Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari 1 yoshda


Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi bugungi kunda oʻz samarasini beryapti. Bugun ularning tashkil etilganiga bir yil toʻldi.

Yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi. Natijada ish yurituvi toʻliq raqamlashtirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining tizimida 1 ming 56 ta shtat birliklarida davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etildi.

Markazlarning 2021-yil 1-oktyabrdan faoliyatini boshlashi natijasida dastlab Moliya, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Madaniyat, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi, Davlat oʻrmon xoʻjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Irrigatsiya, Qurilish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga hamda Tibbiyot birlashmasi va Obodonlashtirish boshqarmalariga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.

Joriy yil 1-avgustdan esa boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi, turizm va madaniy meros, sportni rivojlantirish, oila va xotin-qizlar boʻlimlari, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni yuridik xizmat bilan taʼminlash belgilandi.

Fargʻona viloyatidagi tuman (shahar) yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga hozirgi kunga qadar jami 130 mingdan ortiq mehnat munosabatlariga oid buyruq va mehnat shartnomalari loyihalari Markazlarga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan. Bu esa oʻz navbatida yuridik tusdagi hujjatlarning qariyb 70 foizini tashkil etadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hozirgi kunda Fargʻona viloyatda 19 ta tuman va shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, bugungi kunga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali 233 mingdan ortiq yuridik tusdagi hujjatlar Markazlarga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan boʻlib, shundan 216 ming 912 tasiga ijobiy, 2 ming 500 tasiga salbiy xulosalar berilgan. 13 ming 737 tasida mavjud kamchiliklar sababli rad etilgan.