Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri”


Qoʻqon shahridagi  “Amiriy” kutubxonasida OʻzNNTMA va “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda BMT dasturining “Luch sveta” tashabbusi “Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri” loyihasining yakuniy natijalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
  Davra suhbatida Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi, Qoʻqon shahar hokimligi, Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasi, OʻzNNTMA Fargʻona, Andijon, Namangan hududiy boʻlinmalari, Vodiy viloyatida faoliyat olib borayotgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari jami 50 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
  Davra suhbatida Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi vakili, avvalo,  NNT larga qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar va yangiliklar toʻgʻrisida batafsil tushuncha berdi.
   “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan BMT dasturining “Luch sveta” tashabbusi “Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri” loyihasi doirasida zoʻravonlikka uchragan ayollarni himoyasi bilan ish faoliyatlari bogʻliq boʻlgan NNTlar xodimlarining salohiyatini oshirish mavzusida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida seminar-treninglar tashkil etilib, unda 60 nafardan ortiq NNT xodimlari ishtirok etib, zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
   Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar seminar-treninglar davomida oʻzlari uchun kerakli malakaga ega boʻlishgani, viloyatlarda faoliyat olib borayotgan NNT oʻrtasi shunday hamkorlikda ishlar amalga oshirilishi kelgusida fuqarolik jamiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi. 
   Shuningdek, OʻzNNTMA Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan Fargʻona viloyati “Ezgu niyat” NNT va “Qalb nuri” markazi rahbarlariga viloyatlarda tashkil etilgan seminar-treninglar uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.