Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi - oʻsha davlatning tanazzuli


Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan illat korrupsiyadir.  
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obroʻsizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʻladi. Korrupsiyaning maʼlum bir mamlakatda rivojlanishi esa oʻsha davlatning tanazzuliga olib keladi.
Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni koʻzlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qoʻlga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari boʻlishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga maʼlum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.
Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining oʻziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo maʼmuriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari koʻrilishi zarurligidan darak beradi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan maʼmuriy munosabatlari maʼno-mohiyatini oʻzgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʻsinda gʻayriqonuniy shaxsiy naf koʻrish maqsadida oʻz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.
Malakatimiz rahbari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan fuqarolik jamiyat institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasida jamotchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish fursati yetganligini taʼkidlab oʻtgan edi.
Umuman, jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat hokimiyati organlariga muayyan qarorlarni qabul qilish boʻyicha murojaat etish, davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha soʻrovlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati organlari va mahallalar hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish kabi shakllarda yoʻlga qoʻyilgani oʻz samarasini bermoqda. Qolaversa, bugungi kunda davlat Dasturlari talablarining fuqarolar yigʻini hududidagi ijrosini taʼminlashda jamoatchilik guruhlarini tuzish va oʻrganish, natijalari boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish va shu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, mahalliy davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish tadbirlari samarali olib borilmoqda. Bu esa, jamoatchilik nazoratining jamiyatda ijtimoiy adolatning qaror topishi, shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, oʻzaro masʼuliyat va javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil ekanidan dalolatdir.

Bobirmirzo GAFUROV
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi 
Huquqni qoʻllash amaliyotini 
oʻrganish boʻlimi katta maslahatchisi