Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

30
Adliya_xabari

Farg'onada sayyor qabul: fuqarolarning muammolari va murojaatlari joyida hal etilmoqda

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari tomonidan Qo'shtepa tumanidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.

Shuningdek, aholiga 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

29
Huquqiy savol va javoblar

   Savol: Qaysi hollarda sudya qarshi da’voni qabul qilishi shart?
   Javob:
Sudya ushbu holatlarda qarshi da’voni qabul qilishi shart.
1)    Qarshi da’vo dastlabki da’voni qoplashga qaratilgan bo’lsa;
2)    Qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
3)    Qarshi va dastlabki da’vo o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjud bo’lsa hamda ularni birgalikda ko’rish nizoni tezroq va to’g’ri ko’rib chiqilishiga yordam bersa.
Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi Sh.Bozorov

26
Adliya_xabari

      "Adolat sayili" — aholi bilan ochiq muloqot, amaliy yordam va huquqiy targ‘ibot tadbiri

Respublika ishchi guruhi, viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Adolat sayili” - huquqiy, madaniy va maʼrifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi davlat organlari va tashkilotlari jalb etildi.

Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Adliya mening nigohimda" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Shuningdek, talabalar va maktab o'quvchilari o‘rtasida "Zakovat" hamda "Huquqiy bilimlar bellashuvi" tadbirlari tashkillandi. Sayil ko‘ngilochar dasturlar bilan qiziqarli va mazmunli o‘tdi.

26
Huquqiy savol va javoblar

     Savol: Darxol ijro etililishi lozim bo’lgan hal qiluv qarorlari qaysilar?
     Javob:
Darxol ijro etilishi lozim bo’lgan ishlar quyidagilar.
1)    Alimentlar undirish to’g’risidagi ishlarda;
2)    Xodimga 3 oylik ish haqidan ko’p bo’lmagan ish haqini undirib berishda to’g’risidagi ishlarda;
3)     Mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, boquvchisi vafot etganligi natijasida ko’rilgan zararning o’rnini qoplash uchun to’lo’vlar undirish to’g’risidagi ishlarda;
4)    Mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, mehnat shrtnomasining bekor  qilish asoslarini o’zgartirish to’g’risidagi ishlarda;
5)    Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashgan bo’limiga g’ayriixtiyoriy tarzda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ishlarda;
6)    Sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, to’liq qisman qanoatlantirilgan talablar bo’yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darxol ijro etilishi kerak

Javob berdi: Fuqorolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudi sudyasi A.Kasimov

24
Farg'ona shahrida sayyor qabul

Farg'ona shahrida sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etilmoqda

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan shahardagi "Do‘stlik" MFY aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.

22
Diqqat_elon

“Adolat sayli”ga marhamat!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil 25-iyun kuni Qo'qon shahar O'rda maydonida “Adolat sayli” tashkil etiladi.
Sayil davomida aholi va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar, ochiq muloqotlar hamda sayyor qabullar tashkil etiladi.
Shuningdek, sayilda:
Bepul huquqiy maslahatlar
Sayyor davlat xizmatlari
FHDY va notarial xizmatlar bo‘yicha maslahatlar
“Madad” NNT ko‘magi
Intellektual mulk bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Sayyor qabullar
Turli ko'ngilochar madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan murojaatlar qabul qilinib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy yechimlar va zarur tavsiyalar beriladi.
Sana: 2026-yil 25-iyun
Vaqti: 09:00–12:00
Manzil: Qo'qon shahar, O'rda maydoni
Farg'ona viloyati aholisini ushbu huquqiy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

16
Adliya_xabari

Qo'qon shahar musiqali drama teatrida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
????Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar, ijodkorlar va mutaxassislar ishtirokida mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uygʻotish va yanada rivojlantirish maqsadida mazkur uchrashuv tashkil etildi.
????Uchrashuvda ishtirokchilarga mualliflik nima, uni qanday himoya qilish kerak, asardan qanday doimiy daromad topish mumkin, plagiatga qarshi kurashish hamda plagiatning huquqiy oqibatlari, mualliflik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari batafsil ma'lumotlar berildi.
????Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-sonli Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilganligi, endilikda mualliflik va turdosh huquqlarni nafaqat o‘zlashtirib olganlik, balki noqonuniy foydalanganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.

02
Adliya_xabari

Tadbirkorlar murojaatlari e’tibor markazida: Quvasoyda tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Quvasoy shahrida tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Unda viloyat va shahar tashkilotlari rahbarlari hamda o‘z murojaat va takliflari bilan qatnashgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.

22
Yoshlar kuni

     Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.
Xususan, Farg‘ona texnika universiteti talaba-yoshlari bilan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ochiq va samimiy muloqot yo‘lga qo‘yildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

21
Adliya va yoshlar

Huquqiy bilimli yoshlar — yurt kelajagining poydevori
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda Farg‘ona davlat universitetining "Qonun qalqonlari" huquqiy targ‘ibot guruhi volontyorlari hamkorligida Marg‘ilon shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiylik maktabida (IDUM) o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mehnat, jinoyat va ekologiya huquqi yo‘nalishlarida o‘tkazilgan mazkur mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, yuqori bilim va ko‘nikmalarini namoyon etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.