Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari takomillashtiriladi


Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari takomillashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 579-son “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
- shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
- davlat mablag‘lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investisiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
- boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob'yektlar loyiha hujjatlari akkreditasiya qilingan yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
- ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
- ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
- loyiha hujjatlarini ko‘rib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestasiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan Ob'yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, quyidagi ob'yektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
▪ mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
▪ 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob'yektlar;
▪ ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
▪ joriy ta'mirlanadigan binolar, inshootlar.


Furqat tuman adliya
bo‘limi bosh maslahatchsisi
S.Dexqonov