Yangiliklar
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor tarzdagi ommaviy qabullar tashkil etib kelmoqda.
Jumladan, bugun – 12-avgust kuni Buvayda tumanining “Yashnarobod” MFY fuqarolari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Unda adliya boshqarmasi vakillari bilan birgalikda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Qabul avvalida Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Xolmatov aholiga “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmuni va ahamiyatini mahalla fuqarolariga tushuntirdi.
Bundan tashqari, Yashnarobod MFY hududida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan maqsadlar haqida fikr yuritdi va fuqarolarning bu borada faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishga chaqirdi.
Targʻibot tadbirlaridan soʻng tashkil etilgan sayyor qabulda 28 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ularning 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Murojaatlarning 10 tasi Buvayda tuman adliya boʻlimi ish yurituviga koʻrib chiqishlik uchun berildi.
Murojaatlar sohalar boʻyicha tahlil qilinganda, ularning 12 tasi bolalar nafaqasini olish, 4 tasi sud tomonidan belgilangan alimentlarni undirish, 3 tasi ish bilan taʼminlash va 2 tasi subsidiya olish masalasida murojaat yoʻllagan. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi ijroga qaratildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook ([https://www.facebook.com/.../www.../groups/707837036273804)) I Instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube
"Ochiq adliya" dasturi doirasida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Matbuot anjumanida Adliya vazirilining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Sevara Urinbayeva, bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist, bloger, veb-sayt adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning axborot xizmatlari rahbarlari katnashdilar.
Anjuman avvalida OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari bilan birgalikda Fargʻona tumaniga press-tur uyushtirildi. Tadbir davomida S.Urinbayeva tomonidan OAV vakillariga adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, jamoatchilik oldida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berildi.
Gap shundaki, ayni kunlarda tuman adliya boʻlimi, FHDY, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik markazlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bir binoda joylashtirilmoqda. Fargʻona tumani adliya boʻlimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida jamoatchilik vakillariga tushuntirishlar berildi.
Qayta rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirilgan viloyat adliya boshqarmasi binosida press-tur davom etdi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar binoda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook ([https://www.facebook.com/groups/707837036273804](https://www.facebook.com/groups/707837036273804)) I Instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.
An'anaga ko‘ra, Adliya boshqarmasi jamoasi orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. Boshqarma tizimda 2022-yil iyul oyining “Eng yaxshi xodimi” deya Qo'qon shahar adliya bo'limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi Meliqoʻziyev Otaqoʻzi Ikromjon oʻgʻli topildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Meliqoʻziyev Otaqoʻzi Ikromjon oʻgʻlini ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
1 avgustdan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?
▪️ Davlat organlari va tashkilotlarida Ochiqlik indeksi joriy etiladi (http://old.lex.uz/docs/6066512);
▪️ Nogironligi boʻlgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratish (http://old.lex.uz/docs/6076304) uchun ariza qabul qilish boshlanadi;
▪️ Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi (http://old.lex.uz/docs/5971599);
▪️ Oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash reyting tizimi joriy qilinadi (http://old.lex.uz/docs/5979130);
▪️ Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (http://old.lex.uz/docs/5409456)uchun barcha hujjatlar faqat YAIDXP orqali qabul qilinadi;
▪️ Nogironligi boʻlgan shaxslarni (http://old.lex.uz/docs/5745300) hisobga olishning yangi tizimi joriy etiladi;
▪️ «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov (http://old.lex.uz/docs/5840465)» yagona axborot tizimi toʻliq versiyada ishga tushadi;
▪️ Yuridik xizmat koʻrsatiladigan (http://old.lex.uz/docs/5914991) tuman davlat tashkilotlarining roʻyxati kengayadi.
♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube
Joriy yilning 29-iyul kuni Fargʻona viloyati mahalliy kengashi deputatlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Xolmatov tomonidan yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuning mazmun-mohiyati, qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha maʼruza qilindi.
♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube
Joriy yilning 16-iyul kuni Fargʻona yuridik texnikumida "Bitiruvchi 2022" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Fargʻona adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Fargʻona shahar xokimligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev hamda mehmon tashkilot rahbarlari soʻzga chiqib, yosh bitiruvchilarga kelajakdagi faoliyatida omadlar tilashdi hamda bitiruvchilarga diplom va faxriy yorliqlar topshirishdi.
Tadbir bitiruvchilar uchun konsert dasturlari bilan davom ettirilib, mashxur sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar va raqs dasturlari bayramga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram (https://t.me/adliya_fargona)
facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804)
instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube
2022-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi DXX Chegara Qoʻshinlari 9229-sonli xarbiy qismda “Konstitutsiyaviy islohotlar” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis senati aʼzosi M.Saliyeva, Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi xodimi A.Zaynutdinov hamda harbiy qism rahbariyati ishtirok etishdi.
Tadbir davomida A.Zaynutdinov maʼruza bilan ishtirok etib, konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati, shuningdek. referendum oʻtkazish boʻyicha tadbir ishtirokchilarga tushuntirishlar berdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Fargʻona viloyati shoirlar, yozuvchi va ijodkorlar yurti boʻlib, vodiyda shoiru-yozuvchilar, xushovoz honandalar, askiyachi va qiziqchilarni juda koʻplab uchratish mumkin. Bu esa avvalo, hududda mualliflik va turdosh huquqlarini huquqiy kafolati nechogʻlik muhimligidan dalolatdir.
Mualliflar, yozuvchilar, bastakor va kompozitorlar huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, joylarda ijodkorlarni tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish nechogʻlik amalda himoyalangani bilan bogʻliq.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kuni kecha shoir Behzod Fazliddinning murojaatiga asosan “Kutmagan kunlari, kutgan kunlarim” sheʼriy toʻplamidagi “Balosiz goʻyoki gʻamimni yeysiz” sheʼridan ruxsatsiz foydalanib qoʻshiq qilib ijro etgan xonanda J.A.ga nisbatan adliya boshqarmasi tomonidan MJtK ning 177¹ –moddasiga asosan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tuman sudining qaroriga ko‘ra J.A. huquqbuzar deb topildi va unga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish, viloyatda ijod qilayotgan ijodkorlarning mashshaqtli mehnatlarini samarali himoya qilish maqsadida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi oʻrtasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish va ushbu sohada huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan kompleks hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda Fargʻonada ijod qilayotgan shoirlar, yozuvchilar va ijodkorlar bilan hamnafas boʻlish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi
Joriy yilning 24-iyun kuni Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg‘ona soliq texnikumida "Konstitutsiyaviy islohotlar zarurati va ustuvor yo‘nalishlari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilariga adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A.A'zamxonov tomonidan konstitutsiyaviy islohotlar zarurati, ustuvor yo‘nalishlari hamda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bergan takliflari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/)
Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida “Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi ayni damda boʻlib oʻtmoqda.
19 ta tuman shahardan tashrif buyurgan finalistlar oʻzaro bellashmoqda. Dastlabki bosqichda ishtirokchilarga test savollari taqdim etildi.
Telegram sahifamiz t.me/yia_Fergana