Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Fargʻona viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bo‘yicha E’LON


1.Fargʼona viloyat gimnastika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi yuriskonsulti Fargʻona shahar, S.Temur koʻchasi, 104-uy Tel: 73-226-69-33

2. Fargʻona viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Nurafshon koʻchasi, 15-uy Tel: 73-241-40-32

3. Fargʻona viloyati Sanitariya-Epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bosh yuriskonsulti va yuristkonsult (2 ta vakant)
Manzil: Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17/A-uy Tel: 90 581-13-74

4. Qoʻqon shahar hokimligi bosh yuriskonsulti
Manzil: Qoʻqon shahar, Istambul koʻchasi, 1-uy Tel: 73-542-35-77

5. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsult va yuristkonsulti (2 ta vakant)
Manzil: Fargʻona shahar, Marg‘iloniy koʻchasi, 115-uy Tel: 73-226-43-36

6. Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Quvasoy koʻchasi, 17-uy Tel: 73-226-43-36

7. Inkassatsiya xizmati DUK Fargʻona viloyat boshqarmasi katta yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, E’tiqod ko‘chasi, 44-uy Tel: 73-244-15-14, 73-244-65-04

8. Farg‘ona viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Istirohat ko‘chasi, 70-uy Tel: 73-244-68-11, 73-244-68-25

9. Qo‘qon davlat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Qo‘qon shahar, Adrasbof ko‘chasi, 9-uy Tel: 73-542-49-86

10. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, B.Marg‘loniy ko‘chasi, 105A-uy Tel: 73-244-56-30

11. Sharqiy harbiy okrug moddiy-texnik taʼminot bazasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Farobiy ko’chasi 68-uy, Tel: 73-241-97-77

12. Fargʻona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Sakkokiy ko‘chasi, 39/41-uy Tel: 73-244-62-19, 73-244-61-80

13. Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Sakkokiy ko‘chasi, 39/41-uy Tel: 73-244-62-19, 73-244-61-80

14. Qo‘qon erkin iqtisodiy zona direksiyasi DUK yuriskonsult
Manzil: Qo‘qon shahar, Qo‘qonboy qishlog‘i,

15. Soʼx-Oqtepa irrigatsiya tizimi boshqarmasi yuriskonsult, Manzil:Qoʼqon shahar, I.Buxoriy koʼchasi 5-uy Tel:73-542-21-28


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat 2faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-2733-son qarori 3-bandi oltinchi xatboshisiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishilishi belgilangan.
“Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami
2864, 2017-yil 28-fevral) muvofiq davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
 davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
 Ushbu Nizom 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi nomzodning anketasi
va yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumot;
 ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan nomzodning oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi (yoki oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun);
 ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomdan nusxa — oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisida diplomga ega boʻlmaganlar uchun;
 nomzod mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa.
Agar nomzod xorijda taʼlim olgan boʻlsa ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan xorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxalari taqdim etiladi.
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini koʻrib chiqishda nomzod bilan suhbat oʻtkaziladi. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bevosita Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tel: (73) 241-75-46
(73) 226-47-49