Янгиликлар
14
Farg‘ona viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilmoqda
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi hamda Bag‘dod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Bag‘dod tumanidagi “Bordon”, "Cheksaroy", "Chekxitoy" MFYlarda uyma-uy yurish orqali 1500 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.
Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish jarayonida aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq sohasi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.
O‘rganish davomida 400 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona