Янгиликлар
21
SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ RUKNI
SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ RUKNI
Savol: Kimlar Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga ega?
Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga ko‘ra, Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Savol: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlari qaysi organ tomonidan belgilanadi.?
Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Savol: Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar haqida aytib bering.
Javob: Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi. Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining qarori bilan tuziladi. Komissiyalar fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi e'lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi. Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
Savol: Komissiyalarning vakolatlari qanday?
Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasiga ko‘ra, Komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta'minlaydi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillik normasini belgilaydi;
ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni keyinchalik tegishli tumanlar, shaharlar hokimlari bilan kelishish uchun qabul qilib oladi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan saylov byulletenlarining namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotini eshitadi;
tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Respublika komissiyasiga axborot taqdim etadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta'minlaydi.
Adliya bo‘limi boshlig‘i E.Boymatov