erkabayev 1983-yilda tugʻilgan, maʻlumoti oliy, huquqshunos.

  2005-yilda Farg'ona davlat universitetini  tamomlagan.

  Tayinlovga qadar, Uchko‘prik tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  lavozimida ishlagan.

  Xodimning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

23
Tayinlov!

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan, Tillayev Shukurulloxon Jamolxonovich   O'zbekiston tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi.

  Sh.Tillayev 1981-yilda tugʻilgan, maʻlumoti oliy, huquqshunos.

  2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini  tamomlagan.

  Tayinlovga qadar, Dang'ara tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

  Xodimning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

23
Tayinlov!

   Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan, Xolmatov Shukurjon Negmatovich  Uchko‘prik tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  lavozimiga tayinlandi.

  Sh.Xolmatov 1973-yilda tugʻilgan, maʻlumoti oliy, huquqshunos.

  1997-yilda Farg'ona davlat universitetini  tamomlagan.

  Tayinlovga qadar, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

  Xodimning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

17
JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.  

Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

❕Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

16
Hujjatlaringizni ko'zdan kechirayotib, maktab shahodatnomasini topa olmadingizmi?

Хavotirga o’rin yo‘q, shahodatnoma dublikatini olish mumkin.

  Buning uchun my.gov.uz sayti orqali ariza qoldirish orqali kerakli ta’lim tashkilotini tamomlaganlik to‘g‘risida tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat dublikatini olishingiz mumkin.

Xizmat narxi — Bepul

Xizmat ko'rsatish muddati — 5 ish kuni

Ma'lumot uchun: Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.

13
Mahallalar raislariga rag`batlantirish pullari to`lab berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 779-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida” gi Nizomning 15-bandiga asosan, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari xodimlarini reyting baholash tizimi joriy qilingan. Bu baholash orqali mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan har oylik ustamalari belgilanishi nazarda tutilgan.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish maqsadida 2022-yilning 28-oktabr kunidan 7-noyabr kuniga qadar Rishton tuman adliya bo‘limi tomonidan Rishton tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida mazkur Nizomning ijrosi ta’minlanganlik holati monitoring yo‘li bilan o‘rganildi.
O’rganish davomida 2022-yilning III choragi natijalari bo‘yicha Nizomning 14-bandiga muvofiq, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi (oktabr) oyning 10-sanasiga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qaroriga muvofiq tahlil qilib, xodimlar faoliyatining samaradorlik darajasini reyting tizimida baholash choralari ko‘rilmaganligi aniqlandi.
Monitoring natijasiga ko`ra, tumandagi 62 ta MFY raislariga jami 72 030 000 so`m miqdordagi rag`batlantirish pullari berilmaganligi ma’lum bo`ldi.
Mazkur qonunbuzilish holati yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan taqdimnoma kiritilib, fuqarolarga toʻlanmagan ustama toʻlovlarining undirib berilishi taʼminlandi.

07
Qanday holatlarda shaxsni Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinishi mumkin?

Quyidagi holatlarda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinadi:
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligi yoki toʻliq emasligi Mobil-ID tizimi orqali aniqlanganda;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanmaganda;
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq boʻlmaganda;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilmaganda;
Foydalanuvchining biometrik maʼlumotlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlari mos kelmaganda;
Biometrik maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortganda.
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Foydalanuvchi ushbu kamchiliklarni bartaraf etgan holda istalgan vaqtda Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtish boʻyicha qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash umumiy tartibda amalga oshiriladi.