Янгиликлар
28
Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–819, 27.02.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qoʻllash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.
.Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
.Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.
.Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sogʻligʻini muhofaza qilish;
atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish;
xaridorlarni (isteʼmolchilarni) chalgʻitadigan harakatlarning oldini olish;
energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.
. Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
.muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
.majburiy sertifikatlashtirish.
. Qonunga koʻra, davlat nazorati organlari oʻrtasida yuqori xavf tugʻdiradigan mahsulot haqida tezkor ravishda oʻzaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat koʻrsatadi.
. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.