Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari.


Ayol nozik qalb sohibi, mehr chashmasi, goʻzallik namoyondasi, deb taʼrif berilishi bejiz emas. Darhaqiqat xotin-qizlar eʼtibor va himoyaga doim ehtiyoj sezadi.
Ammo hayot doim tinchlik va sokinlik va bir tekisda davom etmaydi. Ayrim hollarda xotin-qizlar turli shafqatsizlik va zoʻravonliklarga ham duch keladi. Albatta, bunday hollarda ularning huquqlari umumiy huquqiy mezonlarga muvofiq himoya qilib kelingan.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlarning oʻrni va ahamiyati kattalagini birgina mamlakatimiz rivojida, jamiyat hayotida, oilalar mustahkamligida koʻrishimiz mumkin. Yurtimiz aholisi soni 35 345 951nafar boʻlib shundan 17 563 404nafar (2022-yil
9-fevral holatiga) qarib 50 foizini tashkil etadigan xotin-qizlar jamiyatning barcha sohalarida samarali faoliyat yuritmoqda desak aslo mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, shuningdek gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish ishlari bir necha yoʻnalishlarda, xususan, ayollar huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zoʻravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish toʻgʻrisidagi bir necha normativ huquqiy hujjatlari yaʼni, 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ – 561-son Qonuni hamda 2019-yil
2-sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ – 561-son qonunlar qabul qilindi. Ushbu normativ huquqiy hujjatlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, demokratizm, jinsi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaslik, ochiqlik, shaffoflik alohida belgilab berilgan. Ushbu qonunlarda jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, ruhiy zoʻravonlik, iqtisodiy zoʻravonlik kabi, shuningdek tazyiq, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi kimlar, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish va himoya qilish tartiblari, himoya orderi nima kabi tushunchalar keltirib oʻtilgan.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish, maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish, ichki ishlar organlariga himoya orderi berish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish, sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik natijasida oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji toʻlashdan ozod qilish kabi huquqlarga ega hisoblanadi.
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tun-u kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) ishlab turishi taʼminlangan.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar tomonidan ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir sifatida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki uni sodir etgan gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik taʼsir koʻrsatish hisoblanadi.
Ushbu yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga:
- profilaktika suhbatini oʻtkazish;
- himoya orderini berish;
- tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazlarga joylashtirish;
- zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtishdan iborat.
Himoya orderi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi.
Tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zoʻravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida himoya orderini oʻttiz kunmuddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Agar xavf hali bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra koʻpi bilan oʻttiz kungachauzaytirilishi mumkin.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining
tashkiliy nazorat va tahlil ishlari boʻlimi
yetakchi maslahatchisi Ilgʻorjon Erkinov.