Янгиликлар
12
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham oʻziga xos tashabbus koʻrsatishdi.
Gap shundaki, adliya boshqarmasi jamoasi – viloyatda faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamda Nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi NNTlar vakillari hamkorligida Fargʻona shahar “Mustaqillik” koʻchasida 200 tup daraxt koʻchatlari ekdi.
Tashabbuskorlar tomonidan qator oralari tozalanib, daraxtlarga qoʻshimcha ishlov berildi.
Umuman, ayni kunlarda daraxt ekish, koʻkalamzorlashtirish doirasidagi dolzarb 40 kunlik viloyatimizning barcha hududlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.