Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Sayyor qabuldan so‘ng muammolar joyiga borib o‘rganildi


Yozyovon tuman 1-son kasb-hunar maktabida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan 40 dan ortiq fuqarolarning masala va muammolari o‘rganildi.
Sayyor qabul davomida 23 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 22 ta murojaatlar qo‘shimcha o‘rganilishi lozim bo‘lganligi sababli ish yurituviga olindi. 5 ta murojaat joyida hal etildi.
Jumladan, Yozyovon tumani “Mustahkam do‘stlik” MFY da yashovchi fuqaro T.Usuvaliyev sudga davo arizasi kiritish yuzasidan, “Bahor” MFY da yashovchi R.Mamatov subsidiya asosida uy-joy olish masalasida murojaat qildi.
“Navro‘z” MFY da yashovchi fuqaro R.Xoshimova uy-joy sharoitini yaxshilash masalasida murojaat yo‘lladi. Sayyor qabuldan so‘ng uning oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati adliya hamda soliq boshqarmasi boshliqlari tomonidan xonadoniga borib o‘rganildi. Adliya hamda soliq boshqarmasi ko‘magi va homiyligi bilan ushbu xonadonning yashash sharoitlari yaxshilanadigan bo‘ldi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi