Янгиликлар
17
Adliya ko‘magida Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻli 24 yoshda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻlining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish haqidagi murojaati Fargʻona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilib 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini hamda Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganligi sababli sudga murojaat qilishi haqida javob xati taqdim qilingan.
A.Mamadaliyevning murojaati Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilib uning manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudiga “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash haqida” ariza kiritildi.
Sudning 2022-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilib, Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻlining 1997-yil 19-oktyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.
Sudning ushbu hal qiluv qarori Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻliga Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinishi huquqini beradi.
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi Inson
huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi,
1-darajali yurist Fayzullo Mamajonov