Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

15
Adliya_va_yoshlar

  Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan adliya organlari otalig‘iga olingan yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatimizning har bir tuman (shahar)larida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinida g‘olib bo‘lgan jamoalar qatnashdilar.
Tadbir davomida taniqli san'atkorlar tomonidan ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashildi.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan o‘yinda Farg‘ona shahrining "Erudit" jamoasi 1-o‘rinni, Farg‘ona tumanining "Turon" jamoasi 2-o‘rinni, Bog‘dod tumanining "Liderlar" lamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Ishtirokchilar viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan rag‘batlantirildi. G‘olib jamoalarga Boshqarmaning alohida sovg‘alari topshirildi.
    Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
    Kanalga ulanish: @adliya_fargona

07
“Muruvvat uyi” da huquqiy aksiya

  Ayni kunlarda Fargʻona viloyati boʻylab huquqiy aksiya davom etmoqda. Mahallabay xatlovlar jarayonlarida yuzlab fuqarolarning hujjatlar bilan bogʻliq muammolari oʻrganilib, ularga belgilangan tartibda yechim topilmoqda.
Jumladan, Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan xatlovlarda “Muruvvat uyi” yashovchisi T.Ubayevning shu kunga qadar tugʻilishi qayd etilmaganligi oydinlashdi. Qoʻqon shahar adliya boʻlimi tomonidan sudga tugʻilganlik fakti boʻyicha daʼvo ariza kiritilib, sud qarori asosida tugʻilganlik qayd etildi va tantanali ravishda topshirildi.
Quva tuman “Gulobod” MFYda yashovchi F.Yuldashevaning 2022-yilda Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan farzandining tugʻilishi qayd etilmaganligi aniqlanib, unga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma sayyor tartibda rasmiylashtirib berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

27
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi.

  Fargʻonada aksiya doirasida 600 dan ortiq mahallalarda oʻtkazilgan xatlovlarda 2 ming 300ga yaqin fuqarolarga hujjatlar rasmiylashtirib berildi
Quva tuman Samandarak qishlogʻida yashovchi O.Tillabayevaning farzandlari koʻp yillardan buyon safarda ekanligi bois ularning 3 nafar farzandiga takroriy tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olinmagan. Aksiya doirasida O. Tillayeva tuman adliya boʻlimiga murojaat qilib nabiralarining guvohnomalari ehtiyotsizlikdan yoʻqotilganligi va qayta guvohnoma olishda yordam soʻradi. Xatlov jarayonlarida uning arizasi qanoatlantirilib, 3 nafar nabiralariga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma sayyor tartibda rasmiylashtirib berildi.
Beshariq tuman “Beshsari” MFYda yashovchi 4 farzandli D.Sobitov D.Xudoyberdiyeva bilan koʻp yillardan buyon qonuniy nikohsiz yashab keladi. Aksiya doirasida nikohlari sayyor tartibda rasmiylashtirilib, ilk bor ularning nikohlari qonuniylashtirildi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

22
Adliya xabari

  Adliya tizimi vakillari 4-sektor hududidagi yoshlarning ijtimoiy sharoitlari va oilaviy holatlarini mahallalar kesimida o‘rganmoqda  
Jumladan, kuni kecha Qo‘qon shahar  “Buloqboshi” MFYda olib borilgan o‘rganish ishlari davomida “Furqat” ko‘chasida yashovchi  Dilshoda Mamajonovaning ijtimoiy holati ko‘zdan kechirildi.
D.Mamajonova tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida  tikuv mashinasini ham, do‘konni ham ijaraga olgan. Ustiga ustak o‘zi ham ijarada yashaydi.
Mahallabay o‘rganishlar davomida Dilshoda adliya vakillaridan tikuv mashinasi olishda yordam berishini so‘rab murojaat qildi. Uning ushbu iltimosi Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi vakillari tomonidan qanoatlantirilib,  homiylik asosida unga maxsus tikuv mashinasi olib berildi.  
Dilnoza O‘rinboyeva ham Qo‘qon shahrining  “Furqat” ko‘chasida bir nafar farzandi bilan yolg‘iz istiqomat qiladi. U yaqinda xorijiy migratsiyadan qaytib kelgan. Gap shundaki, uning qo‘lida guldek hunari bo‘lsada,  turli pishiriqlar tayyorlab savdo qilish uchun uning texnik vositalari yo‘q. O‘rganishlar davomida unga maxsus pech zarurligi oydinlashdi. Adliya vakillari tomonidan unga  subsidiya asosida pishiriq pishirish uchun maxsus pech olib berildi.      

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

20
Huquqiy_aksiya

Baxtsiz hodisa sababli nikoh guvohnomasi hamda tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari yonib ketgan Dadaboyevlar oilasiga guvohnomalari tiklab berildi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Beshariq tuman adliya bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida olib borilgan xatlovlar jarayonida Beshariq tumani "Yuqori Tovul" MFYda yashovchi Dadaboyevlar xonadonida yuz berga yong'in sababli nikoh guvohnomasi hamda 4 nafar farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari yonib ketganligi aniqlandi.
Adliya boshqarmasi hamda Beshariq tuman adliya bo'limi tomonidan Dadaboyevlar oilasining nikoh guvohnomasi hamda 4 nafar farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari tiklab berildi va tantanali ravishda topshirildi.
   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish  
t.me/adliya_fargona

19
Adliya_yoshlar

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
Adliya organlari va muassasalaari tomonidan yoshlar bilan ishlashda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan adliya organlari xodimlari o'zlariga biriktirilgan yoshlarning yashash xonadonlariga, ish joylariga hamda ta'lim muassasalariga borgan holda uchrashib, ularning muammo va takliflarini o'rganishmoqda.
Aynan bugun ham boshqarma boshlig'i A.Buriyev Rishton tumanida bo'lib, adliya bo’limiga biriktirilgan “Voxim” MFYda joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabida hamda “Yangi Bo'jay” MFYda joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o'quvchilarning qiziqishlari, muammolari hamda takliflari o'rganildi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik ruhiyatini uyg'otish, mas'uliyatli bo'lish, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolmaslik, o'zlariga qiziq bo'lgan kasbni tanlash hamda mazkur kasblarni realizatsiya qilishda berilishi mumkin bo'lgan yordam turlari bo'yicha tushuntirishlar berildi.

  Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona

15
Ziyo ulashish

    Bagʻdod tumanining 4-sektor hududida yoshlar uchun kutubxona ish boshladi
14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi hamda “Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan Bagʻdod tumanining “Bedarak” MFYda adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar uchun kutubxona oʻz faoliyatini boshladi.

12
Huquqiy_aksiya

   Fargʻona viloyati boʻylab aksiya doirasida mahallabay xatlovlar davom etmoqda
Jumladan, Quva tuman “Nayman” MFY dagi xatlov davomida fuqaro Axrorbek Kupaysinov farzandining tibbiyot bo'limi tomonidan berilgan maʻlumotnomasida bola ismi maslahatsiz qoʻyilganligiga oydinlik kiritildi.
Biroq farzandining ismini moddiy jihatdan oʻzgartirishga imkoniyati yoʻqligi aniqlanib, fuqaro arizasiga asosan bola ismi oʻzgartirildi va tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, sayyor ravishda topshirildi.
“Dexqonobod” hamda “Qalinpoʻstin” MFY da ham hujjatlari boʻlmagan fuqarolar roʻyxatini shakillantirish yuzasidan xatlov oʻtkazildi. “Qalinpoʻstin” MFY da yashovchi Aslan Zakirov ehtiyotsizlik sabab tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini yoʻqotib qo'ygan. Unga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, Shoʻrmahalla qishlog‘ida yashovchi Rasuljon Abdusalimovning 2010-yil vafot etgan otasining oʻlim haqida guvohnomasi takroriy rasmiylashtirildi.
Quva tumanida xatlovlar natijasida 15 ta tugʻilganlik, 6 ta nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomalar, 5 ta ID-kartalar fuqarolarga olib berildi.
   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish  
https://t.me/adliya_fargona

09
"Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Soʻx tumanida “Yoshlar kutubxonasi” ish boshladi

   Kitob - ilm va hikmat manbai. Xususan, mutolaa insonning yetuk va komil shaxs boʻlib yetishishida beqiyos oʻringa ega.
Yoshlarni kitob va mutolaaga qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Soʻx tumanining “Soʻx” MFYda “Yoshlar kutubxonasi” oʻz faoliyatini boshladi. Ziyo maskani mingga yaqin turli adabiyotlar fondiga ega.
Kutubxona ochilish marosimida Soʻx tumani va mahalla fuqarolari yigʻini vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu hududning 54 foiz aholisini yoshlar tashkil etadi.
Eksklav hudud Soʻx tumanida “Yoshlar kutubxonasi”ning tashkil etilishi natijasida qishloq yoshlari ziyo maskanidan foydalanish va bilim koʻnikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.
    Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona

07
Mahallalarda yoshlar muammolari oʻrganilmoqda

  Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qoʻqon shahri “Gʻalchasoy” MFYdagi yoshlar muammolari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida “Oʻsh” koʻchasi, 9-uyda yashovchi, 2-guruh nogironligi bor Toʻlqinjon Oripov oʻz yashash xonadonining koʻcha qismiga tutash joyida oziq ovqat doʻkoni qurishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.
Kunning ikkinchi yarmida “Gʻalchasoy” MFY binosida yoshlar uchun sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Qabul davomida oʻndan ortiq yoshlarning masalalari tinglandi.
Shu mahallaning “Ozodlik” koʻchasi, 28-uyda istiqomat qiluvchi Ahmadjon Ahmedov duradgor usta, qabulda akfa eshik va rom profillarini kesadigan apparat olishda yordam soʻradi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan “A. Jomiy” koʻchasi 69-uyda yashovchi Muslima Muzaffarova ofis uchun kompyuter jamlanmasiga ehtiyoji borligi, lekin buning uchun mablagʻ yigʻa olmayotgani oydinlashdi.

Oʻrganish va sayyor qabul davomida 4 nafar fuqaroga huquqiy tushunchalar berildi. Aniqlangan 7 ta masala yuzasidan hozirda homiylik mablagʻlarini jalb qilishga oid ishlar boshlab yuborildi.