Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

03
Giyohvandlikka qarshi kurash — ustuvor vazifa

Giyohvandlikka qarshi kurash — ustuvor vazifa
Joriy yilning fevral oyida mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur oylik doirasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi vakillari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda shahar va tuman adliya bo'limi rahbarlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdilar.
Seminar davomida aholi va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

02
Huquqiy savol va javoblar

Савол:Васиятноманинг шаклига доир кандай қоидалар бор?
Жавоб:
Васиятнома ёзилган жойи ва вақти кўрсатилган ҳолда ёзма шаклда тузилиши лозим.
Қуйидаги васиятномалар ёзма шаклда тузилган ҳисобланади:
нотариал тасдиқланган васиятномалар;
нотариал тасдиқланган васиятномаларга тенглаштирилган васиятномалар.
Ёзма шаклдаги васиятнома васият қилувчининг ўз қўли билан имзоланиши лозим.
Агар васият қилувчи жисмоний нуқсонлари, касаллиги ёки саводсизлиги туфайли васиятномани ўз қўли билан имзолай олмаса, унинг илтимосига биноан нотариус ёки қонунга мувофиқ васиятномани тасдиқлайдиган бошқа шахс ҳозир бўлганида васият қилувчи ўз қўли билан имзолай олмаганлигининг сабаблари кўрсатилган ҳолда васиятномага бошқа шахс имзо қўйиши мумкин.
Қуйидагилар васият қилувчининг ўрнига васиятномани имзолаши мумкин эмас:
нотариус ёки васиятномани тасдиқловчи бошқа шахс;
васиятнома кимнинг фойдасига тузилган ёки кимга нисбатан васият мажбурияти юклатилган бўлса, ўша шахс, унинг эри (хотини), болалари, ота-онаси, неваралари ва чеваралари, шунингдек васият қилувчининг қонун бўйича меросхўрлари;
тўлиқ муомала лаёқатига эга бўлмаган фуқаролар;
саводсизлар ва васиятномани ўқий олмайдиган бошқа шахслар;
ёлғон гувоҳлик берганлик учун муқаддам судланган шахслар

Жавоб берди: Фарғона вилояти судининг фуқаролик ишлари бойича судлов хайъати судьяси Р.Қосимов.

28
Adliya_xabari

Farg'onada 5169 nafar fuqaroning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e’tirof etildi
Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 780 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi va qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar jami 5169 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
Shuningdek, sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Omonovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati, shuningdek, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonun yuzasidan adliya organlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

26
Huquqiy savol va javoblar

Savol: Sudda vakillik qilish mumkin bo’lmagan shaxslar kimlar?
Javob:
Quydagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1)    Voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunda belgilangan hollar bundan mustasno;
2)    Vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3)    Sudyalar, prokurorlar, surushturuvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar,farzandlikka olganlar, vasiylik , homiylik) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokratura, surishtiruv, va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar bundan mustasno;
4)    Manfaatli vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo’lgan shaxslarga huquqiy yordam ko’rsatayotgan yoki ilgari yordam ko’rsatgan shaxslar;
5)    Shu nizo bilan bog’liq mediatsiya tartib-tamoillarini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o’zaro rozilik bo’lgan xollar mustasno;
6)    Sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo’lgan shaxslar.

Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov

26
Adliya_va_yoshlar

O'quvchilarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda
Uchkoʻprik tumani adliya bo'limi YXKM xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy sohadagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida tumandagi 11-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan "Huquq sinfi"da dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur dars davomida o'quvchilarga Konstitutsiyaviy huquq va burchlar, taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi, shuningdek maʼnaviy hamda psixologik zoʻravonlikka qarshi immunitetni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

20
Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan xodim foydasiga 97 mln soʻm undirib berildi
Farg'ona viloyati, Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida kiritilgan da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan to'liq qanoatlantirildi.
Qisqa tafsilot shuki, Toshloq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining AKTni joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha uslubchisi lavozimida ishlovchi Sh.U.ga 2024-yil aprel oyidan buyon belgilangan tartibdagi 100 foizli ustama to'lanmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-son Farmonining 7-bandiga koʻra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga masʼul xodimlariga lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama berilishi shart.
Adliya boʻlimi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga tayanib, ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻliq hajmda toʻlashi shartligini sudda asoslab berdi.
Natijada sud qarori bilan javobgar tashkilot zimmasiga jami 97 million so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama va pullik kompensatsiya to'lovlarini undirish majburiyati yuklatildi.

15
Huquqiy savol va javoblar

Savol: Sud qaysi hollarda ish yuritishni to’xtatib turishi kerak?
Javob:
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to’xtab turishi shart:
1)    Ishda taraflar bo’lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo’l qo’ymasa yoki ishda taraf  bo’lgan yuridikmshaxs qayta tashkil etilganda;
2)    Fuqaro(taraf) muomala layoqatini yo’qatganda;
3)    Javobgar- fuqaro O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo’lganda yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar – fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojat etganda;
4)    Mazkur ishni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqorolik ishlari bo’yicha sudi, jinoyat ishlari bo’yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko’rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, tergoz olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinginga qadar ko’rish imkoni bo’lmaganda;
5)    Taraf chet  davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to’g’risidagi yoki uning ijrosini to’tatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
6)    Mediatsiya tartib-tamoilini amalga oshirish to’g’risida kelishuv tuzilganda

Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov

14
“Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”

Farg‘onada “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida bayram tadbirlari o'tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi X.Bozarov tomonidan Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq taqdirlangan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yana bir bor tabriklandi.
Shuningdek, bayram tadbirida yurt tinchligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan viloyatimizdagi harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga, xususan, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Farhodbek Burxonjonovich Ashmatovga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

12
Huquqiy savol va javoblar

Savol: Sud buyrug’ini berish bo’yicha talablar qaysilar?
Javob:
Sud buyrug’ini berish bo’yicha talablar quyidagilar:
1)    Talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo’lsa;
2)    Talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo’lsa;
3)    Kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari bo’yicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
4)    Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to’g’risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog’liq bo’lmagan talab arz qilingan bo’lsa;
5)    Hisoblangan, lekin xodimga to’lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to’lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo’lsa;
6)    Fuqorolardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdirlikni undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
7)    Ijara shartnomasida belgilangan ijara to’lovlari muddatida to’lanmaganligi sababli ushbu to’lovlarni undirish to’risida talab  arz qilingan bo’lsa;
8)    Ko’p kvartirali uyning joylari mulkdorlardan majburiy badallar va to’lovlarni undirish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa;
9)    Yozma bitim mavjud bo’lgan taqdirda, unduruvni qarzdorlikning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo’lgan ko’char mol-mulkka qaratish to’g’risidagi talab arz qilingan bo’lsa.

Javob berdi : Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi F.Asqarov

09
Adliya_xabari

  2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilinadi
Oltiariq tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi 30-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kungi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi  yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek,  korrupsiyani oldini olish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik hamda qonunchilikda ushbu salbiy illatlarga qarshi javobgarlik masalalari bo'yicha batafsil tushuntirildi.
   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi