Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
Matbuot anjumani

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakunlari va 2026-yil 1-choragida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Anjumanda adliya boshqarmasining 2025-yil davomidagi faoliyati, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, fuqarolarning huquqiy madaniyatini hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.

Sana va vaqt: 16-mart, soat 11:00 da.
Joy: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi binosi (Farg'ona shahri, B.Marg'inoniy ko'chasi 149-uy).

11
Qonunchilikdagi_yangiliklar

  Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi
“Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–87-son, 06.03.2026-y.) qabul qilindi.
     Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-apreldan:
     pilla yetishtiruvchilarga (ipak qurti boquvchi va kasanachilarga) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida pillachilik klasteri haqiqatda pilla uchun to'lab bergan mablag'larning 35 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;
     O'rmon va yashil hududlarni ko'paytirish, cho'llanishga qarshi kurashish agentligi (O'rmon agentligi) balansidagi yer maydonlarida tashkil etiladigan tutzorlarda pilla kooperativi tuzish maqsadlari uchun ushbu kooperativ a'zosi hisoblanadigan kambag'al oilalarga (1 ta oilaning 1 nafar a'zosiga faqat 1 marta) 4 mln so'mdan subsidiya ajratiladi;
     ipak qurtini parvarishlashda zarur bo'ladigan asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun kasanachilarga 3 yil muddatga BHMning 50 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
     urug'chilik korxonalariga ipak qurti urug'larini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining 50 foizi, biroq mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.

06
Kontrafaktsiz oy

"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida ta'lim muassasalarida seminar-treninglar davom etmoqda
Xususan, hududlardagi oliy taʼlim muassasalari, Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda “Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.
Seminar-trening ishtirokchilariga original va kontrafakt mahsulotlarni bir-biridan farqlash yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, ta'lim muassasalarida o'tkazilayotgan seminarlar davomida o'quvchilarga intellektual mulk huquqi tushunchasi, tovar belgilari, kontrafakt tovarlar, ularning zararlari hamda ularga qarshi kurashish to'g'risida huquqiy tushunchalar berilmoqda.

06
Aziz ayollar!

Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!

03
MUNOSABAT

   Joriy yilning  24- fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘qon shahar fuqarolik holati  dalolatnomalarini yozish bo‘limi xodimlarining fuqarolar bilan muomalasi keskinligi  va yaxshi emasligi haqida post qoldirilgan.

   Ushbu qoldirilgan postga asosan Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi masʼullari Qo‘qon FHDY bo‘limida xizmat tekshiruvi o‘tkazdi va bo‘limga joylashtirilgan kamera yozuvlari  mukammal o‘rganildi.

   Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xizmat tekshiruvi natijasida fuqarolar bilan xodimlar o‘rtasida hech qanday janjalga sabab bo‘ladigan voqelik ro‘y bermaganligini, qolaversa, Qo‘qon shahar FHDY bo‘limi ishchi xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalaridan tashqariga chiqmaganligi aniqlanganligini maʼlum qiladi.

26
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida davra suhbati o'tkazildi

Bag‘dod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Qo‘qon Universitetida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga intellektual mulk tushunchasi, tovar belgisi hamda unga ega bo‘lishning afzalliklari, tovar belgisini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, kontrafakt tushunchasi, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik masalalari, orginal va kontrafakt mahsulotlarni bir-biridan farqlash yuzasidan tegishli tushunchalar berilib, kontrafakt mahsulotlarning ro‘yxati taqdim etildi.

23
Adliya – xalq bilan birga

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari F.Ashmatov tomonidan Farg'ona tumani "Vodil" MFYda aholi bilan uchrashuv o'tkazildi.
Mazkur uchrashuvda mahalla aholisining muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Aniqlangan muammolar tuman adliya bo'limi ish yurituviga olindi.

20
Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiring 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Omonov Bagʻdod tuman "Samandarak" MFY da boʻldi. 

Mahalladagi nizoli oilalarning muammolarni oʻrganish yuzasidan aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda 12 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi va ijroga qaratildi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodhonligini oshirish, oilalarda sogʻlom muhitni shakillantirish hamda muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

18
"Ochiq eshiklar kuni"

Farg'ona davlat texnika universiteti talabalari uchun viloyat adliya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
Yoshlar dastlab bo‘limda fuqarolarga hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega bo'ldilar.
Shuningdek, talabalar bilan "Men korrupsiyaga qarshiman" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda adliya organlariga ishga kirish yuzasidan berilgan savollariga javob berildi.

17
Huquqiy savol va javoblar

Hamma gap intizomda yoki kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq sud buyruqlari haqida

So‘nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yaratilgan keng imkoniyatlar va xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan siyosiy qarorlar natijasida aholi o‘rtasida bank va boshqa kredit tashkilotlari bilan kredit shartnomalari tuzish orqali pul mablag‘lari, tovarlarni muddatli to‘lovga olish tendensiyasi keng avj oldi.
Albatta bu holat tadbirkorlik faoliyatini orqali yaxshi daromad olish va aholini o‘z extiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni bo‘lib to‘lash imkonini berdi. Har ikki tomon ham bundan o‘ziga yarasha manfaatdor.
Qonunchilikka ko‘ra, kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Oddiyroq tilda tushuntirilganda, kimdir(bank yoki tadbirkor) bilan siz o‘zaro kredit, ya’ni olingan pul yoki boshqa tovarni o‘zaro kelishuvga ko‘ra bo‘lib to‘lash majburiyatini bo‘ynizga olgan shartnoma tuzasiz va ushbu shartnoma shartnomada belgilangan shartlarni o‘z vaqtida bajarasiz.
Bunday olganda hammasi risoladagidek. Hammasi tushunarlidek. Biroq, aslida iqtisodiy samaradorlikni ko‘zlagan ushbu jarayon amalda ham o‘zini oqlayaptimi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati uning kredit to‘lov(lar)ini amalga oshirishga to‘liq imkon beryaptimi, kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uning uchun qay darajada oson yoki yengil bo‘lmoqda, bu endi iqtisodchilar tomonidan o‘rganiladigan masala.
Ushbu holatlarni yuridik tomondan tahlil qiladigan bo‘lsak, so‘nggi uch yil davomida sudlarda kredit qarzdorlikni undirish bilan bog‘lik ishlarni ko‘rib chiqish holati keskin ko‘paygan.
Hattoki, bir nafar fuqaroning yakka o‘zi tomonidan bir necha o‘nlab olingan kredit to‘lovlarini to‘lay olmasligi natijasida sudga kelib tushgan arizalar ham yetarlicha topiladi. Mazkur holatlardan shu ko‘rinadiki, aholimiz o‘rtasida moddiy imkoniyatlarni to‘g‘ri taqsimlash masalasida moliyaviy savodxonlik hali juda past darajada yoki ushbu holatni o‘ziga kasb qilib olgan qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkor” lar ham ham ko‘payib qolgan.
Sudga kelib tushayotgan minglab kredit qarzdorlikni undirish bo‘yicha arizalar va da’volarni kuzatar ekanmiz, fuqarolar tomonidan olingan kreditlar bir necha oy davomida to‘lanmaganligi yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli majburiy undirish choralarini ko‘rish uchun berilayotganligiga guvoh bo‘lamiz.
Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2022 yil 10 iyun kungi № 22-6 sonli yozma ko‘rsatmasiga binoan ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlanmagan, yozma bitimga asoslangan qarz va kredit munosabatlari bo‘yicha qarzdorlikni sud buyrug‘i tartibida undirish belgilangan.
Bu esa sudlarga, kelib tushgan arizalarni sud muhokamasisiz, taraflar ishtirokisiz va eng asosiysi qisqa muddatda ko‘rib chiqish imkonini berdi. Vaqtning tejalishi esa, o‘zi shundoq ham da’vo arizalar xajmi ortib borayotgan bir vaqtda sudlar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Biroq, kaltakning bir uchi borki bunda intizomli(ya’ni, shartnoma shartlariga rioya qiladigan, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiradigan) faqat bir necha kunga to‘lovni kechiktirgan va intizomsiz(to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaydigan yoki umuman to‘lamaydigan) shaxslarning bir xil tarzda javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, har ikki to‘lovchiga nisbatan ham sud tomonidan qarzdorlik summasidan kelib chiqqan holda davlat boji va boshqa sud xarajatlari undirish belgilanmoqda. Nisbatan o‘z majburiyatiga mas’uliyat bilan qaraydigan kredit to‘lovchi ham to‘lamaydigan ham bir xil tarzda javobgar bo‘lmoqda. Qo‘polroq aytganda “ho‘lu-quruq” baravar yonmoqda.
Bundan xulosa shuki, biz avvalambor aholimizni to‘lov intizomiga rioya qilishga doir huquqiy savodxonligini oshirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam amalga oshirishimiz va o‘z ehtiyojidan ortiq yoki to‘lov qilishga qobiliyati yetarli bo‘lmagan kredit shartnomalarini tuzishdan o‘zlarini tiyilishga, uning to‘lay olmasligi natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarga keng jamoatchilikni jalb qilgan holda tushuntirish ishlarini olib borishimiz zarur.
Zero, xalqimizda bir gap bor -  har bir ishni qilishdan avval yetti o‘lchab bir kes- o‘ylamay qilingan ish esa oxir-oqibat tashvish keltirishi aniq.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Farg‘ona tumanlararo sudi sudyasi
A.A.Kasimov