Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

XALQARO IMTIXON TIZIMLARI BOʻYICHA YUQORI BALL TOʻPLAY OLGAN YOSHLARGA QANDAY IMKONIYATLAR YARATILGAN?


Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball yaʼni daraja toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari  toʻliq qoplab beriladi. Bu esa Oʻzbekiston  Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori bilan  tasdiqlangan.
Faqat bu jarayonning oʻziga xos shartlari bor. Masalan, siz  xalqaro  imtihon tizimida ishtirok etish  uchun  maʼlum bir mablagʻ toʻladingiz. Imtihonda esa siz  koʻzda tutilgan yuqori ball toʻplay oldingiz. Shunda siz  yagona interaktif davlat xizmatlari portali yoki hududingizdagi davlat xizmatlari markazlari orqali Yoshlar ishlari agentligiga   imtihon topshirish xarajatlarini   toʻliq qoplab berish va  imtihonga qatnashish uchun toʻlagan  mablagʻingizni qaytarib olish uchun  ariza bilan  murojaat qilishingiz  mumkin. Faqat  siz xalqaro  sertifikat olganingizga 180 kundan  koʻp boʻlmasligi va siz 31  oshmagan boʻlishingiz  talab etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan   murojaat qilgan  yoshlarning  arizalari, avvalo, yoshlar ishlari agentligiga integratsiya  orqali yuboriladi. Bunda fuqaroning  pasporti asl nusʼхasi,yuqori ball olganligini tasdiqlovchi sertifikat hamda toʻlov  varaqasi ilova qilinadi.  Yoshlar ishlari agentligi 15 ish  kunida  arizani koʻrib  chiqadi. Ijobiy xulosa fuqaroga sms orqali xabar beriladi. shundan  soʻng  belgilangan  bank orqali  toʻlov summasini qaytarib olishi mumkin.  
Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga masʻul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini soʻrab soʻrov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan soʻrovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan masʻul vakolatli tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi masʻul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat etmasdan unga kompensatsiya toʻlab beriladi.
Eslatib oʻtamiz, yaratilgan  ushbu imkoniyatlar xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball toʻplagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan.