Янгиликлар
29
Adliya xodimlarining ustozlari taklif etildi
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tadbirlar zalida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Eʼtiborli jihati shundaki, ushbu tadbirga adliya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ustozlari taklif etildi.
Tadbir avvalida, Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga kichik sayohat uyushtirildi. Moʻtabar ustozlarning shogirdlari qanday sharoitlarda mehnat faoliyatini olib borayotganligi bilan tanishtirildi. Ustoz Siddiq Moʻmin kichik press-tur jarayonida Adliya boshqarmasi maʼnaviyat xonasida joylashgan kutubxonaga oʻzining “Tillashish va dillashish” kitobini oʻz dastxati bilan sovgʻa qildi.
Shundan soʻng, koʻzda tutilgan asosiy tadbirlar boshlandi.
Jarayonda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev soʻz olib, xozirda nuroniylik gashtini surayotgan va ayni paytda faoliyatini davom ettirayotgan oʻqituvchilarga salohiyatli shogirdlar tarbiyalab berganliklari uchun boshqarma nomidan oʻzining samimiy tilaklarini izhor qildi.
-Soʻnggi davrlarda yuridik odob-ahloq qoidalari, kasb etikasi tizimda zaruriy ehtiyojga aylandi, -deydi Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev. -Xodimlarning mana shu kasb anʼanalariga amal qilishlarida maktabdagi boshlangʻich fundamental taʼlim-tarbiya asosiy rolni oʻynamoqda. Shuning uchun ham ularga minnatdorlik sifatida tadbirda alohida ustozlarga ehtirom koʻrsatmoqdamiz.
Keng jamoatchilik faol vakillaridan biri taniqli ijodkor, filologiya fanlari doktori, professor Siddiq Moʻmin oʻz chiqishida ustozlik maqomi,uning qadri va qimmati haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Hayotiy tajribalaridan oʻrtoqlashdi.
Samarali faoliyati va fidoyiligi bilan hamkasblariga ibrat namunasi boʻlgan bu ustozlar munosib taqdirlandi.Ularga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatildi.