Yangiliklar
Soʻnggi yillarda Sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
Mamlakatimizda barcha sohada olib borilayotgan islohotlar oʻz natijalarini bermoqda. Barcha islohotlar zamirida inson manfaatlari, jamiyat ravnaqi va davlat nufuzi turadi.
Har bir islohotda tashabbus avvalo fuqarolarimiz boʻlishi lozim. Biroq, davlat va jamiyatning boshqa ishtirokchilari ham isloxotlarda oʻz tashabbusini koʻrsatib kelmoqda. Lekin bu isloxotlada ham jamoatchilik faol qatnashishi taʼminlangan.
Qonunchilikni takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, jaxonning ilgʻor tajribasini qoʻllash, jamiyatni xuquqiy ongini rivojlanirish va boshqa barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunning yana bir isloxotlari axborotlashtirish va raqamlashtirish boʻlib, barcha sohalarda oʻz qulayliklari bilan kirib kelmoqda.
Raqamlashtirish va axborotlashtirishni sud tizimida sud ishtirokchilarga qator qulayliklar yaratmoqda.
Bulardan biri qonunchilikdagi 2025-yil 3-martda qabul qilingan “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonundir.
Mazkur qonun sudlov faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarning oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilishini osonlashtiradi, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash imkonini berdi.
Bundan tashqari sudlarga arizalar berishda, sud ishlarida masofadan turib qatnashish, qabul qilangan sud hujjatlarini olish, sud ishlarning koʻrilishi haqida maʼlumotlardan xabardor boʻlish imkoniyatlarini yaratadi.
Yana bugungi kunda qulaylik yaratish, sudlarga kelib vaqtini oʻtkazishini oldini olish maqsadida sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish, sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqish, buning huquqiy asoslarini yaratish choralari koʻrilmoqda.
Ushbu Qonun bilan sud muxokamasi, sud majlislarini oʻtkazish bilan bogʻliq bir qator qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritishlar amalga oshirilmoqda.
Qonunning qabul qilish zarurati ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlganligi sababidandir.
Sud tizimida jaxon ilgʻor mamlakatlari singari zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, qulayliklar yaratish, bosqichma-bosqich qogʻozdagi xujjatlardan voz kechish kabi maqsadlarda joriy qilinmoqda
Mazkur qonun bilan xozirda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga sud majlisida ishtirok etuvchi shaxslarni qatnashishi tartibi belgilandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanilishi, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio va videoyozuv orqali qayd etilaishi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi xuquqiy jixatdan mustaxkamlandi.
Bu qonunning qabul qilinishi bilan isloxotlar toʻxtamaydi. Kelgusida sud ishtirokchilariga boshqa qulayliklarni nazarda tutuvchi qonunlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Fargʻona viloyat maʼmuriy sudi sudyasi
U.Ahmedov
Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sud sudyasi
N.Qambarov
Farg'onada davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi yuzasidan seminar o‘tkazildi
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar va advokatlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, advokatlarni tizim orqali jalb etish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash mexanizmlari hamda amaliy jihatlar batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, "Yuridik yordam" axborot tizimida kuzatilayotgan muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi hamda tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Seminar yakunida ishchi guruh a’zolari tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Azimov Abdulaziz Abdurasul o‘g‘li Farg‘ona tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Qo‘ziyev Elyorbek Ixtiyorjon o‘g‘li Dang‘ara tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori lavozimidan ozod etilib, Qo‘qon shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Ibroximov Soxibjon Sodiqjon o‘g‘li Quva tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Jalolidinov Ilxomjon Zufarjon o‘g‘li Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan ozod etilib, Oltiariq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Toshloq tuman hokimi o'rinbosari ham “Ziyo ulash” aksiyasiga qo‘shildi
Toshloq tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazidagi "Ziyo ulash burchagi"ga tuman hokimining Yoshlar ishlari bo'yicha o'rinbosari E.Madaminov o'z kitoblarini topshirdi hamda barchani kitobxonlikka targ‘ib qildi.
Loyiha kitobxonlikni ommalashtirish, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va hurmatni oshirish va yosh avlodni bilimga chanqoq qilib tarbiyalashga qaratilgan.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Shokirov Azamjon Alijon o‘g‘li Oltiariq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Gafurov Bobirmirzo Rustam o‘g‘li Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona
viloyat adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Zoyidjonov Sanjarbek Salmonjon o‘g‘li Quvasoy shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, So‘x tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o‘g‘li Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi katta maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham oʼzbekona kiyinish madaniyatini yanada shakllantirish va qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan chellenjga qo'shilib, milliy liboslarda faoliyat yuritmoqdalar.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Farg'ona viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlar e'tirof etilishi boshlandi
Joriy yilning 24-aprel kuni Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Mazkur sessiyada jami 24 nafar, shundan Qo'shtepa tumanida 7 nafar, Buvayda tumanida 6 nafar, Rishton tumanida 5 nafar, Oʻzbekiston tumanida 4 nafar, Beshariq va Bagʻdod tumanlarida bir nafardan fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini e'tirof etish bo'yicha xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o'rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog'liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qonun ijrosi Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan: Giyasov Kaxramon Turgunovich Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Oltiariq tuman, "Ustoz" MFY, Yogdu ko'chasida yashovchi Yulchiyeva Gulchexra Masirjonovnaga nisbatan Oltiariq tuman FHDY bo'limida 18-son bilan qayd etilgan Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga FIB Rishton tumanlararo suding 23.01.2003 yil kungi "Nikohdan ajralganlik haqida"gi qaroriga asosan tegishli belgilar qoyilgan. Fuqaro ko'p yillardan buyon Rossiya Federatsiyasida yashayotganligi va unga guvohnoma zarur bolayotganligini bildirgan va guvohnoma sorab Oltiariq tuman FHDY bo'limiga murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaatiga asosan bo'lim tomonidan "Hujjatni tiklash" tartibida nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilib, tegishli guvohnoma berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Yozyovon tuman adliya bo'limi boshlig'i I.Madaminov tomonidan "Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak" aksiyasi doirasida tumandagi 35-sonli umumtaʼlim maktabida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida tushunchalar berilib, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishlik xususida gapirib oʻtildi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror va Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi "Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi