Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SAYYOR TARTIBDA NOTARIAL HARAKAT BAJARISHNING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI!


So‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Qonunchilikda turli sabablarga ko‘ra, notarial harkatni amalga oshirish uchun notarial idoraga kelish imkoniyati yo‘q fuqarolarga notarial harakatlarni sayyor tartibda, yaʼni ularning turgan joyida amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.

Bunday imkoniyat yaratilganligining ahamiyati shundaki, fuqarolarga o‘z vaqtida, tezkor va qulay sharoitda, ularga ortiqcha sarsongarchiliklarsiz  professional huquqiy xizmat ko‘rsatilishini taʼminlashdan iborat.

“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga asosan notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.

Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.

Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va notarial harakatni amalga oshirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etiladi.

Shu o‘rinda notarial harakatlarni sayyor tartibda amalga oshirishning afzalliklariga ham to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.

Jumladan,

- mazkur holatda fuqaroga o‘zi turgan joyida huquqiy xizmat ko‘rsatiladi, yaʼni notarius fuqaroning turgan joyiga borgan holda notarial harakatni rasmiylashtiradi;

- bunda fuqaroning kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollar inobatga olinadi.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan, notarial idora binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog‘ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno.

Hozirda fuqarolar notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanishlari ham mumkin. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Mazkur portal orqali yuridik va jismoniy shaxslar notarius qabuliga yozilishi, notariusni qidirishi, elektron murojaat yo‘llashi, xizmatlar bo‘yicha maʼlumotlar olishi, notariuslar reytingi va boshqa ochiq maʼlumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, hozirda qonunchilikda notarial harakatlardan notarial idoraga shaxsan borgan holda, masofadan turgan holda va turgan joyidan turgan holda foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy notarial xizmatlarning ahamifti va afzalliklarini huquqiy jihatdan tushuntirish va ularni doimiy xabardor qilib borish lozim bo‘ladi.

Buning natijasida yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli vaqti, mablag‘i tejalishigi erishiladi hamda notarial idoralarda ortiqcha navbatlarning ko‘payishi oldi olinadi.

 

Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Tursunaliyev G‘olibsher G‘anisher o‘g‘li