Yangiliklar
Ayol nozik qalb sohibi, mehr chashmasi, goʻzallik namoyondasi, deb taʼrif berilishi bejiz emas. Darhaqiqat xotin-qizlar eʼtibor va himoyaga doim ehtiyoj sezadi.
Ammo hayot doim tinchlik va sokinlik va bir tekisda davom etmaydi. Ayrim hollarda xotin-qizlar turli shafqatsizlik va zoʻravonliklarga ham duch keladi. Albatta, bunday hollarda ularning huquqlari umumiy huquqiy mezonlarga muvofiq himoya qilib kelingan.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlarning oʻrni va ahamiyati kattalagini birgina mamlakatimiz rivojida, jamiyat hayotida, oilalar mustahkamligida koʻrishimiz mumkin. Yurtimiz aholisi soni 35 345 951nafar boʻlib shundan 17 563 404nafar (2022-yil
9-fevral holatiga) qarib 50 foizini tashkil etadigan xotin-qizlar jamiyatning barcha sohalarida samarali faoliyat yuritmoqda desak aslo mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, shuningdek gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish ishlari bir necha yoʻnalishlarda, xususan, ayollar huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zoʻravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish toʻgʻrisidagi bir necha normativ huquqiy hujjatlari yaʼni, 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ – 561-son Qonuni hamda 2019-yil
2-sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ – 561-son qonunlar qabul qilindi. Ushbu normativ huquqiy hujjatlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, demokratizm, jinsi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaslik, ochiqlik, shaffoflik alohida belgilab berilgan. Ushbu qonunlarda jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, ruhiy zoʻravonlik, iqtisodiy zoʻravonlik kabi, shuningdek tazyiq, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi kimlar, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish va himoya qilish tartiblari, himoya orderi nima kabi tushunchalar keltirib oʻtilgan.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish, maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish, ichki ishlar organlariga himoya orderi berish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish, sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik natijasida oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji toʻlashdan ozod qilish kabi huquqlarga ega hisoblanadi.
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tun-u kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) ishlab turishi taʼminlangan.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar tomonidan ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir sifatida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki uni sodir etgan gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik taʼsir koʻrsatish hisoblanadi.
Ushbu yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga:
- profilaktika suhbatini oʻtkazish;
- himoya orderini berish;
- tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazlarga joylashtirish;
- zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtishdan iborat.
Himoya orderi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi.
Tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zoʻravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida himoya orderini oʻttiz kunmuddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Agar xavf hali bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra koʻpi bilan oʻttiz kungachauzaytirilishi mumkin.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining
tashkiliy nazorat va tahlil ishlari boʻlimi
yetakchi maslahatchisi Ilgʻorjon Erkinov.
Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub’ektlar uchun foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Rigina Atanova 33 yoshda. Ota-onasining beparvoligi sabab tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi olinmagan. Biron bir manzilga roʻyhatga ham kiritilmagan. Hatoki maktabga bormagan. Ammo harflarni qoʻshib oʻqiy olaman deydi. Rigina biz bilan suxbatta bir nechta manzillardan ish soʻrab borgani, ammo hujjatlari yoʻqligi sabab ishga kira olmaganini aytadi. Shu sababli koʻchada baklashka, qogʻoz teradi. Imkon qilib tovuq va oʻrdak sotib olgandi, kuniga 2-3 ta tuxum oladi. Bu tuxumlarni ikki ming soʻmdan sotib kun kechiradi. Darvoqe, ayolni bir nafar oʻgʻli bor. Farzandi bilan koʻchada qolib ketganida yaxshi insonni Qirguli hududida yerida qoʻnim topdi. Aniqrogʻi vaqtincha yashab turishiga ruxsat berdi.
Mutasaddilarning koʻpidan koʻmak soʻradi. Ammo hech birdan qoniqarli javob olmadi. Bu borada biz ularni ham aybdor qila olmaymiz. Sababi qoʻlida hech qanday hujjat yoʻq, yashash manzili ham aniq boʻlmagan ayolga qanday yordam qilishar edi? Riginaning xonadoniga kelgan Fargʻona shahar adliya boʻlimi xodimi unga tugʻilganligi haqidagi guvohnomasini olib berishni oʻz boʻyniga oldi. Ammo ota va onasi faktini belgilovchi hujjat kerak edi. Adliya boʻlimi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudga davo ariza bilan murojaat qildi. Boʻlimining davo arizasi sud tomonidan qanotlantirilib, Riginaga tugʻilganligi haqidagi guvohnoma olib berildi. Ana endi Rigina Atanova pasport olib biron bir ishga joylashishi mumkin. Ammo pasport ham bepulga olinmaydi.
Biz manzilga Fargʻona viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Toʻlqinoy opa Tojiyeva hamda Fargʻona shahar hokimi maslahatchisi Dilfuza opa Hadjayevani taklif etdik. Maʼsullar Rigina Atanovaning turmush tarzi va xonadonini koʻzdan kechirdilar. Hokim maslahatchilarning soʻzlariga koʻra. 1 haftada Riginaga pasport olinadi. Hududda bir nechta korxonalar bor. Mana shu yerga ayolni ishga joylaydilar. 6 oy faoliyat olib borganidan soʻng Atanovaga subsidiya asosida uy ham olib beriladi. Qolaversa Fargʻona shahar hokimligi ayolni temr daftarga kiritdi. Tovuq, quyon, qoʻy va bu hayvonlarning ozuqalarigacha olib kelishga vada
https://t.me/adliya_fargona
Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻlining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish haqidagi murojaati Fargʻona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilib 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini hamda Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganligi sababli sudga murojaat qilishi haqida javob xati taqdim qilingan.
A.Mamadaliyevning murojaati Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilib uning manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudiga “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash haqida” ariza kiritildi.
Sudning 2022-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilib, Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻlining 1997-yil 19-oktyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.
Sudning ushbu hal qiluv qarori Mamadaliyev Alijon Axmadjon oʻgʻliga Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinishi huquqini beradi.
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi Inson
huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi,
1-darajali yurist Fayzullo Mamajonov
Barchamizga ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015-yil
10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish” borasidagi dasturi doirasida aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur xujjatlarga asosan respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘xatga olish o‘tkaziladi.
Aholini ro‘yxatga olish kompaniyasi uzoq muddatli va keng qamrovli jarayondir. Unda aholi sonining aniq xisoblab chiqilishi, xisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, millati, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, fuqaroligi, xayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, uy-joy fondi va ijtimoiy-iqtisodiy xusussiyatlari bo‘yicha yakka tartibda xisobga olishni o‘z ichiga olgan.
Aholini ro‘yxatga olish kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ro‘rsatkichlarini xisoblash uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qarorda respublikada aholini ro‘xatga olish 2023-yil 1-25-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan:
1-5-noyabr kunlari - internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);
6-10-noyabr kunlari - internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);
11-22-noyabr kunlari - aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);
23-25-noyabr kunlari - har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining
10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uch bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda (3 yilga yaqin davrda) siyosiy tadbirga tayyorgasrlik ko‘riladi;
ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrda) bevosita aholini ro‘yxatga olish jarayoni amalga oshiriladi;
uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda) aholini ro‘yxatga olishga doir birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, uni avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlash, aholini ro‘yxatga olishga doir dastlabki natijalarni e’lon qilish va tarqatish.
Bugungi kunda hukumat qarori mazmun-mohiyati va maqsadini keng targ‘ib qilish va rejalashtirilgan ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirida barcha yurtdoshlarimiz faollik ko‘rsatadilar degan umiddamiz.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i X.Umarov
Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar) har yili
1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.
Hisobot shakllari nodavlat notijorat tashkilotlari uchun adliya vazirining 2018-yil27-iyundagi 336-son buyrugʻi (https://lex.uz/uz/docs/-3796969), diniy tashkilotlar uchun adliya vazirining 2018-yil 3-dekabrdagi 537-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (https://lex.uz/docs/4089832).
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish soʻraladi.
Prezident qaroriga muvofiq Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari takomillashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 579-son “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
- shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
- davlat mablag‘lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investisiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
- boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob'yektlar loyiha hujjatlari akkreditasiya qilingan yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
- ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
- ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
- loyiha hujjatlarini ko‘rib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestasiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan Ob'yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, quyidagi ob'yektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
▪ mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
▪ 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob'yektlar;
▪ ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
▪ joriy ta'mirlanadigan binolar, inshootlar.
Furqat tuman adliya
bo‘limi bosh maslahatchsisi
S.Dexqonov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 23-noyabrda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq hoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-20-son qaror (keyingi oʻrinlarda Qaror deb yuritiladi) qabul qilindi.
Qaror bilan aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish va qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini 2022-2025-yillarda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarilishi, zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berilishi belgilandi.
Qarorda qishloq xoʻjaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-IJARA” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi;
qishloq xoʻjaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga berilishi;
dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda oʻz tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega boʻlgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berilishi nazarda tutilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda tumanlar (shaharlar) hisobidagi boʻsh turgan va zaxiradagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
mazkur koʻrsatilgan yer maydonlari tegishli yildagi hosil yigʻib olingandan keyin tuman (shahar) hokimliklarining zaxirasiga belgilangan tartibda qaytarilishi va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
zaxiraga olingan yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari tuman (shahar) hokimliklari buyurtmasiga asosan amalga oshirilishini hamda tuman (shahar) mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini;
davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer maydonlarining
0,10 gektardan 1 gektargacha boʻlgan hajmlarda lotlarga ajratilib, bir oy ichida ochiq elektron tanlovga qoʻyilishini;
yer toʻgʻrisidagi qonunchilik va ijara shartnomasi talablari bajarilmaganda, jumladan ijaraga berilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda yerga boʻlgan huquq Yer kodeksi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan bekor qilinishi haqida dehqon xoʻjaliklari orasida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlashi koʻrsatib oʻtilgan.
Qarorga koʻra kredit mablagʻlari “Har bir oila — tadbirkor” dasturi shartlari asosida tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa korxonalarga yer maydonida kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirish uchun quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilandi:
har bir loyiha milliy valyutada 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda yillik
14 foiz stavkada moliyalashtiriladi;
kreditlar kichik intensiv bogʻdorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan koʻp boʻlmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga ajratiladi;
kredit taʼminoti sifatida kreditning qaytmaslik xataridan sugʻurta qilish polisi taqdim etiladi;
kreditlar dehqon xoʻjaliklariga yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilarining yozma tavsiyasiga asosan ajratiladi.
Fayzullo Mamajonov,
adliya boshqarmasi Inson huquqlarini
himoya qilish boʻlimi boshligʻi
1.Fargʼona viloyat gimnastika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi yuriskonsulti Fargʻona shahar, S.Temur koʻchasi, 104-uy Tel: 73-226-69-33
2. Fargʻona viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Nurafshon koʻchasi, 15-uy Tel: 73-241-40-32
3. Fargʻona viloyati Sanitariya-Epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bosh yuriskonsulti va yuristkonsult (2 ta vakant)
Manzil: Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17/A-uy Tel: 90 581-13-74
4. Qoʻqon shahar hokimligi bosh yuriskonsulti
Manzil: Qoʻqon shahar, Istambul koʻchasi, 1-uy Tel: 73-542-35-77
5. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsult va yuristkonsulti (2 ta vakant)
Manzil: Fargʻona shahar, Marg‘iloniy koʻchasi, 115-uy Tel: 73-226-43-36
6. Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Quvasoy koʻchasi, 17-uy Tel: 73-226-43-36
7. Inkassatsiya xizmati DUK Fargʻona viloyat boshqarmasi katta yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, E’tiqod ko‘chasi, 44-uy Tel: 73-244-15-14, 73-244-65-04
8. Farg‘ona viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Istirohat ko‘chasi, 70-uy Tel: 73-244-68-11, 73-244-68-25
9. Qo‘qon davlat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Qo‘qon shahar, Adrasbof ko‘chasi, 9-uy Tel: 73-542-49-86
10. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, B.Marg‘loniy ko‘chasi, 105A-uy Tel: 73-244-56-30
11. Sharqiy harbiy okrug moddiy-texnik taʼminot bazasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Farobiy ko’chasi 68-uy, Tel: 73-241-97-77
12. Fargʻona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Sakkokiy ko‘chasi, 39/41-uy Tel: 73-244-62-19, 73-244-61-80
13. Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi yuriskonsulti
Manzil: Fargʻona shahar, Sakkokiy ko‘chasi, 39/41-uy Tel: 73-244-62-19, 73-244-61-80
14. Qo‘qon erkin iqtisodiy zona direksiyasi DUK yuriskonsult
Manzil: Qo‘qon shahar, Qo‘qonboy qishlog‘i,
15. Soʼx-Oqtepa irrigatsiya tizimi boshqarmasi yuriskonsult, Manzil:Qoʼqon shahar, I.Buxoriy koʼchasi 5-uy Tel:73-542-21-28
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat 2faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-2733-son qarori 3-bandi oltinchi xatboshisiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishilishi belgilangan.
“Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami
2864, 2017-yil 28-fevral) muvofiq davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
Ushbu Nizom 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi nomzodning anketasi
va yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumot;
ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan nomzodning oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi (yoki oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun);
ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomdan nusxa — oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisida diplomga ega boʻlmaganlar uchun;
nomzod mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa.
Agar nomzod xorijda taʼlim olgan boʻlsa ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan xorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxalari taqdim etiladi.
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini koʻrib chiqishda nomzod bilan suhbat oʻtkaziladi. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bevosita Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Tel: (73) 241-75-46
(73) 226-47-49