Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
ADLIYA SAYLI

Mazkur tadbirda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, kadastr idoralari, soliq, bandlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlari, viloyat boshqarmalari, shu bilan birga, harbiy tuzilmalar mas’ul xodimlari ishtirok etishdi hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube

(https://www.youtube.com/channel/UC724IPpX_3sNHMD52zLnBKw/videos)Bizga murojaatingiz bormi?
@faradliya_bot

05
Diqqat e'lon!

Aziz yurtdoshlar!
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayli” huquqiy-madaniy tadbiri o'tkaziladi! Tadbir 7-may kuni Farg‘ona shahrida joylashgan “Ahmad al-Farg‘oniy” nomli istirohat bogʻida boʻlib oʻtadi.
“Adliya sayli” doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
Soat 10:00 da "Adliya sayli"ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Saylda “Huquqiy maslahat” aksiyasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari, notariuslar, advokatlar hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Bundan tashqari, viloyatimizdagi idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlarining turli xil koʻrinishdagi yarmarkalari bilan chiqishlari belgilangan, shular qatorida
bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi
va fuqarolar uchun
bepul tibbiy ko'rik ham joy olgan.
Sayl dasturidan ishtirokchilar oʻrtasida turli sport musoboqalari va milliy oʻyinlar oʻrin olgan.
Shu bilan birga, tadbir doirasida saylga tashrif buyuruvchilarga DXM va FHDY xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
Saylda ishtirokchilarning bilim darajasini mustahkamlashga qaratilgan savol-javob, huquqiy viktorinalar hamda test sinovlari oʻtkazilib, gʻoliblar estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Tadbir doirasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur o'tkazilishi rejalashtirilgan.
ENG ASOSIYSI tadbir davomida konsert dasturi ham boʻlib oʻtadi.
Barchani “Adliya sayli”da kutib qolamiz!

27
Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning muammolarini  joyida o'rganish hamda ularning  qonuniy  huquq
va manfaatlarini himoya  qilish maqsadida  O'zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova  nomidagi Respublika  sud ekspertizasi  markazi  rahbariyati  tomonidan  2022-yil 29-aprel  kuni  Farg'ona  viloyati yuridik texnikumi binosida  jismoniy shaxslarni  va  yuridik  shaxslar  vakillarini sayyor  qabul  qilish kuni  belgilangan. Sayyor qabul  Farg'ona  viloyati  yuridik  texnikumi  binosida 2022-yil 29-aprel kuni   soat  11:00  dan  15:00  ga qadar  bo‘lib  o‘tadi. Qo'shimcha  ma'lumotlar  uchun  telefon:  (71) 209-11-55  (180)

26
TIBBIYOT XODIMLARI UCHUN HUQUQIY AKSIYA DAVOM ETMOQDA!!!

Bugun, 26-aprel kuni “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi” doirasida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazida tibbiyot sohasi xodimlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida adliya boshqarmasi va Farg‘ona shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar ish yurituvga olindi, 40 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan huquqiy savollariga tushuntirishlar berildi hamda tibbiyot xodimlarining huquqlari, ularga berilgan imtiyozlar bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirilgan flayerlar va targ‘ibot materiallari tarqatildi.

https://t.me/adliya_fargona

21
SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ RUKNI


SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ RUKNI

Savol: Kimlar Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga ega?
Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga ko‘ra, Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.



Savol: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlari qaysi organ tomonidan belgilanadi.?
Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.


Savol: Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar haqida aytib bering.

Javob: Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi. Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining qarori bilan tuziladi. Komissiyalar fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi e'lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi. Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.


Savol: Komissiyalarning vakolatlari qanday?
Javob: Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasiga ko‘ra, Komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta'minlaydi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillik normasini belgilaydi;
ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni keyinchalik tegishli tumanlar, shaharlar hokimlari bilan kelishish uchun qabul qilib oladi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan saylov byulletenlarining namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotini eshitadi;
tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Respublika komissiyasiga axborot taqdim etadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta'minlaydi.

Adliya bo‘limi boshlig‘i E.Boymatov

19
Savol bering - javob beramiz

Savol. Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralariga qonunchilikda qanday qo’shimcha haqlar to’lanishi belgilangan.

            Javob: O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2006 yil 6 dekabrdagi  “O‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 524-son qarorining 1-qismida quyidagi  qo’shimcha haqlar to’lash nazarda tutilgan.
Jumladan: Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha bosqichlarida ularning roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek ularning kasbiy saviyasi va malakasini uzluksiz o‘stirish uchun shart-sharoit va rag‘bat yaratish maqsadida:
1. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab:
oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
tibbiyot bosh hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha haq belgilansin.
2. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustama haq maksimal miqdori:
shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida ishlovchilar uchun tarif stavkasining 30 foizidan 40 foizigacha;
boshqa tibbiyot muassasalarida ishlovchilar uchun tarif stavkasining 20 foizidan 30 foizigacha oshirilish belilangan.

                    
Furqat tuman YuXKM
boshlig‘i A.Nurmatov

18
Xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Qoʻqon shahar adliya boʻlimi tomonidan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 30 nafar oʻqituvchilarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida, sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yoʻlga qoʻyilishi belgilangan boʻlsada, 30 nafar oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustamalar toʻlanmayotganligi aniqlanib, xodimlar manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudiga arizalar kiritilgan, arizalar qanoatlantirilib, sud buyrugʻiga koʻra xodimlarga 228 238 000 soʻm toʻlab berilishi belgilandi.

Boshqarma Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi

12
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI DIQQATIGA Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida
                             E’LON
Ichki tanlov o‘tkazilayotgan lavozimlar:
№    Hudud nomi                Lavozim
Adliya bo‘limi boshlig‘i    Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i
1.    Farg‘ona shahar    1    1
2.    Qo‘qon shahar    1    1
3.    Marg‘ilon shahar    1    1
4.    Quvasoy shahar    1    1
5.    Beshariq tuman    1    1
6.    Bog‘dod tuman    1    1
7.    Buvayda tuman    1    1
8.    Dang‘ara tuman    1    1
9.    Yozyovon tuman    1    1
10.    Quva tuman            1    1
11.    Oltiariq tuman             1    1
12.    Qo‘shtepa tuman    1    1
13.    Rishton tuman            1    1
14.    So‘x tuman        1    1
15.    Toshloq tuman            1    1
16.    Uchko‘prik tuman    1    1
17.    Furqat tuman            1    1
18.    Farg‘ona tuman    1    1
19.    O`zbekiston tuman    1    1

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

•     adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;
•    davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

Mazkur talablar amalda ushbu lavozimda ishlayotgan xodimlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Murojaat muddati va manzil:
    Nomzodlar 2022-yil 15-aprel kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni  Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:
Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.
Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon, 91-653-06-09, e-pochta fargona@adliya.uz
•    Tanlov Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi
yoki Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi binosida o‘tkaziladi.
•     Ichki tanlov jarayonlarini audio  va  videoyozuvlarda qayd etib boriladi.
•    Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

11
“Tinchlik” fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Bugun, 9 aprel kuni Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tinchlik” fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tadbirda Temir daftar, Ayollar daftar va Yoshlar daftarida turgan 30 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etib, ularga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida qisqacha tushunchalar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul jarayoni adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini ximoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Tinchlik fuqarolar yig‘inidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida hamda shu hududdagi “Yoshlarobod” oilaviy shifokorlik poliklinkasida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassislarning soha bo‘yicha takliflari olindi.

O‘tkazilgan tadbir jarayonida ishtirokchilarning jami 16 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, 14 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 tasi adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi, shuningdek tadbir davomida ishtirokchilarga sohaga doir jami 4 ta turdagi 43 ta flayerlar tarqatilishi ta’minlandi.

08
Tadbirkorning huquqi sud tartibida tiklandi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda tadbirkorlar bilan faol va ochiq muloqot olib borish, ulardan kelib tushayotgan har bir murojaatni chuqur oʻrgangan holda ularga amaliy yordam koʻrsatish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Fargʻona viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Uniform Partner” MCHJning 114,5 mln. soʻm pul mablagʻlari asossiz ravishda undirib olinganidan norozi boʻlib qilgan murojaati adliya boshqarmasi tomonidan atroflicha koʻrib chiqildi.

Aniqlanishicha, soliq organi “Uniform Partner” MCHJning kontragentlari qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) guvohnomasi bekor boʻlib ketganligi sababli umumiy summasi 880,4 mln. soʻm, shu jumladan QQS summasi 114,5 mln. soʻm boʻlgan asossiz hujjatlari asosida tadbirkorning eʼtirozlari koʻrib chiqilmagan holda hisob raqamidan jami 114,5 mln. soʻm pul mablagʻlari undirib olingan.

Holat boʻyicha adliya boshqarmasi tomonidan Soliq kodeksining tegishli moddalari hamda boshqa huquqiy asoslarga tayanib tadbirkor manfaatini koʻzlab asossiz undirilgan mablagʻni qaytarish yuzasidan sudga daʼvo ariza kiritildi.

Mazkur nizoli holat sud tomonidan koʻrib chiqilib, sudning qaroriga asosan tadbirkorning buzilgan huquq va manfaatlari tiklanib, asossiz undirilgan 114,5 mln. soʻm pul mablagʻlari tadbirkor foydasiga qaytarilishi belgilandi.